209-rasm. Sutemizuvchilar oshqozonining har xil shakli: I-itniki, II-kalamushniki
III-sichqonniki, IV-suvsarniki, V- kavsh qaytaruvchilarniki, VI- odamniki,
VII-tuyaniki, VIII-yexidnaniki,
IX-yalqovniki: 1-qizilo`ngach, 2-ichak,
3-oshqozonning kardial bo`limi, 4-oshqo-zonning pilorik bo`limi, 5-shirdon,
6-qatqorin, 7-to`rqorin, 8-katta qorin (punktrli chiziq ovqatning harakat yo`lini ko`rsatadi).
shqozonning hajmi va shakli turli sutemizuvchilarda turlicha bo`ladi va bu oziq xiliga bog’liq (209-rasm).
O`simlikxo`rlarda oshqozon juda katta va ko`pincha bo`limlarga bo`lingan, ya`ni murakkab bo`ladi. Go`shtxo`r va hammaxo`r sutemizuvchilarda oshqozon uncha katta bo`lmaydi va bo`limlarga bo`linmaydi. Kitsimonlarning oshqozoni uch bo`limdan va juft tuyoqlilar tur-kumiga kiruvchi kavsh qaytaruvchilarning oshqozoni murakkab bo`lib, to`rt bo`limdan, ya`ni katta qorin, to`rqorin, qatqorin va shirdondan iborat bo`ladi. Bunday oshqozonning birinchi uch bo`limi (katta qorin (qarta), to`rqorin va qatqorin) oshqozon oldi deb ataladi va devori ko`p qavatli epiteliydan tuzilgan, hazm qilish bezlari yo`q va bu bo`limlarda bakteriyalar ishtirokida bijg’ish yuz beradi. Katta qorindan oziq luqmasi to`rqoringa, to`rqorindan luqma yana og’iz bo`shlig’iga qaytadi.
Og’iz bo`shlig’ida ozuqa so`lak bilan ho`llanib chaynaladi va og’iz bo`shlig’idan ingichka yo`lak orqali qatqoringa o`tadi. Shirdonda ozuqa luqmasiga oshqozon shirasi ta`sirida ishlov beriladi. Oshqozon shirasida oqsillarni parchalovchi pepsin, yog’larni parchalovchi lipaza va boshqa fermentlar bor.
Sutemizuvchilarning ichak nayi o`n ikki barmoqli ichak, ingichka ichak, yo`g’on ichak va to`g’ri ichaklarga bo`linadi. Ingichka va yo`g’on ichak chegarasida katta ko`richak chiqadi. Ko`richak «bijg’itish qozoni» vazifasini bajaradi. Ingichka ichak devoridagi bezlar har xil ovqat hazm qilish fermentlarini ajratadi, shu yerda ovqat hazm bo`ladi va so`riladi. Yo`g’on ichakdan qiyin hazm bo`ladigan ozuqa bo`tqasi o`tadi. To`g’ri ichakda ozuqa tarkibidagi suv organizmga qayta so`riladi va tezak hosil bo`ladi.
O`simlik bilan oziqlanuvchi sutemizuvchilardan kemiruvchilarda, tovushqonsi-monlarda, chala maymunlarda ko`richak uzun va keng bo`ladi. Sichqonda ko`richak butun ichak uzunligining 7-10% ini tashkil etadi. Go`shtxo`rlarda ko`richak yaxshi rivojlanmagan yoki butunlay bo`lmaydi. Yo`g’on ichak kemiruvchilarda butun ichagining 29-53% ini, hasharotxo`rlarda 26-30% ini, yirtqitchlarda 13-22% ini tashkil qiladi. Turli sutemizuvchilarda ichakning uzunligi turlicha bo`ladi. O`simlikxo`rlarning ichagi hammaxo`rlarnikiga nisbatan uzun bo`ladi. Masalan: latchalarning ichagi gavdasiga nisbatan 2,5 marta, ko`rshapalaklarda 2,5-4,0, hasharotxo`rlarda 2,5-4,2, kemiruvchilarda 5,0, itlarda 6,3, dengiz cho`chqalarida 11,5, otlarda 12,0 va qo`ylarda 29 barobar uzun bo`ladi.
Sutemizuvchilarning jigari diafragmaning ostida joylashgan. O`t yo`li orqali o`t suyuqligi o`n ikki barmoqli ichakka quyiladi. Oshqozon osti bezini yo`li ham shu tariqa o`n ikki barmoqli ichakka ulangan bo`ladi.
Ovqat hazm qilish bezlari hisoblangan jigar va oshqozon osti bezlari fermentlar ishlab chiqarib, ovqatni hazm bo`lishida faol almashinuvni, ayirish jarayoni boshqaruvida ham ishtirok etadi, shu bilan b
210-rasm. Quyonning traxeyasi: I-oldidan ko`rinishi, II-orqadan ko`rinishi: 1-hiqildoq usti, 2-qalqonsimon tog`ay, 3-uzuksimon tog`ay, 4-traxeya, 5-santoninov tog`ayi, 6-cho`michsimon tog`ay.
irga moddalar ishtirok etadi. Uzunchoq to`q qizil rangli taloq oshqozon yonida joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |