B
215-rasm. Kalamushning siydik-tanosil sistemasi: A - erkagi, B - urg’ochisi: 1 - buyrak,
2 - siydik yo`li, 3 – qovuq, 4 - buyrak usti bezi, 5 - urug’don, 6 - urug’don o`simtasi, 7 – urug’ yo`li, 8 - urug’ pufakchalari, 9 - prostata bezi, 10 - kuperov bezi, 11 - preputsal bezi, 12 - jinsiy olat,
13 - tuxumdon, 14 – tuxum yo`li, 15 - tuxum yo`li voronkasi, 16 - bachadon shoxi, 17 - bachadon, 18 - qin, 19 - jinsiy teshik.
Tuxumdonning o`lchami boshqa umurtqali hayvonlarning tuxumdonidan kichik bo`ladi. Uning shakli ovalsimon-yapaloq va usti notekis (g’adir-budur) bo`lib, buyraklarga yaqin joyda tana bo`shlig’ida joylashgan. Tuxumdondan tuxum yo`llari chiqadi va bu tuxum yo`llari Myuller naylariga gomolog hisoblanadi. Juft ingichka tuxum yo`lining keng voronkasi har qaysi tuxumdonga yaqin yerda tana bo`shlig’iga ochiladi. Tuxum yo`lining ustki bukilma bo`limi fallopiy naychasi, pastki kengaygan bo`limi bachadon deb ataladi. O`ng va chap bachadon shoxlari toq va uzunchoq qinga ochiladi. Qinning orqa uchi dahlizga, ya`ni siydik-tanosil kanaliga aylanadi, chunki unga siydik pufagi ham pastki tomondan ochiladi. Nihoyat, qin dahlizi siydik-tanosil teshigi bilan tashqariga ochiladi, uning pastki chetida kichkina o`siq-klitor bor, klitor serteshik to`qimadan tashkil topgan bo`lib, erkakning jinsiy organiga mos keladi.
Birteshiklilarning tuxum yo`llari bir juft bo`lib, fallopiy naylari bilan bachadonlarga bo`linadi. Ular bevosita siydik-tanosil sinusiga aylanadi. Qopchiqlilarda esa juft qin ham bor. Yo`ldoshlilarning ikkala qini ham bor. Ularning ikkala qini bir-biriga qo`shilib toq qin hosil qiladi. Bachadonlari juft bo`lib, har qaysisi mustaqil teshik bilan qinga ochilishi ba`zi kemiruvchilarga, quyonlarga, fillarga xosdir. Bachadonlari juft ammo qinga umumiy teshik bilan ochiladigan sutemizuvchilarga sichqonlar, cho`chqalar, yirtqichlar kiradi. Bachadonlari qinning ko`p qismi bilan qo`shilib ketgan ikki shoxli bachadon yirtqichlar, kitsimonlar, juft va toq tuyoqlilarda, bachadonlari bir-biriga batamom qo`shilib ketgan oddiy bachadon chala maymunlar, maymunlar, odam va ba`zi ko`rshapalaklarda bo`ladi. Birteshik-lilardan tashqari barcha sutemizuvchilarning tuxumi juda mayda, buning sababi tuxumida sariqlik moddasining kamligidir.
Sytemizuvchilarning urug’lanishi ichki, asosan tirik tug’adi. Birteshiklilarda chala tug’ishdek hodisa kuzatiladi, ya`ni ularning tuxumi ham bachadonda turgan vaqtida onadan o`tgan shiralar bilan oziqlanib o`sadi. Bu shiralar tuxumning pergamentsimon po`stidagi mayda-mayda teshiklardan kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |