Lim vazirligi guliston davlat universiteti


Oltin qazib olish sanoati



Download 2,96 Mb.
bet34/160
Sana30.06.2022
Hajmi2,96 Mb.
#719431
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   160
Bog'liq
Lim vazirligi guliston davlat universiteti

Oltin qazib olish sanoati. O’zbekistonda birmuncha oldin mazkur sanoat tarmog’i shakllangan bo’lsa ham, u o’zga mintaqalarga xizmat qilar edi. Faqat mustaqillik natijasida oltin sanoatida rivojlanishning yangi bosqichiga qadam qo’yildi.
Mamlakatda olib borilgan tadqiqotlar natijasida kattagina oltin zahiralariga boy bo’lgan Muruntov, Kokpatas, Marjonbuloq, Zarmitan, Ko’chbuloq, Kauldi, Chodak, Qizilolmalisoy, Olmaliq kabi 30 dan ortiq oltin konlari topilib, ularning bir qismi sanoatda ishlatilmoqda. Markaziy Qizilqumdagi Muruntov oltin konining dong’i butun dunyoga ketgan.
Ayni paytda mamlakatda oltin qazib olish sanoatining ikkita yirik markazi-"O’zolmosoltin" uyushmasi (Toshkent shahrida) va “Qizilqumkamyobmetalloltin" konserni (1991) faoliyat ko’rsatmoqda.
"O’zolmosoltin" uyushmasi. 1992 yili "O’zbekoltin" birlashmasi negizida O’zbekiston Respublikasining qimmatbaho metallar davlat qo’mitasi tashkil etildi va u 1994 yilda O’zbekiston oltin qazib olish va olmosga ishlov berish korxonalari uyushmasi ("O’zolmosoltin")ga aylantirilgan. "O’zolmosoltin" tarkibida Angren (Angren shahrida), Marjonbuloq (Jizzax viloyati), Chodak (Namangan viloyati), Kauldi {Toshkent viloyati), Zarmitan (Samarqand viloyati) oltin qazib olish konlari, shuningdek, "Qizilqum" (Toshkent), "Zarnitsa" (Angren) oltin izlovchilar artellari, O’rta Osiyo rangli metallar ilmiy-tadqiqot va loyihalashtirish instituti (Toshkent), "Olmos" olmos qirralash fabrikasi (Toshkent viloyati, Burchmulla) va boshqa oltin qazib olish sanoati bilan bog’liq tashkilotlar bor.
Mamlakat oltin qazib olish sanoatining ikkinchi yirik markazi "Qizilqumkamyobmetalloltin" konsernining bosh korxonasi-Navoiy kon-metallurgiya kombinatidir. Mazkur kombinat mamlakat oltin sanoatining durdonasi hisoblanadi. U dastlab 1958 yilda Muruntov, Kokpatas va Qizilqumning boshqa sochma oltin konlarini ishga tushirish maqsadida qurilgan. Uning asosiy ishlab chiqarish quvvatlari Zafarobod, Nurobod, Zarafshon, Uchquduq shaharlarida joylashgan. Mazkur shaharlarda yangi quvvatlarni ishga tushirish va shu orqali oltin qazib olish sanoatining quvvatini oshirib borish yil sayin jadallashmoqda. Shu sababli ham O’zbekistonning jahon oltin sanoatida mavqei oshib bormoqda. 1991 yilda O’zbekiston jahonda oltin qazib olish bo’yicha sakkizinchi o’rinda turgan bo’lsa, endilikda u yettinchi o’ringa chiqib oldi. O’zbekiston oltin sifati jihatidan ham jahonda eng yuqori o’rinlarda turadi. Uning sifati to’rtta-9999 bilan ifodalanadi. Navoiy kon-metallurgiya kombinatida olingan oltin yombilar London rangli metallar birjasining sertifikatini olgan (1994).
Mamlakatimizda oltin sanoatini rivojlantirishga alohida etibor berilmoqda, bu ishga chet el investitsiyalari, mutaxassislari, texnika va texnologiyalari jalb qilinmoqda, qator tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, tarkibida oltin bo’lgan ruda chiqindilaridan oltinni ajratib olish maqsadida Amerikaning "Nyumont Mayning Korporeyshn" kompaniyasi bilan hamkorlikda Zarafshon shahrida qiymati 220 mln. AQSh dollariga teng bo’lgan zavod qurilishi 1993 yil oktyabrida boshlandi. 1995 yil may oyida "Zarafshon-Nyumont" (yillik quvvati 12-13 tonna) O’zbekiston-Amerika qo’shma korxonasi ishga tushib, birinchi yili ushbu korxona chiqindilardan bir tonna oltin ajratib oldi. 1999 yilga kelib bu raqam 16 tonnani tashkil etdi. Yana shuni aytib o’tish lozimki, "Zarafshon-Nyumont" MDH da chiqindilardan oltin chiqaradigan yagona korxona bo’lib, u eng zamonaviy texnika va texnologiya asosida ish olib boradi.
Bundan tashqari, Buyuk Britaniyaning "Lonro" firmasi bilan hamkorlikda Markaziy Qizilqumda oltin rudalari konini ishga tushirish va oltin ajratib olish maqsadida "Amantaytu Golfildz" qo’shma korxonasi qurila boshlandi. "Lonro" firmasi ushbu dasturga boshlang’ich mablag’ sifatida 250 mln. AQSh dollarini investitsiya qildi. Bu korxonalarning qurilishi mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo’ldi. Oltin ishlatilishi-elektronikada, kompyuter ishlab chiqarishda, kosmik kemalarda, atom reaktorlarida ko’p qo’llaniladi. Bitta atom reaktorining ichki devori 16 kg oltin bilan qoplanadi. Hozirda tarkibida oltin va kumush bo’lgan 30 dan ortiq ruda konlari aniqlangan.
Muruntov koni O’zbekistondagina emas, Evrosiyodagi oltin konlari ichida eng kattasi bo’lib, ruda qazib olingan joy hajmi 2x4 km va chuqurligi 400 metrdan ortiq afsonaviy o’rani eslatadi.

Download 2,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish