1-asosiy savol bayoni: Kimyo sanoati respublika iqtisodiyotida muhim o’rin egallaydi. Bir tomondan, respublikada neft, gaz, ko’mir sanoatini muntazam o’sib borishi (binobarin, kimyoviy xom ashyo miqyosi va geografiyasining kengayishi), ikkinchi tomondan, xalq xo’jaligini mineral o’g’itlar, har xil kimyoviy vositalar, plastik massalar, sunO’iy tola, sintetik kauchuk, lok-bo’yoq, kislota va ishqorlarga ehtiyoji ortib borishi mazkur sanoat tarmog’ini rivojlantirishga ob’ektiv shart-sharoit yaratgan. Kimyo va neft-kimyo sanoati yalpi sanoat mahsulotini 5,5-foizini tashkil etadi.
Kimy sanoati tarkibi: kimyo sanoatining xom-ashyo etkazib beruvchi tarmoqlari, neftni qayta ishlovchi tarmoqlari, gazni qayta ishlovchi tarmoqlari, metallurgiya (qora va rangli) tarmoqlari.
Shu bois, O’zbekiston kimyo sanoati tez sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. U ayniqsa, yoqilg’i-energetika sanoatining xom ashyosi mo’l bo’lgan mintaqalarda tez rivojlanmoqda. Mamlakat kimyo sanoatida 750 dan ortiq nomda mahsulot ishlab chiqariladi, tabiiy gaz, neft, ko’mir, oltingugurt, ozokerit, turli minerallar, ohaktosh, grafit, shuningdek, rangli metallurgiya va paxta-kanopni qayta ishlash korxonalari chiqitlaridan xom ashyo tarzida foydalaniladi. Respublikamizda osh va kaliy tuzlari, fosforit hamda soda xom ashyolari, magniy, natriy zahiralari nihoyatda katta. Ularning yirik konlari Tubagatan, Boybichakon, Oqpat, Xo’jaikon, Lalmikon va boshqalar kelajakda kimyo sanoatini rivojlantirish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Respublikada kimyo sanoatining shakllanishi 1932 yil Sho’rsuv oltingugurt konining (Farg’ona) ishga tushirilishi bilan boshlandi. Kimyo sanoatining eng yirik korxonasi Chirchiq elektroqimyo kombinati 1940 yildan mahsulot bera boshladi.
O’zbekiston kimyo sanoati, tarmoqlar tarkibi, geografiyasi.
Mineral o’g’itlar-O’zbekiston kimyo sanoatining asosiy mahsulotidir. Tarmoq korxonalarida respublika qishloq xo’jaligi uchun zarur bo’lgan ammofos, ammiak silitrasi, superfosfat, karbamid, suyultirilgan ammiak ishlab chiqariladi. Chunonchi, Chirchiq elektroqimyo kombinati, Farg’ona azotli o’g’itlar, Navoiy kimyo birlashmalarida - azotli o’g’itlar, Qo’qon superfosfat zavodi, Samarqand kimyo zavodi, Olmaliq "Ammofos" birlashmasida - ammofos, oddiy va ammoniylashgan superfosfat, quruq ammoniy kabi fosforli o’g’itlar ishlab chiqariladi.
Respublika kimyo sanoati korxonalari bir yilda 2,8 mln. t. azotli, 1,2-1,3 mln. t. fosforli o’g’itlar ishlab chiqarish quvvatiga ega. Mamlakat o’zining mineral o’g’itlarga bo’lgan ehtiyojini to’la qondiradi va ma’lum qism (o’rtacha yiliga 26-30 mln. AQSh dollariga teng miqdorda) o’g’itni chetga eksport qiladi. Biroq, O’zbekistonda kaliyli o’g’it ishlab chiqarilmaydi. Shuning uchun Qashqadaryo viloyatidagi kaliy tuzlari negizida Tubagatan kaliy zavodi qurilmoqda.
Sulfat kislota-kimyo sanoati tarmoqlari uchun muhim xom ashyodir. Respublikada sulfat kislota Olmaliq "Ammofos" birlashmasi, Samarqand kimyo zavodi, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Muborak gazni qayta ishlash majmuasida ishlab chiqariladi. Soda sanoatining Markaziy Osiyodagi yagona bo’lgan korxonasi Qo’ng’irot soda zavodi bo’lib, uning yillik loyiha quvvati 210 ming t. soda.
Do'stlaringiz bilan baham: |