198-rasm. Quyonning skeleti: 1-bo`yin umurtqalari, 2- ko`krak umurtqalari, 3-bel umurtqalari, 4-dumg’aza umurtqalari, 5-dum umurtqalari, 6-qovurg’alar, 7-to`sh suyagi dastasi,
8-kurak suyagi, 9-kurakning akromial o`simtasi, 10-kurakning korakoid o`simtasi, 11-nomsiz suyakning yonbosh bo`limi, 12- nomsiz suyakning quymich bo`limi, 13- nomsiz suyakning qov bo`limi, 14-berkituvchi teshik, 15-yelka suyagi, 16- tirsak suyagi, 17- bilak suyagi, 18-bilaguzuk suyaklari, 19-kaft suyaklari, 20-son suyagi, 21-tizza qopqog’i, 22-katta boldir suyagi, 23-kichik boldir suyagi, 24-tovon suyagi, 25-to`piq suyagi, 26-oyoq kaft suyaklari.
Hidlov bo`limida, old ponasimon suyakning oldida bitta panjara suyak bor. Bu suyak vertikal plastinka shaklida bo`lib, uning ikki yonidan hidlov chig’anoqlari chiqadi. Ustki jag’ suyaklari hosil qilgan tashqi devordan hidlov bo`shliqlariga pastki yoki jag’ chig’anoqlari kirib turadi.
Qoplag’ich suyaklardan tepa, manglay va burun suyaklari miya qutisi qopqog’ini hosil qiladi. Bundan tashqari, tepa suyaklar oralig’ida sutemizuvchilarga xos bo`lgan toq tepa aro suyak joylashagan. Miya qutisining yon tomonlari esa juft tangacha suyaklardan hosil bo`lgan.
B
V
199-rasm. Tulkining bosh skeleti: A- yon tomondan ko`rinishi, B-ostki tomondan ko`rinishi,
V-saggital kesimi: 1-ensa suyagi, 2-katta ensa teshigi, 3-ensa bo`rtmasi, 4-tepa oraliq suyagi, 5-tepa suyagi, 6-manglay suyagi, 7-manglay suyagining ko`z usti o`simtasi, 8-burun suyagi, 9-chakka suyagi, 10-chakka suyagining yonoq o`simtasi, 11-yonoq suyagi, 12-asosiy ponasimon suyak,
13-oldingi ponasimon suyak, 14-qanot-ponasimon suyak, 15-qanotsimon suyak, 16-dimog’ suyagi, 17-jag’oldi suyagi, 18-jag’oldi suyagining tanglay o`simtasi, 19-ustki jag’ suyagi, 20-ustki jag’ suyagining tanglay o`simtasi, 21-tanglay suyagi, 22-qanotsimon suyak burun chig’anog’i bilan,
23-ko`z yosh suyagi, 24-nog’ora suyak, 25-tashqi quloq teshigi, 26-tish suyagi, 27-tish suyagining toj o`simtasi, 28-pastki jag’ining birikish joyi, 29-kurak tishlari, 30-qoziq tishlari, 31-kichik oziq tishlari, 32-katta oziq tishlari.
Yonoq o`simtalari tagida pastki jag’ birikadigan yuza bor. Yonoq o`simtalari uzun yonoq suyagining orqa qismiga old tomondan esa ustki jag’ suyagining yonoq o`simtasiga birikadi. Bu suyaklardan hosil bo`lgan yonoq yoyi ko`z kosasini tashqi tomondan o`rab turadi.
Diapsid tipidagi bosh skeletida yonoq suyagi pastki chakka yoyining, tangacha suyak esa yuqori chakka yoylarining elementidir. Shunday qilib, sutemizuvchilarda aralash chakka yoy bo`lib, bunday tipda tuzilgan bosh skeleti sinapsid tipiga mansub. Tangacha suyakning ostida qoplag’ich nog’ora suyak ham bor. Bu suyak sutemizuvchilar uchungina xos bo`lib, u tashqi eshituv yo`lining suyak g’ilofi bilan o`rta quloqning tashqi devorini hosil qiladi.
O`rta quloq bo`shlig’ida 3 ta eshituv suyakchalari: uzangi, sandon va bolg’acha mavjud (200-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |