Xulosa: O’zbekistonda Toshkent, Yangi Angren, Sirdaryo, Navoiy, Talimarjon kabi yirik IES lar bor. Quvvati 1000 MV dan katta IESlar: Toshkent, Yangi Angren, Sirdaryo, Navoiy, Talimarjon. Quvvati 1000 MV dan kichik IESlar: Angren, Farg’ona, Muborak, Taxiatosh. GES: Chorvoq, Xo’jakent, G’azalkent, 3-Quyi Bo’zsuv, 4-Quyi Bo’zsuv, Uchqo’rg’on, Xonobod, Buloqboshi, Shirmonbuloq, Shohimardon, Farhod, To’palong, Irtijor, Kattaqo’rg’on, Muborak, Tuyamo’yin. Birgina Sirdaryo IES o’zi yiliga 13 mlrd kv soat elektr energiya beradi. Istiqlol yillarida Qashqadaryo viloyatida quvvati 3,2 mln kv bo’lgan Talimarjon IES ning 800 MV li birinchi blokining ishga tushirilishi tizimdagi ulkan loyihalardan biri sifatida e’tirof etildi. Khpchilik IES lar elektr energiya bilan bir vaqtda issiqlik energiyasi ham ishlab chiqaradi. Bir vaqtda issiqlik energiyasi ham ishlab chiqaradigan elektr stantsiya issiqlik elektr markazi (IEM) deb ataladi. Bularda elektr energiya ishla chiqarish jarayonida hosil bo’lgan isiq suvdan issiqxonalarni, binolarni isitishda va boshqa ishlab chiqarish ehtiyojlarida foydalaniladi. Lekin issiq suv 20 km dan olis masofada sovib qoladi.Shu sababli IEM lar yirik korxonalar yaqinida va yirik shaharlardagina quriladi. O’zbekistonda Farg’ona, Muborak va Toshkent IEM mavjud. Mamlakatimizda birinchi GES 1926 yili Bo’zsuv kanalida qurildi. Tezoqar daryolarda GES larni bir-biriga yaqin qurish mumkin. Natijada Chirchiq-Bo’zsuv energetika inshoatidagi GES lar kaskadi (pog’onasi) shakllanadi. Bu kaskad GES lar soniga (19 ta) ko’ra jahonda oldingi o’rinlardan birini egallaydi.
Chirchiq-Bo’zsuv energetika inshoatidagi GES lar kaskadi: Quvvati 100 ming kv dan katta GESlar: Chorvoq, Xo’jakent, G’azalkent; Quvvati 10-100 ming kv bo’lgan GESlar: Tovoqsoy, Loginov, 2-Oqqovoq, Qjdiriy, Shayxontohir, Qibray, Oqtepa, 1-Quyibo’zsuv, 3-Quyibo’zsuv; Quvvati 10 ming kv dan kichik bo’lgan GESlar: 1-Oqqovoq, Salor, Bo’rijar, Bo’zsuv, 2-Quyibo’zsuv, 4-Quyibo’zsuv, 5-Quyibo’zsuv.
O’zbekistondagi issiqlik elektrostantsiyalar va gidroelektrostansiyalarning umumiy soni 37 ta bo’lib, umumiy quvvati 11,2 mln kv dan ortadi. Elektr stantsiyalarda yiliga 50-53 mlrd kv soat atrofida elektr energiya hosil qilinmoqda.
Energiyaning yangi manbalarini topish va o’zlashtirish bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Ana shunday izlanishlar natijasida Toshkent viloyatining Parkent tumanida Quyosh energiyasidan foydalanadigan “Fizika Quyosh” inshooti faoliyat ko’rsatmoqda. Elektlashtirishning yuqori darajasi energetika tizimlarining bunyod etilishidir. Energetika tizimi tufayli yil fasllaridan va sutkaning qaysi vaqtidan qat’iy nazar iste’molchilar elektr energiya bilan bir maromda ta’minlanadi.
Turli xildagi elektr stantsiyalarning yuqori voltli elektr uzatish liniyalari bilan birlashtirib, bir markazdan boshqarib turilishi energetika tizimi deyiladi. O’zbekiston o’z ehtiyojidan ortgan elektr energiyani Tojikiston, Qozog’iston, Afg’onistonga eksport qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |