T
195-rasm. Tolay tovushqoni.
ashqi tuzilishi. Sutemi-zuvchilarning, shu jumladan, qu-yonning gavdasi-bosh, bo`yin, tana, dum va orqa hamda oldingi oyoqlarga bo`linadi
(195-rasm).
Tovushqonning og’iz teshigi harakatchan lab bilan o`ralgan. Yuqorigi labi ikkiga bo`lingan. Ko`zlarini shikastla-nishdan asraydigan harakatchan yuqorigi va pastki qovoqlari bor. Qovoq chetida qattiq tuksimon kipriklar joylashgan. Ko`zining ichki burchagida uchinchi qovoq yoki yumgich parda rudiment (qoldiq) holda. Ko`zidan yuqoriroqda elastik tog’ay skeletli quloq supralari joylashgan. Tumshug’ining uchida ikkita yoriqsimon burun teshiklari bor. Dumining ostida chiqarish teshigi bor, undan bir oz oldinda siydik-tanosil teshigi joylashgan. Urg’ochisida siydik tanosil teshigi kenggina yoriq shaklida, erkagida esa kichkina erkaklik jinsiy a`zosining uchiga o`rnashgan. Voyaga yetgan erkak quyonda jinsiy a`zoning ikki yonidagi terisi ko`tarilib xaltacha - yorg’oq hosil qiladi. Oldingi oyoqlari deyarli kalta va besh barmoqli, orqa oyoqlari esa uzun hamda to`rt barmoqli bo`ladi. Barcha barmoqlarida tirnoqlari bor.
Teri qoplami. Boshqa umurtqali hayvonlarga o`xshab sutemizuvchilarning terisi ham ikki qavatdan iborat, ya`ni tashqi-epidermis va ichki kutis qavati bor
(196-rasm).
196-rasm. Sutemizuvchilar terisining tuzilishi: 1-epidermisning sirtqi (yuza) shox qatlami (hujayralar vaqt-vaqti bilan tushib turadi), 2- tirik hujayrali epidermisning chuqur qatlami (malpigiy qatlami), 3-chin teri qatlami (kutis), 4- jun, 5-ter bezi, 6-ter bezi yo`lining teshiklari,
7-yog’ bezi, 8-jun muskullari, 9-terining biriktiruvchi to`qima tolalari, 10-qon tomirlari,
11-jun asosidagi so`rg’ichchasi.
Terisi nisbatan qalin va murakkab tuzilgan. Yuzaga yaqin joylashgan yassi hujayralarda keratogial birikmalar to`planib, ularning sekin-asta nobud bo`lishidan shox qavat hosil bo`lishiga olib keladi. Yuzada joylashgan hujayralar batamom shox moddaga aylanib, sekin-asta qazg’oq yoki yirik bo`laklar (tyulenlarda) shaklida to`kilib turadi. Epidermis yurish va o`rmalash vaqtida doimo ishqalanib turgan joylarida qadoqlar (barmoq tagi, ayrim maymunlarning quymich qadog’i, tuyalarning tizzalaridagi qadoqlari) hosil bo`ladi.
Epidermisning ostki yuzasida chuqurchalar hosil bo`ladi. Bu chuqurchalarga chin terining so`rg’ichlari kirib turadi. Bu esa terining ikkala qavati zich birikishini ta`minlaydi, chunki epidermisda qon tomirlari bo`lmaydi va epidermis chin teridan oziq moddalarni va kislorodni faqat diffuz yo`l bilan oladi. Malpigi qavat hujayralarining bo`linib turishi hisobiga ularning o`rni to`lib boradi.
Sutemizuvchilarning epidermis teri qavati har xil teri hosilalarini-soch, tirnoq, tuyoq, kovak shox (bug’ulardan tashqari), tangacha va turli bezlarni beradi.
Haqiqiy (chin) teri, ya`ni kutis qavati sutemizuvchilarda juda yaxshi rivojlangan, qalin bo`ladi. Chin teri qavati juda murakkab to`r hosil qiluvchi tolali biriktiruvchi to`qimadan iborat bo`lib, bu yerda yog’ to`planadi. Bu qavat teri osti yog’ kletchatkasi deb ataladi. U kitlarda va tyulenlarda hamda quruqlikda yashovchi ayrim sutemizuvchilarda (yumronqoziq, bo`rsiq, sug’ur, ayiq) yaxshi rivojlangan. Ular uchun yog’ qavat asosiy energetik manba bo`lib xizmat qiladi.
Terining qalinligi har xil turlarida farq qiladi. Odatda, sovuq, iqlimda yashovchi serjun sutemizuvchilarda terisi yupqa bo`ladi. Quyonlarning terisi ham juda yupqa, nozik va qon tomirlari kam bo`ladi. Quyonni terisidan ushlagan yirtqich uning terisini osongina uzib oladi, quyonning o`zi esa qochib qutiladi. Hosil bo`lgan jarohat qonamaydi va tez tuzalib ketadi. Sichqonlar, qo`shoyoqlar, olmaxonlarda o`ziga xos dum avtotomiyasi kuzatiladi. Ularning dum terisi yengillik bilan shilinib, hayvonga qochib qutulish imkonini beradi.
Sutemizuvchilar uchun jun qoplami reptiliyalarda tangachalar, qushlarda pat-parlar singari xarakterlidir. Ko`pchilik sutemizuvchilarning terisi jun bilan qoplangan. Faqat ayrim turlari ikkilamchi marta junlarini to`liq yoki qisman yo`qotgan. Masalan: delfinlarda jun mutlaqo bo`lmaydi, kitlarning labidagina jun saqlangan. Lekin kitsimonlarning embrionlarida siyrak bo`lsada jun bo`ladi. Kurakoyoqlilarda jun qoplami reduktsiyalangan (ayniqsa, morjlarda). Hayoti quruqlik bilan ko`proq bog’liq bo`lgan quloqdor tyulenlarda (dengiz mushuklarida) jun qoplami boshqalariga nisbatan yaxshiroq rivojlangan. Junlar terida joylashgan ildizchalardan o`sib chiqadi, ya`ni teri ustiga chiqib turgan jun o`qi va teri ostida joylashgan ildizni ko`rish mumkin.
Jun o`qi o`zak, qobiq qismi va teridan iborat. O`zak g’ovak to`qimadan iborat bo`lib, uning hujayralari orasida havo bo`ladi. Qobiq qismi aksincha juda zich bo`lib, junning qattiqligini ta`minlaydi. Yupqa tashqi teri uni kimyoviy va fizik ta`sirlardan muhofaza qiladi. Junning ildizchasi maxsus jun (soch) xaltachasida joylashgan. Xaltachaga yog’ bezlarining yo`llari ochilgan bo`lib, bezlar ajratgan sekret teri va junni moylab, qayishqoq qiladi, ularga suv yuqtirmaydi.
Jun xaltachasiga silliq muskul tolalari birikadi, ular qisqarganda jun xaltachasi o`zining holatini o`zgartirib jun dikkayib, darranda xo`rpayadi. Ko`pchilik darrandalarda jun teri yuzasiga biroz yotiq bo`lib, uchi ma`lum bir tomonga qarab o`sadi. Bu hodisa vors deb ataladi. Yer kovlovchilardan – krot va ko`rsichqonlarda vors bo`lmaydi.
Vibrissalar, qillar va ninalar shakli o`zgargan junlar hisoblanadi. Ninalar himoya vazifasini bajaradi va ular tipratikan, jayra, yexidnalarda bo`ladi. Vibrissalar va qillar tuyg’u vazifasini bajaradi. Ular hayvonlarning faqat bosh qismida bo`lmasdan, balki panja va ko`krak qismida, krotlarda esa hatto dumida ham bo`ladi.
Mo`yna hamma darrandalarda ham bo`lmaydi, ayrim turlarida (fil, siren, karkidon) junlari juda siyrak bo`lib, ularda mo`yna umuman bo`lmaydi. Mo`ynaning qalinligi va junining uzunligi sutemizuvchilarda xilma-xil bo`lib, darrandalarning sistematik holatiga, yil fasliga va geografik tarqalishiga bog’liq. Sovuqda yashovchi sutemizuvchilarning mo`ynasi odatda uzun va qalin, shuningdek, ularning mo`ynasi qishda yozdagiga nisbatan ancha uzun va qalin bo`ladi. Mo`ynani tashkil etadigan junlar bir xil bo`lmaydi. U vors hosil etadigan birmuncha uzun va qalin ingichka jun, ya`ni tivitdan iborat bo`ladi. Bunday holat bobr, o`rdakburun, qunduz va dengiz mushuklarida kuzatiladi. Krot va ko`rsichqonlarda mo`yna faqat tivitdan, voyaga yetgan tyulenlarda esa aksincha faqat qildan iborat bo`ladi. Eski junlarning tushib ketishi va ularning yangilari bilan almashinishi tullash deyiladi. Ba`zi tur sutemizuvchilarda tullash bir yilda ikki marta bo`ladi, ya`ni bahorda va kuzda (olmaxon, tulki va krotlarda). Boshqa tur sutemizuvchilarda esa bir yilda bir marta tullash bo`ladi ya`ni, bahorda eski junlar tushib ketadi va yozda yangilari o`sib chiqadi (yumronqoziqlarda). Respublikamizda tarqalgan ko`pchilik darrandalar bir yilda ikki marta, ya`ni bahorda va kuzda tullaydi. Bunda bahorgi tullash tez, kuzgi tullash esa sekin o`tadi. Kuznetsovning (1941) ma`lumotlariga ko`ra olmaxonning 1 sm2 terisi ustidagi junining miqdori yozda 4200 ta, qishda esa 8100 tagacha yetadi. Quyonniki yozda 8000 ta, qishda 14700 tagacha boradi.
Quruqlikda yashovchi barcha sutemizuvchilarning barmoq uchlarida epidermis hosilalari-tirnoqlari, changal tirnoqlari va tuyoqlari bo`ladi (197-rasm).
B
V
G
Do'stlaringiz bilan baham: |