Sutemizuvchilarning tuzilishi bo`yicha test topshiriqlari. C =59
1. Jun qoplami qanday junlardan tashkil topgan? A. Tivit. B. Tuyg’u. V. Qil. G. Vibrissalar.
2. Faqat sutemizuvchilar uchun xos bo`lgan morfologik belgilarni ko`rsating? A. Terisida bezlari ko`p. B. Tanasi jun bilan qoplangan. V. Oyoqlari kalta va kuchli. G. Tanasining ayrim joylarida shox tangachalar saqlanib qolgan. D. Barcha turlari tirik tug’adi. E. Oyoqlari baland, tanasi ostida joylashgan.
3. Sutemizuvchilar skeleti uchun xos bo`lgan anatomik belgilarni ko`rsating. A. Bosh suyagi umurtqa pog’onasiga ikkita pay orqali qo`shilgan. B. Bosh suyagi umurtqa pog’onasiga ikkita o`simta orqali birikkan. V. Kvadrat va qo`shilish suyaklari eshitish suyaklariga aylangan. G. Bosh suyaklari choksiz birikkan.
D. Tishlari ixtisoslashgan. E. Umurtqalari harakatsiz qo`shilgan. J. Eritrotsitlari yadrosiz. Z. Leykotsitlari yadrosiz.
4. Qaysi sutemizuvchilar terisida ter bezlari kam rivojlangan yoki bo`lmaydi? A. Bug’ular. B. Qo`ylar. V. Mushuklar. G. Maymunlar. D. Itlar. E. Fillar.
5. Sutemizuvchilarning qaysi bezlari ter bezlaridan kelib chiqqan? A. Yog’.
B. Endokrin. V. Sut. G. Hid.
6. Sutemizuvchilar oldingi oyoq kamari suyaklarini ko`rsating. A. Kurak.
B. Yonbosh. V. Quymich. G. O`mrov.
7. Sutemizuvchilar skeletini sudralib yuruvchilar skeletidan farq qiluvchi belgilarni ko`rsating. A. Umurtqalari qo`shilish yuzasi botiq bo`ladi. B. Umurtqalari yuzasi yassi bo`ladi. V. Bo`yin umurtqasi yettita. G. Bosh skeleti va miya qutisi nisbatan katta. D. Miya qutisi yuz suyaklariga nisbatan yirikroq. E. Ko`pchilik bosh skeleti suyaklari alohida joylashgan. J. Bosh suyaklari mayda va yupqa bo`ladi.
Z. Miya qopqog’i va quloq suyaklari qo`shilib ketgan.
8. Sutemizuvchilar nafas olish sistemasini sudralib yuruvchilarga nisbatan murakkab tuzilganligi belgilarini ko`rsating. A. Burun bo`shlig’i og’iz bo`shlig’idan ajralgan. B. Kekirdagida halqasimon tog’ay bo`ladi. V. O`pkasi juda ko`p katakchalarga bo`lingan. G. Bronxlari rivojlangan. D. Alveolalari ko`p bo`ladi.
E. Nafas olishda diafragma muskullari ishtirok etadi.
9. Sutemizuvchilar kichik qon aylanish doirasining ketma-ketligini aniqlang.
A. O`pka venasi. B. O`pka arteriyasi. V. Chap yurak bo`lmasi. G. O`pka kapillyarlari. D. O`ng yurak qorinchasi.
10. Bo`rining tish formulasiga mos keladigan raqamlarni ko`rsating: A. c 1:1. B. c 0:0. V. i 2:1. G. i 3:3. D. m 2:3. E. m 3:3. J. pm 2:2. Z. pm 4:4.
11. Sutemizuvchilarning eshitish organlari elementlarini tartib bilan ko`rsating: A. Oval tuynuk. B. Bolg’acha. V. Uzangi. G. Nog’ora parda. D. Tovush o`tkazish yo`li. E. Eshitish nervi. J. Chig’anoq. Z. Kortiyev organi. I. Sandon.
12. Qaysi sutemizuvchilarning ko`richagi uzun bo`ladi? A. Tulki. B. Ayiq.
V. Yumronqoziq. G. Tovushqon. D. Bug’u. E. Bo`rsiq. J. Jirafa. Z. Tipratikan.
13. Yer ostida yashaydigan sutemizuvchilarning tuzilish belgilarini ko`rsating. A. Bo`yni kalta, tanasidan ajralib turadi. B. Bo`yni kalta, tanasidan aniq ajralmagan. V. Oyoqlari kalta va kuchli. G. Oyoqlari tanasining ikki yonida joylashgan. D. Juni kalta va mayin. E. Juni uzun va qattiq. J. Jag’lari keng, uzun. Z. Ko`zi kichik, ba`zilarida teri ostida bo`ladi. I. Quloq suprasi kichik. K. Quloq suprasi bo`lmaydi.
L. Dumi ingichka va uzun. M. Dumi kalta yoki bo`lmaydi.
14. Qaysi sutemizuvchilarda yagona bachadon bo`ladi? A. Lemur.
B. Shimpanze. V. Sichqon. G. Kalamush. D. Sug’ur. E. Ayrim ko`rshapalaklar.
15. Sutemizuvchilarning eng qadimgi ajdodini belgilang. A. Yirtqich tishlilar. B. Zirhlilar.
16. Qaysi sutemizuvchilarda haqiqiy yo`ldosh rivojlanmagan? A. Tipratikan. B. Opossum. V. Ko`rshapalak. G. Kenguru. D. Sichqon. E. Koala.