Dengiz ajinalari (Mobulidae) oilasiga kiradigan skatlardan biri dengiz ajinasi yoki manta (Manta birostris)ning ko`rinishi gigant ko`rshapalakka o`xshaydi. Bahaybat bo`lgani uchun uni dengiz ajinasi deb ham aytiladi.
Dengiz shaytonlari, ya`ni dengiz ajinalarining kengligi suzgich qanotlari bilan hisoblaganda har xil, 1 m dan 4-7 m gacha va og’irligi 1,5-2 t gacha boradi.
Manta barcha okeanlarning tropik suvlarida yashaydi. Cho`chitilgan yoki ushlangan dengiz shaytonlari, ba`zan odamga tashlanadi, qayiqlarni cho`ktirib yuboradi. Odatda ular odamlar uchun xavfli emas, planktonlar bilan oziqlanadi. Dengiz shaytonlari uzunligi 125 sm va og’irligi 9-10 kg keladigan bitta bola tug’adi. Skatlarning go`shti ovqatga ishlatiladi. Ularning jigaridan baliq yog’i olinadi, u «D» vitaminiga boy bo`ladi.
Yaxlitboshlilar (Holocephali) kenja sinfi
Yaxlitboshlilar kenja sinfining bitta ximerasimonlar (Chimaeriformes) tukumi, 3 ta oilasi va 30 ga yaqin turi bor. Ular plastinka-jabralilar kenja sinfining vakillaridan ancha farq qiladi. Yaxlitboshlilar 2500 m gacha bo`lgan chuqur suvlarda yashaydi.
Yaxlitboshlilarning gavdasi duksimon va dum tomoniga qarab ingichkalashib boradi (48-rasm).
Uzunligi 60 sm dan 1,5-2 m gacha. Ularning tanglay-kvadrat tog’ayi yaxlit bo`lib miya qutisiga qo`shilib ketgan, shuning uchun ham yaxlitboshlilar deyiladi.
X
48-rasm. Yevropa ximerasi.
imeralarning jabra yoriqlarini berkitib turadigan teri pardasi bor. Ularning kloakasi yo`q, chunki siydik-tanosil teshigi bilan anal teshigi alohida-alohida bo`ladi. Qalin plastinkaga o`xshagan oz miqdordagi tishlari mavjud, xordasi yaxshi rivojlangan.
Ximerasimonlarning terisi yalan-g’och bo`lib, tangachalari bo`lmaydi. Sachratg’ichlari ham yo`q. Ovqat hazm qilish organlari yaxshi differentsial-lanmagan, oshqozoni aniq ajralib turmaydi.
Otalanishi ichki, ya`ni tuxumlari urg’ochisining tuxum yo`lida urug’lanib rivojlanadi. Tuxumi qalin qobiqqa o`ralgan.
Ximerasimonlar 2 tadan tuxum qo`yadi, tuxumining kattaligi 12-20 sm gacha bordi. Ular Atlantika, Hind va Tinch okeanlarida tarqalgan. Tuxumini rivojlanishi 9-12 oy davom etadi. MDHda Murmansk sohillarida Yevropa ximerasi yoki dengiz mushugi (Chimaera monstrosa) uchraydi. Uning uzunligi 1,5 m gacha boradi. Tinch okean ximerasi, asosan Tinch okean qirg’oqlarida uchraydi. Yaxlitboshlilar suv osti umurtqasiz hayvonlari, ya`ni ignaterililar, mollyuskalar va qisqichbaqasimonlar bilan oziqlanadi.
Ular o`z o`ljalarini butunlay yutib yubormay, balki parchalab, kuchli tishlari bilan maydalab, so`ngra yutadi. Ximeralarning uncha katta ahamiyati yo`q, faqat ularning jigaridan baliq yog’i olinib, dori-darmon sifatida foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |