Oyoqlar skeleti va ularning kamarlari. Quruqlikda yashovchi to`rtoyoqli umurtqali hayvonlarda yelka kamari, asosan kurak, korakoid va o`mrov suyaklaridan tashkil topgan. Sutemizuvchilarning yelka kamari nisbatan oddiy tuzilgan, ya`ni ularda yelka kamarining ayrim suyaklari rivojlanmagan. Ularning yelka kamari kurak va ingichka o`mrov suyaklardan tashkil topgan (202-rasm). Tulkilarda faqat kurak suyagi bo`lib, o`mrov suyagi bo`lmaydi.
Kurak suyagi sutemizuvchilar uchun xarakterli uchburchak plastinka shaklida bo`lib, uzunasiga ketgan baland toj va tojning uchida akromial o`simtasi bo`ladi.
K
204-rasm. Tulkining orqa oyoq skeleti: 1 - son suyagi,
2 - tizza kosasi, 3 - katta boldir suyagi, 4 - kichik boldir suyagi, 5 - tovon bo`limi suyaklari,
6 - oyoq kafti bo`limi suyaklari, 7 - barmoq falangalari,
8 - to`piq suyagi, 9 - tovon suyagi.
203-rasm. Tulkining chanoq kamari (pastki tomondan ko`rinishi): 1-nomsiz suyakning yonbosh bo`limi, 2-nomsiz suyakning quymich bo`limi,
3-nomsiz suyakning qov bo`limi,
4-quymich kosasi.
urakning distal (pastki) uchida yelka suyagi uchun bo`g’in yuzasi bor. O`mrovning bir uchi tog’ay yordamida kurakka (akromial o`simtasiga) va ikkinchi uchi to`sh dastasiga birikadi. Korakoid suyagi sutemizuvchilarning ko`pchiligida embrion rivojlanishdagina bo`lib, keyinchalik kurakka korakoid o`simta shaklida qo`shilib ketadi. O`mrov suyagi ko`plab yirtqichlarda hamda tuyoqlilar, xartumlilar va kitsimonlarda bo`lmaydi. Ko`pchilik xaltalilar, hasharotxo`rlar, qo`lqanotlilar, primatlar, kemiruvchilar va tovushqonsimonlarda esa o`mrov suyaklari yaxshi rivojlangan. Dastlabki sutemizuvchilarda (kloakalilar) korakoid suyagi ham rivojlangan bo`ladi. Umuman olganda, oldingi oyoqlari bir yo`nalishda, ya`ni gavdasining o`qiga parallel yo`nalishda harakat qiluvchi darrandalarda (tuyoqlilarda) o`mrov suyagi bo`lmaydi.
Oldingi oyoqlar skeleti yelka, bilak va oyoq kafti bo`limlaridan iborat. Yelka bo`limdagi yelka suyagi uning proksimal (yuqori) uchida kurakning bo`g’in yuzasi bilan qo`shiladigan yumaloq boshchasi bor. U distal (pastki) uchidagi bloksimon o`simta orqali bilak bo`limi bilan qo`shiladi. Bilak bo`limi tirsak va bilak suyaklaridan tashkil topgan. Oyoq kafti uchta kenja bo`lim: bilaguzuk, kaft va barmoq falangalaridan vujudga kelgan.
Chanoq kamari juft nomsiz suyakdan iborat. Nomsiz suyak embrion rivojlanishi davrida uchta tipik elementlarning - yonbosh, quymich va qov suyak-larining qo`shilishidan hosil bo`ladi (203-rasm).
Bu suyaklarning birikkan joyida son suyagining chanoqqa qo`shilishi uchun quymich kosa bor. Sutemizuvchilarning chanog’i berk bo`ladi, chunki quymich suyagi bilan qov suyaklari o`zaro o`rta chiziq bo`ylab qo`shilib ketadi. Keyingi oyoq ham oldingi oyoq singari uchta: son, boldir va oyoq kafti bo`limlaridan tashkil topgan. Birinchi asosiy bo`lim - son bitta son suyakdan, ikkinchi bo`lim boldir esa ikkita: katta boldir va kichik boldir suyaklardan iborat.
Uchinchi bo`lim - oyoq kafti uchta kenja bo`lim: tovon, kaft va barmoq falangalaridan iborat (204-rasm).
Tuzilishi jihatidan orqa oyoq oldingi oyoqdan bir oz farq qiladi. Orqa oyoq tovon suyaklarining proksimal bo`limida sutemizuvchilar uchun xarakterli birmuncha katta bo`lgan ikkita suyak bor. Bulardan ichkaridagisi to`piq suyagi, tashqaridagisi esa tovon suyagi deb ataladi. Bu suyakning orqa qismida sutemizuvchilar uchun xarakterli bo`lgan payning birikishi uchun tovon bo`rtmasi mavjud. Nihoyat, sutemizuvchilarning tizza bo`g’imida serpay yumaloq suyakcha - tizza kosasi joylashgan.
Turli tarzda harakat qilishga (yugurish, sakrash, suzish, uchish) moslashganligi munosatbati bilan sutemizuvchilar ayrim guruhlarining oyoq skeleti nihoyatda ixtisoslashgan bo`ladi (205-rasm), ya`ni oyog’ining ba`zi bo`laklari o`zgarishi, suyaklarning tuzilishi va qalinligi, barmoqlarning soni qisqarishi va tuzilishi o`zgarishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |