Nazorat savollari:
1.O’zbekiston kimyo sanoatini mazmunan izohlab bering?
2.O’zbekiston kimyo sanoati tarmoqlar tarkibi geografiyasini tushuntirib bering?
3. Qurilish materiallari sanoatini mazmunan izohlab bering?
4. Respublika qurilish materiallari sanoati tarmoqlari va geografiyasini tushuntirib bering?
5. O’zbekistonda kimyo sanoati qachon vujudga keldi?
6. Respublikamizda kimyo sanoatining qanday tarmoqlari mavjud?
7. O’zbekistondagi yirik kimyo zavodlari ro’yxatini tuzing.
8. Mamlakatimizning qaysi shaharlarida sement zavodlari ishlab turibdi?
9. O’zbekistonda qanday qurilish materiallari ishlab chiqariladi?
10. Qoplama materiallar sanoati mamlakatimizda qanday rivojlangan.
11. Marmar konlariga misollar keltiring.
9-mavzu: Engil va oziq-ovqat sanoati sanoati
Ko’rib chiqiladigan asosiy savollar:
1. Engil sanoat va uning tarmoqlari geografiyasi.
2. Oziq-ovqat sanoati va uning tarmoqlari geografiyasi.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Engil sanoat, "B" guruh tarmoqlari, paxta va ipak sanoati, ko’nchilik, fayans sanoati, mahalliy sanoat, mo’yna sanoati, kanop sanoati, elevator.
Nazorat savollari:
2-asosiy savol bayoni: 1-asosiy savol bo’yicha dars maqsadi: Talabalarda O’zbekiston oziq-ovqat sanoati va uning tarmoqlari geografiyasi to’g’risida tushunchalar hosil qilish.
Identiv o’quv maqsadlari:
2.1.O’zbekiston oziq-ovqat sanoatini mazmunan izohlay oladi.
2.2.O’zbekiston oziq-ovqat sanoati tarmoqlar tarkibi geografiyasini tushuntirib bera oladi.
2-asosiy savol bayoni: Respublikada eng taraqqiy etgan sanoat tarmoqlaridan biri bu-oziq-ovqat sanoatidir. Sanoatning mazkur turi asosan mahalliy (qishloq xo’jaligi) xom ashyosiga tayanadi. Umumsanoat mahsuloti hajmining 13,2 foizi oziq-ovqat sanoatiga to’g’ri keladi (2012 y). Qishloq xo’jaligi rivojlangan O’zbekistonda sanoatning bu turi qadimdan shakllangan. Dastlab suv tegirmonlarida un, objuvozlarda guruch, juvozlarda o’simlik moyi, novvoyxonalarda nonlar tayyorlangan, qandolatchilar turli xil shirinliklar, uzumdan musallas va boshqa sharbatli va suyuq ichimliklar tayyorlaganlar.
Oziq-ovqat sanoatining tarmoqlari ko’p va xilma-xil. Unda sut va Go’sht, yog’-moy va baliq mahsulotlari, un va un mahsulotlari, meva-sabzavot va konservalar, uzum va meva sharbatlari, spirt, aroq, pivo, tamaki, chanqovbosar ichimliklar va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish yo’nalishlari yo’lga qo’yilgan. Mamlakatimiz aholisining ehtiyojini qondirish maqsadida uning oziq-ovqat sanoati yildan-yilga ko’p mahsulot ishlab chiqarishni taminlamoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |