192-rasm. Yerda yashovchi sodda umurtqali hayvonlar (1) va sutemizuvchilarning
(2) gavdasi hamda oyoqlarining holati.
Sutemizuvchilarning so`lagida kraxmalni parchalovchi ferment bor. Sutemizuvchilarda ana shunday tuzilishdagi progressiv belgilari asosida ular turli sharoitlarda yashashga yaxshi moslashgan.
Geografik nuqtai nazardan sutemizuvchilar Antarktidaning markaziy qismidan tashqari dunyoning barcha qit`alarida tarqalgan. Ular hamma muhitda, ya`ni suvda, yer ostida, yer ustida va daraxtlarda yashaydi. Ayrim turlari uchishga ham moslashgan (193,194-rasmlar).
Tana shakli. Sutemizuvchilarning tashqi ko`rinishi va o`lchami har xil. Sutemizuvchilar orasida eng mittisi, ya`ni kichigi hasharotxo`rlar turkumiga kiradigan pakana oq tishli yerqazar (Suncus etruscus) hisoblanib, uning uzunligi 3,5-4,5 sm, vazni esa 1,2-1,7 g kelsa, quruqlikda yashovchi eng yirik sutemizuvchi - Afrika fili (Loxodonta africana)ning balandligi 4-4,5 m va vazni 4-5 tonnaga yetadi. Hozirgi hayvonlar orasida, shu jumladan, sutemizuvchilar orasida eng yirigi ko`k kit (Balaenoptera musculus) hisoblanib, uning uzunligi 30-33 m va vazni 120-150 t gacha boradi.
193-rasm. Sutemizuvchilarning tabiiy muhitga moslashish tiplari: Yer ustida yashovchi sutemizuvchilar vakillari: 1-bo`ri, 2-gepard, 3-jayron, 4-asl bug’u, 5-sakrovchi-qo`shoyoq.
Yer ostida yashovchi sutemizuvchilar vakillari: 6-krot, 7-gigant ko`rsichqon.
194-rasm. Sutemizuvchilarning tabiiy muhitga moslashish tiplari: Daraxtda yashovchi sutemizuvchilar vakillari: 1-uchuvchi-letyaga, 2-o`rgimchaksimon maymun. Uchuvchi sutemizuvchilar vakili: 3-shalpangquloq ko`rshapalak. Suvda yashovchi sutemizuvchilar vakillari: 4-grenland tyuleni, 5- oqbiqin delfin.
Sutemizuvchilarning gavda shakli ham nihoyatda xilma-xil. Ular turli sharoitlarda yashaydi. Sutemizuvchilarning gavdasi barcha amniotalardagidek bosh, bo`yin, tana, dum va oldingi hamda orqa oyoqlarga bo`linadi. Bu bo`limlarning shakli va bir-biriga nisbati ham har xil bo`lib, sutemizuvchilarning yashash sharoitiga, harakatiga, o`lja tutishiga va dushmanlaridan himoyalanishiga moslashishiga qarab o`zgargan.
Quruqlikda yashovchi sutemizuvchilar vakillariga hasharotxo`rlardan tipratikan; yirtqichlardan bo`ri, tulki, ayiq, arslon, qoplon; tuyoqlilardan ot, qo`y, kiyik, cho`chqa; xaltalilardan kenguru; xartumlilardan fil; kemiruvchilardan qo`shoyoqlar kiradi. Bu hayvonlarning tuzilishi yashash sharoitiga moslashgan. Ko`pchilik yirtqichlarning bo`yni va oyog’i qisqa bo`ladi.
Ular ichida yugurishga moslashganlari ham bor. Masalan: kiyik, sayg’oqlarning bo`yni va oyoqlari yirtqichlarnikiga nisbatan baland bo`ladi. Sutemizuvchilarning sakrovchilari ham bo`ladi (kengurular, qo`shoyoqlar va boshqalar). Ularning orqa oyoqlari uzun, oldingi oyoqlari qisqa, dumi uzun bo`lib, sekin harakat qilganda dumi tayanch vazifasini bajaradi. Yana havoda harakat qilishga (uchishga) layoqatlangan sutemizuvchilar ham borki, ularning oldingi oyoqlari qanotga aylangan (ko`rshapalaklar), ko`krak muskullari kuchli taraqqiy etgan va tashqi quloq suprasi kuchli rivojlangan bo`lib, eshitish organiga qo`shimcha tovush to`lqinlarini tez ilib olishga yordam beradi. Gavdasi baliqqa o`xshab tuzilib, oldingi oyoqlari suzgich kurakka aylangan, orqa oyoqlari esa yo`q bo`lib ketgan, dumi baliq dumiga o`xshagan kitsimonlar borki, ular suvda yashovchilar hisoblanadi (delfinlar va kitlar).
Yer ostida yashovchi sutemizuvchilarga ko`rsichqonlar va krotlar kiradi. Ularning ko`zlari yaxshi rivojlanmagan, oyoqlari kalta, quloq suprasi reduktsiyalangan, barmoqlari uzun, o`tkir tirnoqlari bor.
Barcha quruqlikda yashovchi sutemizuvchilar yurganida butun oyoq panjasini (kaftini) yoki faqat barmoqlarini yerga bosish va bosmasligiga qarab uch guruhga bo`linadi:
1. Oyoq kaftida yuruvchilar.
2. Barmoqda yuruvchilar.
3. Barmoq uchida yuruvchilar.
B irinchi guruhga maymunlar, ayiqlar va boshqa ba`zi sutemi-zuvchilar kiradi. Ikkinchi guruhga ko`pgina sutemizuvchilar va uchinchi guruhga barcha tuyoqlilar kiradi. Barmoq tovonda yuruv-chilar, masalan: quyon bilan qunduz oraliq guruhni tashkil etadi. Sutemizuvchilar yuqori darajada tuzilgan bo`lishi bilan bir qatorda, ayrim primitiv belgilari ham saqlanib qolingan, ya`ni amfibiyalar va reptiliyalarnikiga o`xshab, ularda ham boldir-tovon, bilak-bilaguzuk bo`g’imlarini o`rnashishi, juft ensa bo`rtmasini qisman bo`lsada bo`lishi shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |