Lim vazirligi guliston davlat universiteti



Download 2,96 Mb.
bet35/160
Sana30.06.2022
Hajmi2,96 Mb.
#719431
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   160
Bog'liq
Lim vazirligi guliston davlat universiteti

2-asosiy savol bayoni: Yalpi sanoat mahsulotida hissasida mashinasozlik va metalni qayta ishlash 17,5 foizni tashkil etadi. Mashinasozik majmuasi-iqtisodiyotning barcha sohalari uchun mashina va asboblar ishlab chiqaruvchi, aholini televizor, muzlatkich singari xilma-xil iste’mol buyumlari bilan ta’minlovchi sanoat tarmoqlari uyg’unligidir. O’zbekiston mashinasozligi og’ir sanoatning eng yirik va etakchi tarmog’idir. Uning ahamiyati fan-texnika yutuqlarini xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida joriy qilish, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, mahsulot sifatini yaxshilash hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda namoyon bo’ladi.
O’zbekiston mashinasozlik sanoatining asosiy korxonalari 2 Jahon urushi va undan keyingi davrda qurilgan. Urushdan keyin respublika xalq xo’jaligida qayta ishlash, paxtachilikni rivojlantirish keng quloch yozdi. Paxtachilik, irrigatsiya qurilishi, neft-gaz, to’qimachilik va kimyo sanoati uchun turli xil mashinalar ishlab chiqarishga ehtiyoj ortdi. Shuning uchun ham paxta terish va paxta qator oralarida ishlatiladigan mashinalar, ekskavatorlar, ko’prikli elektr kranlar, yigirish mashinalari ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Shunday qilib, O’zbekiston mashinasozligi sanoatning ko’p tarmoqli turiga aylantirildi. Shuni ta’kidlash joizki, endilikda butun Markaziy Osiyo davlatlari mashinasozlik mahsulotining taxminan 2G’3 qismi O’zbekistonda ishlab chiqarilmoqda.
Mamlakat mashinasozlik majmui ko’p tarmoqlar bo’lib qolishi bilan birga uning iqtisodiyotda va ayniqsa, mamlakat milliy valyuta tushumida ham ulushi ortib bormoqda. Ayniqsa, uning MOD uchun tamoman yangi tarmog’i-avtomobilsozlikning vujudga kelishi tarixiy voqea bo’ldi. Agar 1940 yilda mamlakat mashinasozlik sanoatida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorini bir deb qabul qilsak, u 1965 yilda-220, 1975 yilda-587, 1980 yilda-936, 1985 yilda-1272, 1990 yilda esa, 1539 marta o’sganini ko’ramiz. Mamlakat yalpi sanoat mahsuloti umumiy hajmida mashinasozlik sanoatining hissasi barqarorlashib kelmoqda. Mashinasozlik sanoati "ilg’or uchlik" tarmoqlaridan biri bo’lib, O’zbekiston sanoat mahsulotining 17,5 foizini etkazib bermoqda (2012 yil). Asaka shahrida barpo qilingan birgina engil avtomobil zavodining ishga tushirilishi ushbu barqarorlashuvga ijobiy tus berdi va mamlakat mashinasozlik majmuining iqtisodiyotdagi ulushini oshirdi.
Mashinasozlik majmuasining hududiy joylashuvida juda keskin tafovutlar mavjud bo’lib, bunda Toshkent shahri nihoyat katta salmoqqa (54,0 %) ega, shuningdek, Toshkent (12,1 %), Andijon (6,4 %), Samarqand va Farg’ona (5,5 %) viloyatlarining ham salmog’i anchagina. Lekin bu sohada hanuzgacha Navoiy, Jizzax, Qashqadaryo, Xorazm, Surxondaryo, Sirdaryo viloyatlarining salmog’i nihoyatda pastligicha qolmoqda.
O’zbekistonda mashinasozlikning quyidagi tarmoqlari mavjud:
1. Avtomobilsozlik.
2. Transportsozlik va qishloq xo’jalik mashinasozligi.
3. Paxta tozalash sanoati mashinasozligi.
4. To’qimachilik mashinasozligi.
5. Radio elektronika va elektronika sanoati.
6. Asbobsozlik.
7. Kimyo va neft-kimyo mashinasozligi.
8. Samolyotsozlik.
9. Qurilish va yo’l mashinasozligi.
10. Kommunal xo’jaligi mashinasozligi.
11. Madaniy-maishiy-ro’zg’or texnikasi mashinasozligi.
Hozirda mashinasozlikning quyidagi tarmoqlarga bo’linadi: metallurgiya, kimyo, energetika, radioelektronika, elektron hisoblash mashinalari, elektrotexnika, asbobsozlik, stanoksozlik, avtomobilsozlik, temiryo’l, samolyotsozlik, yo’l qurilish, qishloq xo’jaligi, traktorsozlik, turli tarmoqlar uchun jihozlar. Shunday qilib, sarf qilinadigan material va malakali mehnat miqdori, xom-ashyo hamda tayyor mashinalarni tashish sharoiti mashinasozlik zavodlarini: -transport magistrallari, -malakali kadrlar, iste’molchilar, -yirik metallurgiya korxonalari mavjud joylashtirish tamoyillarni belgilab beradi.

Download 2,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish