3-asosiy savol bayoni: Aholiga ijtimoiy-madaniy xizmat ko’rsatish. Umumiy talim, sog’liqni saqlash va madaniyat tarmoqlarining xizmati unumlashtirilgan holda ijtimoiy- madaniy xizmat deb yuritiladi. Ijtimoiy-madaniy xizmat inson hayotida, ayniqsa uning har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalashdagi ahamiyati juda kattadir. Ijtimoiy-madaniy xizmat ko’rsatish tarmoqlari orasida talim tizimi juda muhim o’rin egallaydi. Mamlakatimiz Talim tizimiga 6565 ta maktabgacha ta’lim muassasalari, 9748 umumtalim maktablari, 973 o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari (shu jumladan, 77 akademik litsey, 882 kasb-hunar kollejlari hamda 14 litsey va litsey-internat) va 62 ta Oliy ta’lim muassasalari (jumladan, 19 ta universitet) kiradi (2006).
Sog’liqni saqlash. Respublikamizda tibbiy xizmat ko’rsatish juda yaxshi yo’lga qo’yilgan. Tarmoqda 968 kasalxona, 4354 ambulatoriya-poliklinikalari, 2800 qishloq vrachlik punkti tashkil etilgan. 71 mingga yaqin barcha ixtisoslikdagi vrachlar aholiga malakali tibbiy yordam ko’rsatadi (2006). Bu haqda Prezidentimiz I.A.Karimovning quyidagi fikrlarini keltirish ayni muddao. “Bir shifokorga 298 kishi to’g’ri keladi. Bu dunyodagi ko’pgina rivojlanayotgan mamlakatlardagidan ancha kamdir. Chunonchi, O’zbekistonda Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Koreyaga nisbatan 3-4 barobar, Malayziya, Hindiston va Pokistonga nisbatan 6-8 barobar ko’p aholi malakali tibbiy yordam bilan taminlangan”.5
Mamlakatimizda istiqlol yillarida tibbiyot sohasida tub islohotlar o’tqazilmoqda (ayniqsa, “Sog’lom avlod yili” va “Homiylar va shifokorlar yili”da). Ko’plab shifoxonalar xorijiy tibbiyot asbob-anjomlari bilan tobora ko’proq jihozlanayapti. Tibbiyot vositalari (bir marta ishlatiladigan shpritslar, turli xildagi dori-darmonlar) ishlab chiqaradigan qo’shma korxonalar ishga tushirilmoqda. Shunday bo’lsada tarmoqda qilinadigan ishlar hali mavjud. Chunonchi, aholining tibbiyot-sanitariya, ekologik savodxonligini oshirish, aholiga tibbiy xizmat ko’rsatishni ilg’or zamonaviy asosda tashkil etish hozirgi davrning bosh vazifasidandir.
Aholiga madaniy-ma’rifiy xizmat ko’rsatish. Ma’lumki, tarixiy rivojlanish jarayonida o’zbek xalqi ajoyib memorchilik, adabiyot, yuzlab madaniy-ma’rifiy muassasalar barpo etgan. Xalq ommasining bilimini va madaniyatini oshirishda kutubxonalar, klublar, kino-teatrlar, kitob va gazetalarning roli benihoya kattadir.
2002 yil ma’lumotiga ko’ra, respublikamizda 5936 ta kutubxona bo’lgan. Bu ko’rsatkich 1915 yilga (14 ta bo’lgan ) nisbatan bir-necha yuz marta ko’paygan.
O’zbekistonning madaniy dam olish muassasalari ham doimo rivojlanib bordi. 2002 yil ma’lumoti bo’yicha, mamlakatda 2809 klublar bo’lib, ularning eng qismi Samarqand (500 ta) va Xorazm (304 ta) viloyatlariga to’g’ri keladi. Buxoro viloyatida esa 152 ta klublar mavjud.
Aholining manaviy ravnaqi va uni madaniy xizmat ko’rsatish darajasini belgilovchi muhim ko’rsatkichlardan biri gazeta va jo’rnallar nashri, ularning adadi, radio, televidenie va hokazolar xizmatidan foydalanishdir. Hozirda har bir viloyat va katta shaharlarimiz o’zining televideniyasi, radio va matbuotiga ega. Ommaviy axborot vositalari bo’lgan Milliy radio va televideniya aholining manaviy boyligini oshirishda muhim rol o’ynamoqda. 2006 yilda O’zbekiston Respublikasida 676 ta gazeta va 189 nomdagi jo’rnal ro’yxatdan o’tgan.
Ayni paytda respublikada 41 ta teatr va 88 ta muzey ishlab turibdi. Bu madaniyat o’choqlari milliy g’oya va mafkurani shakllantirishda xizmat qilmoqda.
Xulosa: Mamlakatimizda davlat budjeti xarajatlarining qariyb 60 foizi ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltiriladi. Xizmat ko’rsatish: ehtiyojiy xizmat (sog’liqni saqlash, maishiy, ta’lim) va ish xizmati (maslahat, axborot, ijara, reklama va boshqalar) ga bo’linadi. Xizmat o’zining davriyligi bo’yicha ham farqlanadi: kunlik (uy-joy kommunal, maktabgacha va umumiy o’rta ta’lim, savdo), o’rtacha muddatli (bir oyda bir necha bor-sartoroshxona, go’zallik uyi, kimyoviy tozalash, kinoteatr), uzoq muddatli (yil davomida bir marotaba-sayyohlik, muzeyga borish, uzoq-muddat foydalaniladigan buyumlar xarid qilish).
Rekreatsiya (sayohat, hordiq chiqarish, sanatoriya-kurort xizmati) xizmati-mehnat qilish jarayonida sarflangan kuch, energiyani tiklashda muhim omil hisoblanadi. Rekreatsiya xizmatini rivojlanishi uchun zarur bo’lgan omillar:
-kundalik ehtiyojlaridan orttirgan mablag’ bo’lishi;
-rekreatsiya resurslari bo’lishi;
-rekreatsiya xo’jaligi bo’lishi.
Dam olish maskanlari: Toshkent viloyatida-“Chimyon”, Farg’ona vodiysida-“Shohimardon”, “Chodak”, “Nanay”, “Quvasoy”, “Bog’ishamol”, “Chortoq” dam olish zonalari, Buxoro viloyatida-“Sitorai Mohi Xosa”, Qashqadaryo viloyatida-“Miroqi” davolash maskanlari.
Tarixiy obidalarimiz-Samarqan, Buxoro, Qashqadaryo, Xiva, Shahrisabz, Toshkent, Qo’qon shaharlarida. Afsus, ajdodlarimiz bunyod etgan 36 ming tarixiy obidadan 7 mingtasigina saqlangan.
Rekreatsiya xo’jaligi tarkibiga mehmonxonalar, dam olish uylari va bazalari, sanatoriyalar, turbazalar, turistik transport va boshqalar kiradi.
Axborotlarni tarqatish, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotini boshqarishda aloqa xizmati muhim o’rin tutadi. Aloqa xizmatini ikki xili bor: pochta aloqasi (pochta jo’natmalari-xat, banderol, posilka va hokazolar) va elektron aloqa (telefon, telegraf, radio, televideniya, elektron pochta). 1985 yil Toshkent teleminorasi ish tushdi-balandligi-375 metr. Mamlakatda 10 mingga yaqin umumiy o’rta ta’lim maktabi, 1,5 mingdan ortiq akademik littsey va kasb-hunar kollejlari, 75 dan ortiq oliy o’quv yurtlari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |