Cr3+ kationini ochish: Cr3+ ni aniqlash uchun eritmaning bir qismiga H2O2 va NaOH qo’shiladi. Natijada ionigacha oksidlanadi. Eritmaning sariq rangga kirishi xrom ionlari borligidan, boshqa holatlar yo’qligidan dalolat beradi.
Cu2+ kationini ochish: Eritmaning bir qismiga ammiakning konsentrlangan eritmasidan qo’shilganda to’q ko’k rangi [Cu(NH3)4]2+ kompleks birikmasi hosil bo’lishi Cu2+ ionlari borligini bildiradi.
Agar eritmaning rangi to’liq o’ziga xos bo’lmasa, analiz qilinuvchi eritmaning bir qismiga 2 M NaOH eritmasidan qo’shiladi. Cho’kma tushadi. Aralashma suv hammomida bir necha daqiqa qizdiriladi.
Agar mis bo’lsa CuO hosil bo’lish hisobiga qora rangli cho’kma hosil bo’ladi. Aralashma 2M NH4Cl bilan ishlanadi, aralashtirilib sentrafuga qilinadi. Cho’kma eritmadan ajratilib, cho’kma 2M HNO3 kislotaning bir nechta tomchisi bilan eritiladi. Bunda CuO eriydi va Cu2+ holatida eritmaga o’tadi. Hosil bo’lgan eritmaga 25% NH3 qo’shilganda ko’k rangga o’tsa Cu2+ borligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |