B
V
G
D
205-rasm. Har xil sutemizuvchilarning oyoq skeleti: A-mevaxo`r ko`rshapalakning
qanoti, B—krotning oldingi oyog’i, V—kenguruning keyingi oyog’i, G—otning oyog’i,
D-orangutanning qo`li, E—delfinning eshkagi.
Ko`rshapalaklarning 2-5-barmoq falangalari nihoyat darajada uzun, bu barmoqlar orasi parda bilan tortilib, qanot hosil qiladi. Krotlarning oldingi oyoqlari haqiqiy yerni kavlovchi organga aylangan.
Maymunlarning panja va tovonlari ushlashga, kenguru va qo`shoyoqlarning keyingi oyoqlari sakrashga, tuyoqlilarning oyog’i tez yugurishga, kitlarning kurak oyoqlari suzishga moslashgan. Oyoqlarning uzayishi hayvonning tez harakatini ta`minlaydi, bu esa, kaft va tovon bo`limlarining uzayishi bilan amalga oshadi. Tovonda yurishdan barmoqda yurishga o`tish, tuyoqlilarda esa falangada yurishga o`tish harakatni (yugurishni) tezlashtrishga olib keladi. Hasharotxo`rlar, yenotlar tovonda yursa it barmoqlarida yuradi (206-rasm).
206-rasm. Sutemizuvchilarning keyingi oyoq skeleti (barmoq va tovon elementlari qora qilib ko`rsatilgan): I-pavian maymuni-tovonda yuradi, II-it-barmoqda yuradi, III-lama-barmoq uchida (falanga) yuradi.
Ovqat hazm qilish organlari. Sutemizuvchilarning hazm yo`li bir teshiklilarni hisobga olmaganda mustaqil holda orqa chiqaruv teshigi bilan tashqariga ochiladi. Hazm yo`liga: og’iz bo`shlig’i, halqum, qizilo`ngach, oshqozon, ingichka ichak, yo`g’on ichak va to`g’ri ichak kiradi. Ko`pchilik sutemizuvchilarning og’iz bo`shlig’i-og’iz oldi bo`shlig’i va chin og’iz bo`shlig’iga bo`linadi. Cutemizuvchilarga xos bo`lgan go`shtdor lab va lunj borligi uchun ular bilan tishlar orasida torgina og’iz oldi bo`shlig’i bo`ladi. Bu bo`shliq haqiqiy lablari bo`lmagan sutemizuvchilarda, ya`ni birteshiklilar va kitsimonlarda bo`lmaydi. Sutemizuvchilarning yumshoq labi oziqni olish vazifasini bajaradi.
Ko`plab kemiruvchilarda va maymunlarda og’iz oldi bo`shlig’i kengayib katta ovqat saqlovchi lunj xaltasini hosil qiladi. Bu xaltachalar bo`yin terisi ostida joylashadi. Masalan: olaxurjunli sichqonlarda bu xaltachalari qushlarning jig’ildoniga o`xshash bo`lib, vaqtincha ovqat saqlash joyi hisoblanadi. Hatto olasichqon va olaxurjinlar lunj xaltachasida ozuqani uyasiga keltiradi. Og’iz bo`shlig’ida oziq mexanik maydalanadi va kimyoviy ta`sirga uchraydi.
Sutemizuvchilarda suvda hamda quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilarga xos bo`lgan talaygina mayda-mayda shilimshiq bezlardan tashqari yana to`rt juft so`lak bezlari: til osti, keyingi til, jag’osti va quloqoldi so`lak bezlari bo`ladi. Bularning oldingi uchtasi sudralib yuruvchilarning til osti bezlariga gomolog hisoblanadi, to`rtinchisi esa faqat sutemizuvchilarga xos bo`lgan yangi bez. So`lak bezining sekreti ptialin degan ferment ajratadi va uning vazifasi ovqatni kimyoviy parchalashdan iborat. Ko`rshapalaklar ishlab chiqaradigan sekret qanotlariga surkalib, ularni qurib qolishdan saqlaydi va elastikligini ta`minlaydi, vampirlar so`lagi koagullanishga qarshi, ya`ni qonni ivishdan saqlovchi xususiyatga ega. Yer ostida yashovchi ayrim sutemizuvchilarda (yerqazarlar) so`lak bezi zaharli va bu zahar sichqonga yuborilganda 1 minutdan keyin nobud bo`ladi.
P
207-rasm. Ba`zi sutemizuv-chilarning tish qatori (yuqoridan pastga): 1-hasha-rotxo`rlar (yerqazar), 2-yirtqich-lar (tulki), 3-toqtuyoqlilar (ot),
4-tovushqonsimonlar (quyon).
utsekning fikricha, sodda tuzilgan sutemizuvchilar so`lak bezlari suyuq-ligining zaharli bo`lishi, ularning reptiliyalar bilan filogenetik bog’liqligidir. Kitsimonlarda so`lak bezlari rivojlanmagan. Kavsh qaytaruvchilarda, aksincha so`lak bezlari nihoyatda yaxshi rivojlangan. Masalan, sigirlarda kuniga dag’al ozuqani ho`llab, ozuqa massasidagi kletchatkani parchalovchi 56 l so`lak ishlab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |