212-rasm. Sutemizuvchilarning qon aylanish sistemasi sxemasi: 1 - tashqi uyqu arteriyasi,
2 - ichki uyqu arteriyasi, 3 - o`mrov osti arteriyasi, 4 - chap aorta yoyi, 5 - o`pka arteriyasi,
6 - yurakning chap bo`lmasi, 7 - yurakning o`ng bo`lmasi, 8 - yurakning chap qorinchasi,
9 - yurakning o`ng qorinchasi, 10 - orqa aorta, 11 - ichki arteriya, 12 - buyrak arteriyasi,
13 - yonbosh arteriyasi, 14 - bo`yinturuq venasi, 15 - o`mrov osti venasi, 16 - chap toq venasi,
17 - o`ng toq venasi, 18 - orqa kovak venasi, 19 - jigar venasi, 20 - jigar qopqa venasi, 21 - jigar,
22 - buyrak, 23 - yonbosh venasi.
T
213-rasm. Quyonning bosh miyasi: I-ustki tomondan,
II-ostki tomondan, III-yon tomondan, IV-bo`yiga kesilgan holda ko`rinishi; 1 - katta yarimsharlari 2 - hidlov bo`laklari, 3-ko`rish nervi, 4- epifiz, 5- o`rta miya,
6 - miyacha, 7- uzunchoq miya, 8- gipofiz,
9- varoliyev ko`prigi, 10- miya voronkasi,
11-qadoqsimon tana.
yulenning (Phoca vitulina) yuragi suv yuzasida minutiga 180 marta ursa, suvga sho`ng’igandan 11 sekuddan keyin 60 marta, 27 sekuddan keyin 35 marta sekinlashadi. Bundan keyingi butun suv ostida bo`lgan davrida u 30 marta darajasida qoladi. Bu esa kislorodni o`pkada tejab sarflashga imkon beradi.
Nerv sistemasi. Sute-mizuvchilarning bosh miyasi nisbatan katta hajmda bo`li-shi va murakkab rivojlan-ganligi bilan boshqa umurt-qali hayvonlardan farq qiladi (213-rasm).
Bosh miya hajmining kattaligi oldingi miya yarim-sharlarining va miyachasi-ning kattaligi bilan bog’liq. Oldingi miya yarimsharlari bosh miyaning boshqa bo`-limlarini, ya`ni oraliq, o`rta va uzunchoq miyalarni bu-tunlay qoplab yaxshi ri-vojlangan miyachaga tegib turadi. Miyacha ham uzun-choq miyani qoplab turadi.
Oldingi miya yarim-sharlari massasining butun bosh miya massasiga nisbati sutemizuvchilarning turli sis-tematik guruhlarida har xil bo`ladi. Masalan: tipratikan-larda u 48% ga, tiyinlarda-53% ga, bo`rilarda-70% ga, delfinlarda-75% ga teng (Nikitenko, 1969). Oliy da-rajada rivojlangan sutemi-zuvchilarning bosh miya yarimsharlari va miyachasi po`stlog’i yuzasi ilonizi bur-malari, ya`ni egatchalari ta-raqqiy etganligi bilan murak-kablashadi. Odatda primatlar turkumi vakillarida egatchalar soni ko`p bo`ladi. Egatchalar bosh miya yarimsharlarning yuza hajmini kengaytiradi. Quyon va kala-mushlarning oldingi katta miya yarimsharlari po`stlog’i yuzasi silliq bo`ladi. Oraliq miyaning hajmi nisbatan kichkina bo`lib, uni oldingi miya yarimsharlari to`liq qoplab olgan, yuqoridan ko`rinmaydi. Oraliq miyada unchalik katta bo`lmagan epifiz va gipofiz bezlari bo`ladi. O`rta miyaning hajmi ham unchalik katta emas. O`rta miya to`rtta do`nglikdan iborat bo`lib, bu bo`limda ko`rish va eshitish organlarining markazlari joylashgan.
Sutemizuvchilarning miyachasi ham juda katta va yaxshi rivojlangan bo`lib, uch qismdan tashkil topgan: markaziy, ya`ni chuvalchangcha va ikkita yon yarimsharlardan, bu holat sutemizuvchilarning nihoyatda murakkab harakatlariga bog’liq. Miyachaning tagida uzunchoq miya joylashgan va u orqa miyaga ulanadi. Uzunchoq miyada rombsimon egatcha ko`rinadi. Uzunchoq miyada nafas olish, yurakning ishi, ovqat hazm qilish va boshqa markazlar joylashgan. Sutemizuvchilarning bosh miyasidan 12 juft bosh miya nervlari chiqadi, shulardan
V-XII juft nervlari uzunchoq miyadan chiqadi. Golisheva va Galperinning ko`rsatishicha turli umurtqalilar bosh miyasining og’irligi orqa miya og’irligiga nisbati har xil bo`ladi. Masalan: toshbaqalarning bosh miyasi massasi orqa miyasi og’irligiga teng bo`lsa, xo`rozning bosh miyasi massasii orqa miyasiga nisbatan 1,5 barobar, kaptarniki-2,5, qo`yniki-2,5, mushukniki-3, itniki-5, ko`rshapalakniki-7, kitniki-10, shimpanzeniki-15 va odamniki-45 marta og’ir bo`ladi.
Nerv hujayralari bilan nerv tolalaridan tashkil topgan miya po`stlog’ining taraqqiy etishi tufayli sutemizuvchilarda kulrang miya moddasi faqat pardali nerv o`simtalaridan iborat bo`lgan oq moddaning ustidan joy oladi. Miya po`stlog’i oliy psixik faoliyat bilan bog’langan markazlar va shuningdek, sezuvchi (ko`ruv, eshituv, tuyg’u hamda harakatlantiruvchi) markazlar bor. Shuning uchun sutemizuvchilarda miya po`stlog’ining yaxshi rivojlanganligi ular psixikasining yuqori bo`lishiga asosiy sababdir. Oldingi miya yarimsharining massasi qolgan bosh miya qismlariga nisbati sutemizuvchilarda 5:1; 10:1; qushlarda esa 1:1; 3:1 bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |