Личинка хордалилар (Urochordata) ¸ки šобиšлилар (Tunicata) кенжа типи


II.8. TO`GARAK OG’IZLILAR SINFINING SISTEMATIKASI



Download 30,53 Mb.
bet38/364
Sana12.07.2022
Hajmi30,53 Mb.
#781312
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   364
Bog'liq
Зоология дадаев

II.8. TO`GARAK OG’IZLILAR SINFINING SISTEMATIKASI
VA EKOLOGIYASI

To`garak og’izlilar sinfiga 45 taga yaqin tur kiradi va ular 2 ta kenja sinfga bo`linadi: minogalar – Petromyzones va miksinalar – Myxini.


Minogalar kenja sinfiga bitta minogasimonlar (Petromyzoniformes) turkumi va bitta minogalar (Petromyzonidae) oilasi kiradi. Bu oilaning 7 ta avlodi va 24 ta turi ma`lum.
Minogalarda miksinalarga nisbatan parazitlik qilib hayot kechirish ancha kuchsiz rivojlangan, ya`ni ular chala parazitlar hisoblanadi. Minogalar baliqlarga yopishib ularning qonini so`radi va go`shti bilan oziqlanadi. Ayrim turlari ba`zan baliq ikralarini ham yeb qo`yadi, oshqozonidan suv o`tlari ham topilgan. Minogalarning halqumi 2 ta nayga bo`lingan, yuqorigisi qizilo`ngach vazifasini, pastkisi esa nafas nayi vazifasini bajarib, ichki jabra teshiklariga ochiladi. Jabra teshiklari 7 juft. Minogalar qo`sh qavat orqa suzgich qanotini, birmuncha yaxshi takomil etgan ko`zlari bilan eshituv organlarini, og’iz oldi va jabra apparatining yaxshi rivojlangan skeletini va to`g’ridan-to`g’ri tashqariga ochiladigan jabra teshiklarini saqlab qolgan.
Minogalar miksinalardan farq qilib ularning rivojlanishi metamorfozli, ya`ni o`zgarish bilan boradi. Tuxumdan chiqqan lichinkasi – qumteshar deyiladi. Lichinkalari voyaga yetganlaridan farq qiladi. Minoga lichinkalarining og’zi voronkasimon bo`lmay, balki tirqishli yorig’i bor. Halqumi qizilo`ngach va nafas olish naylariga ajralmagan. Ularning hayot kechirishi lantsetniklarnikiga o`xshash, daryoda yashab ko`p vaqtini suv ostida qumga ko`milib hayot kechiradi (29-rasm). Qumteshar voyaga yetgan minogaga aylanguncha, odatda 4-5 yil kerak bo`ladi. Ular yer shari suvliklarida keng tarqalgan. Ko`pchilik turlari dengizlarda yashaydi. Minogalar ichida daryolarda yashaydigan turlari va oraliq turlari, ya`ni dengizlarda yashab, urchish uchun daryolarga o`tadigan turlari ham bor.
M

29-rasm. Minogalarda jabra joylashgan joyining yoshiga qarab o`zgarishi: I-qumteshar (minoganing lichinkasi), II-voyaga yetgan minoga: 1-halqumdagi jabra teshiklari;
2-qizilo`ngach; 3-nafas nayi; 4-nafas nayini qizilo`ngachdan ajratib turadigan to`siq.
DHda minogalarning 8 ta turi uchraydi
. Daryo minogasi boltiq dengizi va Shimoliy dengiz havzalarida yashaydi. Ular Yevropa dengizlarida, Osiyo va Amerikaning shimoliy dengizlarida ko`p uchraydi, asosan daryolarda ko`payadi.
Neva minogasi urchish, ya`ni ikra tashlash uchun dengizdan daryoga o`tadi. Neva minogasi Fin ko`rfazidan yiliga 2 marta, bahorda va kuzda Neva daryosiga o`tadi. Ular yozda ikra tashlaydi. Kuzda daryoga kirgan Neva minogalari bu yerda qishlab qoladi. Urg’ochi minogalar bir yo`la 10 minglab ikra tashlaydi. Ikra tashlagandan keyin barcha erkak va urg’ochi minogalar halok bo`ladi, ya`ni bu minogalar hayoti davomida bir marta tuxum qo`yadi.
Daryo mnogasining (Lampetra fluviatilis) uzunligi 40 sm. Ikra tashlash paytida daryo minogalari oziqlanmaydi va natijada ichagi qisqara boshlaydi.
Soy minogasi (Lampetra planeri)ning uzunligi 16-30 sm atrofida bo`ladi. Ular, asosan Yevropa daryolarida yashaydi, dengizlarda uchramaydi, may oyida ikra tashlab, so`ngra halok bo`ladi. Ularning ov ahamiyati yo`q. Minogalar orasida eng yirigi dengiz minogasi (Petremyzon marinus) bo`lib tanasining uzunligi 90-100 sm ga, og’irligi esa 3 kg ga yetadi. Degiz minogasi Atlantika okeanining shimoliy qismida keng tarqalgan. Bu tur shimoliy Amerika daryo va ko`llariga ham o`tib, ko`l populyatsiyasini hosil qiladi. Ular shimoliy Yevropa qirg’oqlarida, ba`zan Boltiq dengizida ham uchraydi. Dengizlarda yashasada, lekin ikra tashlash uchun daryolarga o`tadi. Bu minogalar 240 mingtagacha tuxum tashlaydi. Ular dengizlarning 500 metrlik chuqurliklarida yashaydi. Ko`proq baliqlar bilan va ba`zan esa suv osti umurtqasizlari bilan oziqlanadi. Ikrasini balchiqni kavlab chuqurcha ichiga qo`yadi. Dengiz minogalari, asosan bahorda daryolarga kelib ikra tashlaydi va so`ngra yana dengizga qaytadi. Ov qilish ahamiyati katta emas. Dengiz minogalarning qorin pardasi va ikralari zaharli. Shuning uchun ham ularning go`shtini ist`emol qilish oldidan, albatta qorin pardasi olib tashlanadi.
Tipik oraliq turlariga Kaspiy minogasi (Caspiomyzon wagneri) kiradi. Kaspiy minogasi, asosan Kaspiy dengizi va unga qo`shiladigan daryolarda yashaydi. Kaspiy minogasi ikra tashlash uchun Volga, Ural, Kuru, Terek daryolariga kiradi. Ularda ikra tashlash sentyabrdan to dekabrgacha davom etadi. Kaspiy minogasining uzunligi 40-50 sm, og’irligi 200 g keladi. Ular ham ikra tashlash davrida oziqlanmaydi va ikra tashlagandan keyin halok bo`ladi. Kaspiy minogasi ko`p miqdorda ikra tashlash davrida ov qilinadi, ikrasi zaharli hisoblanadi. Umuman, minogalar yer yuzidagi o`rtacha kenglikdagi daryo va dengizlarda, janubda esa Kaliforniya, Marokko, O`rta yer dengizi va Yaponiya dengizi suvlarida keng tarqalgan MDHda Kaspiy dengizida, Volga, Ural, Kura, Terek va Neva daryolarida uchraydi.
Dengiz minogalari mart-aprel oylarida Volga daryosiga o`tadi. Boltiq dengizidan esa ular may oyining oxirlarida tuxum qo`yish uchun daryolarga o`tadi. Odatda, erkak minogalar urg’ochilarining tuxum qo`yishi uchun joy tayyorlaydi. Uya tayyor bo`lgach urg’ochilari og’iz voronkasi bilan uya ostidagi birorta substratga yopishib tuxum qo`yadi. Ba`zan minogalar bir joyga to`dalashib, bir uyaga 40000 dan ortiq tuxum qo`yadi. Tuxum qo`yib bo`lgach ular odatda halok bo`ladi. Tuxumdan qumteshar degan lichinka chiqadi. Ozuqa yetishmaganda minoga lichinkalari o`z joyini bir necha marta o`zgartiradi. Yosh minogalar daryoda 6 yil yashaydi so`ngra dengizga qaytadi. Daryodan dengizga o`tish davrida oziqlanmagan och minogalar seld, losos, treska kabi baliqlarning biqiniga yopishib, tangachalarini teshadi va bu baliqlarning qonini so`radi. Ozuqasi ko`p bo`lsa minogalar tez o`sib, bir yilda ularning uzunligi 0,5 m gacha va og’irligi 200 g gacha yetadi.
MDHda minogalar, asosan Boltiq dengizidan va unga quyiladigan daryolaridan ovlanadi. Volga daryosida esa minogalar tuxum qo`yishga chiqayotganida ovlanadi. Minogalar orasida, ayniqsa, dengiz minogasi Shimoliy Amerika daryo va ko`llarida baliqchilikka katta ziyon yetkazadi. Soy va daryolarda uchraydigan mayda minogalar parazitlik qilmaydi. O`rta Osiyoda minogalar uchramaydi.

Download 30,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish