Личинка хордалилар (Urochordata) ¸ки šобиšлилар (Tunicata) кенжа типи


Teriyalar yoki haqiqiy darrandalar (Theria) kenja sinfi



Download 30,53 Mb.
bet291/364
Sana12.07.2022
Hajmi30,53 Mb.
#781312
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   364
Bog'liq
Зоология дадаев

Teriyalar yoki haqiqiy darrandalar (Theria) kenja sinfi

Bu kenja sinfga xaltali va yo`ldoshli sutemizuvchilar kiradi. Ular quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi:


1) barchasi tirik bola tug’adi; yo`ldoshi rivojlangan;
2) sut bezlari naychasimon emas, balki uzum boshi shaklida bo`ladi, barchalarida sut bezlari so`rg’ichlari bo`lib, bu yerga sut bezlari yo`llari ochiladi;
3) kloakasi bo`lmaydi, ichaklari va siydik-tanosil teshiklari mustaqil teshiklar orqali tashqariga ochiladi;
4) tumshug’i shoxsimon moddadan iborat g’ilof bilan qoplanmagan. Aksariyat turlarida etli lab bo`ladi.
Bu kenja sinfning hozirgi yashab turgan turlari ikkita infrasinfga bo`linadi, ya`ni tuban darrandalar (Metatheria) va yuksak darrandalar yoki yo`ldoshlilar (Eutheria).
Tuban darrandalar infrasinfiga bitta – Xaltalilar (Marsupialia) turkumi kiradi.
Xaltalilar (Marsupialia) turkumiga kiradigan sutemizuvchilarning tashqi ko`rinishi xilma-xil. Ularning yo`ldoshi zaif rivojlangan yoki bo`lmaydi. Bachadonda embrionning zaif rivojlanishiga sabab embrion pardalari bachadon devoriga yopishib o`smaydi, shuning uchun yuksak sutemizuvchilar embrioniday ozuqa moddalar yetarli bo`lmaydi. Bolalari kichkina, nimjon va chala tug’iladi. Sut bezlarini maxsus qisuvchi muskuli qisqarishi orqasida ularning nimjon bolalari og’ziga sut oqib tushadi, ba`zi turlarida qopchiq bo`lmasa ham, lekin xaltalilarning hammasida bir juft qopchiq suyagi bo`ladi. Ko`krak so`rg’ichlari xalta (qopchiq) ichiga ochiladi, xaltasi (qopchiq) bo`lmagan vakillarida esa ko`krak-qorin qismiga ochiladi. Bosh miyasi tuban tuzilgan, qadoqli tanacha yo`q. Urg’ochisida 2 ta bachadon va 2 ta qin bo`ladi. Tana harorati birteshiklilarga nisbatan yuqori (360C), lekin yo`ldoshlilarga nisbatan past bo`ladi, ya`ni tana harorati doimiy bo`lmaydi. Xaltalilarning faqat oldingi oziq tishlari almashinadi. Ular Avstraliyada, Janubiy Amerikada va bitta turi Shimoliy Amerikada tarqalgan (217-rasm).
Xaltalilar turkumi vakillarining o`lchami 4 sm dan (qopchiqli sichqon) 1,6-2 m gacha (kulrang gigant kenguru) boradi. Ularning homiladorlik davri qisqa: Amerika opossumlarida 12 kun, gigant kenguruda esa 30-40 kun davom etadi.
Xaltalilar (Marsupialia) turkumining, 3 ta kenja turkumi, 9 ta oilasi, 71 ta urug’i va 270 tacha turi bor.




Download 30,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish