Devorbop materiallar (g’isht) sanoati sohasi qurilishda ishlatiladigan olovbardosh imorat g’ishtlari ishlab chiqariladi. Ushbu tarmoqning o’ziga xosligi shundaki, uning geografiyasi keng, ya,ni mamlakatimizning barcha viloyatlarida g’isht zavodlari ishlab turibdi. Tarmoqning eng yirik korxonalari Yangiyo’l, Chirchiq, Qiziltepa (Navoiy viloyati) va Qarshi shaharlarida joylashgan. So’nggi yillarda, ayniqsa, chet el texnologiyasiga asoslangan xususiy g’isht zavodlari ko’plab qurilmoqda.
Keramika sanoatida Angren keramika kombinati va Toshkent qurilish materiallari kombinatida barcha turdagi sopol koshinlar,gips, kanalizatsiya quvurlari va boshqa mahsulotlar tayyorlanadi.
Shisha-oyna sanoatida "Quvasoyshisha" ishlab chiqarish birlashmasi va G’azalkent shisha-oyna zavodi ishlaydi. Bu korxonalarda 212 mln. dona konserva shisha idishlari, 80 mln. dona butilka, 2 mln. m² dereza oynalari ishlab chiqariladi.
Qurilishni industriallashtirishda yig’ma temir-beton ishlab chiqarishni o’zlashtirish muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Yig’ma temir-betondan mahsulot ishlab chiqaridigan 300 ga yaqin zavod va kombinatlar ishlaydi. Bu korxonalarda respublika qurilish materiallari sanoati yalpi mahsulotining deyarli 50 foizi ishlab chiqariladi.
Qurilish materiallari sanoatining keyingi davrlarda taraqqiy etgan tarmog’i-yirik uysozlik kombinatlari bo’lib, ular deyarli barcha viloyat markazlari va katta shaharlarda qurilgan. Eng yiriklari Toshkent, Samarqand, Andijon, Chirchiq, Nukus shaharlarida joylashgan. Toshkent (Bektemir tumanida) va Jizzaxda temir-beton ariq (lotok) zavodi bor.
Yog’ochsozlik sanoati ham qurilish indo’striyasining tarkibiy qismi bo’lib, uning sanoat korxonalari yog’ochsozlik yoki duradgorlik, uysozlik, asbobsozlik, aravasozlik, sandiqsozlik, o’ymakorlik singari juda ko’p tarmoqlardan tarkib topgan.
Xulosa: Mamlakatimizda qishloq aholi manzilgohlarining qiyofasini tubdan o’zgartirish, namunaviy loyihalar asosida yangi uy-joy qurish, qishloqda yangi infratuzilmani shakllantirish hisobidan qishloq ahlining hayotini yanada yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda 2009 yildan boshlab qishloq joylarda qulay va kommunal xizmat sharoitlariga ega bo’lgan yakka tartibdagi turarjoy massivlarini kompleks qurish ishlari boshlandi. Mamlakatimizning barcha qishloq tumanlarida namunaviy loyihalar asosida 900 dan ortiq yangi uy-joy massivlari barpo etildi, umumiy maydoni 4,5 mln kv, m bo’lgan 33,5 mingdan ziyod yakka tartibdagi uy-joy foydalanishgan topshirildi. Qurilish ishlarining avj olishi binokorlik materiallari majmuasining yuksalishiga olib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |