Личинка хордалилар (Urochordata) ¸ки šобиšлилар (Tunicata) кенжа типи



Download 30,53 Mb.
bet16/364
Sana12.07.2022
Hajmi30,53 Mb.
#781312
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   364
Bog'liq
Зоология дадаев

Muskul sistemasi. Lantsetnik muskullari tasmaga o`xshab tanasining ikki yoni bo`ylab joylashgan. Muskul tasmalari biriktiruvchi to`qimadan iborat yupqa to`siqlar – mioseptalar yordamida qator bo`lib joylashgan miomerlar (segmentlar)ga ajralgan. Muskullar qorin tomonida va suzgich burmalari asosida ham bo`ladi. Lantsetnik ana shunday muskullari yordamida tanasini to`lqinsimon harakatlantirib yonboshida suzadi, tanasini egib turli harakatlar qiladi yoki qumga ko`milib oladi. Hayvon bezovta qilinganida qumdan chiqib biroz suzib yuradi va darrov qumga yana ko`milib oladi.
Skeleti. Lantsetniklarning skeleti, asosan xordadan iborat. Uning ikkala uchi ham ingichkalashgan bo`lib, lantsetnik gavdasining bosh qismidan eng oxirgi uchigacha boradi. Xorda bosh qismida nerv nayidan ham uzunroq, shuning uchun ham bu sinf xordaboshlilar (Cephalochordata) deb ataladi. Xordani qalin biriktiruvchi to`qimali qavat – miosepta o`rab olgan, uning bir qancha o`simtalari mioseptalar va teri ostidagi biriktiruvchi to`qimali qavat bilan bog’langan. Ayniqsa, jabra apparatining skeleti murakkab, u hujayrasiz tolali gorizontal va vertikal to`sinlardan iborat bo`lib, nozik panjaraga o`xshaydi. Zich, dirildoq to`qimadan tashkil topgan ustunchalar suzgich qanotlarda tayanch vazifasini bajaradi. O`simta qamragichlarni va og’iz oldi voronkasini ham shunday ustunchalar tutib turadi, ammo ular uzun va ingichkaroq bo`ladi.
N



7-rasm.Endostil (ko`ndalang kesimi):
1 - kiprikli hujayralar; 2 - bezli hujayralar; 3 - jabra apparati skeleti; 4 - selom.
erv sistemasi.
Markaziy nerv sistemasi tananing orqa tomonida xorda ustida joylashgan uzun naydan iborat. Nerv nayining oldingi tomoni biroz kengaygan, uning ichki qismi bo`ylab tor tirqish o`tadi. Naydan juda ko`p nervlar chiqadi. Ulardan ikki jufti tananing oldingi qismiga ketganidan bosh nervlar deb ataladi. Sezgi organlari juda sodda tuzilgan. Haqiqiy ko`zlari bo`lmaydi. Nerv nayi bo`ylab tarqoq joylashgan juda ko`p qora pigmentlar – Gesse ko`zchalari orqali hayvon yorug’likni sezadi, lekin narsalarni farqlay olmaydi. Shaffof teri orqali yorug’lik pigment «ko`zchalar»ga oson yetib keladi. Lantsetniklar yorug’likni yoqtirmaydi. Tanasining oldingi qismida hid bilish chuqurchasi joylashgan. Og’iz atrofidagi paypaslagichlari tuyg’u funktsiyasini bajaradi. Bundan tashqari tanasining butun yuzasi bo`ylab tuyg’u funktsiyasiga ega bo`lgan hujayralar joylashgan.

Download 30,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish