Ichki tafovutlari. Toshkent viloyati miqyosida G’arbiy, Shimoli-Sharqiy, Janubi-Sharqiy, Markaziy va Janubiy iqtisodiy rayonlar ajratiladi.
3-asosiy savol bayoni: Toshkent shahri O’zbekisgon Respublikasining poytaxtidir. U Respublikaning shimoli-sharqiy qismida, Chirchiq daryosi yaqinida, bundan 2000 yil mukaddam vujudga kelgan.
Hozirgi kunda Toshkent shaxri nafaqat O’zbekiston, balki O’rta Osiyodagi eng yirik sanoat, fan va madaniyat markazidir.
Ushbu shaxar o’zining yuksak ijtimoiy-iqtisodiy, demografik salohiyati hamda mintaqaviy tutgan o’rniga asoslangan holda Toshkent viloyati bilan birgalikda Respublikadagi etakchi bo’lgan—Toshkent iqtisodiy rayonini shakllantiradi.
Toshkent shaxrining qulay geografik o’rni va ayniqsa, muhim transport yo’llari chorraxasida o’rnashganligi uning tarixan vujudga kelishi va rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo’lgan.
Toshkent shaxri xissasiga O’zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsulotining 16,9 foizi, sanoat mahsulotining 14,7 foizi, investittsiyalarning 19,9%, savdo aylanmasining 26,8%, xizmatlarning 29,3%, tashqi savdo aylanmasining 35%, eksportning 27,5% to’g’ri keladi. Unda Toshkent iqtisodiy rayonining 46,4 foiz aholisi istiqomat qilgani holda, 57,5 foiz yalpi ichki mahsuloti hamda 52,5 foiz sanoat mahsuloti yaratiladi.
Toshkent shaxri iqtisodiyoti, eng avvalo mashinasozlik va metallni qayta ishlash, kimyo, qurilish materiallari, engil va oziq-ovqat sanoat tarmoqlarining ustuvor rivojlanganligi bilan belgilanadi. Toshkent shaxrining yuksak ishlab chiqarish, ilmiy-texnik va infrastruktura salohiyati bu erda ko’plab qo’shma korxonalarning vujudga kelishi bilan izoxlanadi.
2001 yil holatiga ko’ra Toshkent shaxri quyidagi tumanni o’z ichiga oladi: Akmal Ikromov, Bektemir, Mirzo Ulugbek, Mirobod, Sobir Raximov, Sirg’ali, Hamza, Chilonzor, Shayxontoxur, Yunusobod, Yakkasaroy.
Aholi va mehnat resurslari. Toshkent shaxri aholisi, 2001 yil 1 yanvar ma’lumotlari bo’yicha, 2138,5 ming kishidan iborat bo’lib, mos ravishda Respublika va Toshkent iqtisodiy rayoni aholisining 8,5 va 47,4 foizini o’zida mujassam etgan.
So’nggi o’n yil mobaynida Toshkent shaxri aholisi sonida sezilarli o’zgarishlar ko’zga tashlanmaydi. Xar ming kishiga nisbatan tug’ilish 14,6, o’lim ko’rsatkichi esa 8,4 kishi teng. Aholisi ko’p millatli. Uning tarkibida o’zbeklar ko’pchilikni tashkil etadi. Bundan tashqari boshqa millatlar qatoriga ruslar, tatarlar, qozoqlar, tojiklar va boshqalarni kiritish mumkin. Aholi ma’muriy tumanlar bo’yicha turlicha taqsimlangan (20-jadval). Eng ko’p aholi Yunusobod, Sobir Raximov, Shayxontoxur tumanlariga to’g’ri keladi. Jami aholi tarkibida mehnatga yaroqli qismi 1258,7 ming kishidan iborat. Mehnatda bandlar soni esa 1005,2 ming kishiga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |