Nafas olish sistemasi. Boshqa barcha umurtqali hayvonlarnikiga qarama-qarshi o`laroq to`garak og’izlilarning jabra xaltalari jabra yoriqlarida taraqqiy etib, endodermadan kelib chiqqan (26-rasm).
J
26-rasm. Minoganing jabra apparati: 1-tashqi jabra teshiklari, 2-nafas nayi, 3-jabra xaltasi, 4-jabra oldi sinusi, 5-jabralararo to`sig`i, 6-ichki jabra teshigi.
abra xaltalarining ichki yuzasida shilimshiq parda qatlami bo`lib, ularda juda ko`p mayda qon tomirlari bor. Minogalarning har bir jabra xaltasi (ular 7 juft) mustaqil tashqi teshik bilan tashqariga ochiladi. Jabra xaltasining ichki teshigi nafas nayi bilan tutashgan. Jabra xaltasining orasida keng bo`shliqlar – jabra oldi sinuslari bo`lib, bu sinuslarning har qaysisini biriktiruvchi to`qimadan tuzilgan jabralararo to`siqlar ikki kameraga ajratib turadi.
Minogalarning nafas olish akti ikki xil: erkin suzib yurgan minogalarda suv og’iz bo`shlig’idan nafas nayiga, so`ngra jabra xaltachasiga, keyin uning tashqi teshigi bilan tashqariga chiqaradi. Minogalar ovqatlanish uchun o`ljasiga yopishganida og’iz orqali suv kira olmaydi, natijada suv jabra xaltachasining tashqi teshigi orqali kirib yana shu teshik orqali tashqariga chiqib ketadi. Har ikkala holda ham suvda erigan kislorod kapillyarlardagi qonning pigmentlari bilan qo`shiladi va venoz qondagi karbonat angidrid gazi suvga o`tib, u orqali tashqariga chiqariladi.
Qon aylanish sistemasi. To`garak og’izlilarning ham barcha umurtqalilarniki singari yuragi bor. Yurak muskullari ko`ndalang targ’il, qon tomirlari muskullari esa silliq muskullardir. Yurak ikki kamerali bo`lib, bitta bo`lma va bitta qorinchadan iborat. Karbonat angidrid bilan to`yingan qon venalar orqali organlardan yurak bo`lmasiga, undan yurak qorinchasiga quyiladi. Yurak qorinchasidan qorin aortasi boshlanadi. Aortaning oldingi boshlang’ich qismi kengaygan bo`lib, aorta piyozchasi deyiladi. Qorin aortasidan boshlanadigan bir necha juft arteriyalar orqali qon jabralarga keladi. Jabralarda sodir bo`ladigan gazlar almashinuvi natijasida qondagi karbonat angidrid suvga chiqib ketadi, kislorod esa suvdan qonga o`tib, venoz qon arterial qonga aylanadi. Kislorod bilan to`yingan qon jabralardan boshlanadigan arteriyalar orqali orqa aortaga o`tadi. Aortadan boshlanadigan maydaroq arteriyalar esa qonni tananing barcha qismlariga olib boradi. To`qimalarda sodir bo`ladigan gaz almashinuvi tufayli kislorod hujayralarga, karbonad angidrid gazi esa qonga o`tadi, ya`ni arteriya qoni vena qoniga aylanadi. Karbonat angdridga to`yingan qon yana yurakka qaytib keladi (27-rasm).
Shunday qilib, to`garak og’izlilarning qon aylanish sistemasi lantsetniklarga o`xshash bitta doiradan iborat. Qonning shakliy elementlari eritrotsitlar, leykotsitlar va trombotsitlar jigar, halqum, ichak, buyrak va boshqa organlarning to`qimalarida hosil bo`ladi. To`garak og’izlilarda taloq bo`lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |