Личинка хордалилар (Urochordata) ¸ки šобиšлилар (Tunicata) кенжа типи



Download 30,53 Mb.
bet58/364
Sana12.07.2022
Hajmi30,53 Mb.
#781312
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   364
Bog'liq
Зоология дадаев

Skatlar (Batoidei) turkumi vakillarining tanasi yelka-qorin tomoniga qarab yassilashgan, keng disksimon yoki rombsimon shaklda bo`ladi. Uzunligi bir necha sm dan 6-7 m gacha, og’irligi 2,5 t gacha keladi. Terisi yalang’och, jabra teshiklari 5 juft bo`lib, qorin tomonida joylashgan. Ko`krak suzgichlari kuchli rivojlangan, kengaygan. Ko`krak va qorin suzgichlarining cheti boshi va tanasining yon tomoni bilan tutashib ketgan. Orqa suzgichlari dum tomonida bo`ladi yoki bo`lmaydi. Gavdasi yapaloq bo`lganligidan jabra yoriqlari, og’iz teshigi va burun teshiklari boshining ostida joylashgan. Ko`zlari va sachratqichlari esa boshining ustida joylashgan. Skatlarning anal, aksariyat hollarda dum suzgichlari bo`lmaydi. Yassi to`mtoq tishlari kuchli qirg’ichni hosil qiladi.
Aksariyat turlari dengiz va okean tubida kam harakat qilib yashaydi, ayrim turlari (mantasimonlar, tikandumlilar) suv qa`rida hayot kechiradi. Asosan dengizlarda, deyarli barcha mintaqalarda birmuncha sayozlikda 2700 m chuqurlikkacha hayot kechiradi. Ayrim turlari tropik daryolarda (Amazonka va boshqa daryolarda) uchraydi. Bentos organizmlar bilan, asosan mollyuskalar bilan oziqlanadi yoki yirtqich hayot kechiradi. Mollyuskalarning chig’anoqlarini to`mtoqlashgan tishlari bilan maydalaydi. Tirik tug’adi yoki tuxumdan tirik tug’ib ko`payadi. Faqat rombsimon skatlargina suv tubiga yirik tuxum qo`yadi. Skatlarning 350 ga yaqin turlari va 10 dan ortiq oilalari bor (48-rasm). MDHning shimoliy dengizlarida skatlarning 7 ta turi uchraydi.
Arrabaliqlar (Pristidae) oilasi vakillari tanasining shakli arraburun akulalarga o`xshash, cho`ziq uzun tumshug’ining ikki yonida yirik tishsimon o`simtalari bo`ladi. Tanasining yassiligi, jabra teshiklar boshining ostki tomonida joylashganligi, ko`krak suzgichlarini og’iz yaqinida boshi bilan tutashib ketganligi, tumshug’ida mo`ylovlarining bo`lmasligi bilan arraburun akulalardan farq qiladi.
Arrabaliqlar oilasiga 7 ta tur kiradi. Oddiy arra baliq (Pristis pectinatus) Atlantika, Tinch va Hind okeanlarining sohilga yaqin joylarida va O`rta yer dengizida uchraydi. Uzunligi 4-5 m, ba`zan 6 m gacha yetadi. Tuxumdan tirik tug’ib ko`payadi. Dengiz tubidagi loyqadan arra tumshug’i yordamida organizmlarni kavlab olib yeydi. Ular baliqlarni ovlaganda arrasimon tumshug’i bilan baliqlarni urib jonsarak qiladi va keyin yeydi.

Download 30,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish