Laboratoriya ishi №1 Analitik kimyo laboratoriyasida ishlash texnika xavfsizlik koidalari


Eng ko‘p ishlatiladigan bufer aralashmalar kuyidagilardir



Download 1,09 Mb.
bet76/149
Sana31.12.2021
Hajmi1,09 Mb.
#273443
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   149
Bog'liq
2 5310108328515341719

Eng ko‘p ishlatiladigan bufer aralashmalar kuyidagilardir:


Aralashmaning nomi

Tarkibi

rN

1.Formatli

CHumoli kislota NSOON bilan natriy formiat NSOONa aralashmasi

3,8

2.Benzoatli.

Benzol kislota S6N5SOON bilan natriy benzoat S6N5OONa aralashmasi

4,2

3.Atsetatli

Sirka kislota SN3SOON bilan natriy atsetat SN3SOO Na aralashmasi

4,8

4.Ammoniyli

Ammiak NH4ON bilan ammoniy xlorid NH4Cl aralashmasi.

9,2

5.Fosfatli.

Natriy digidrofosfat NaH2RO4 bilan natriy gidrofosfat Na2NRO4 aralashmasi

6,6


Bazi indikatorlarning xossalari


Indikator


Ranguzgarish

oraligi

Indikator rangi

Kislota shakli

Asos shakli

Metil zargaldok

3,1-4,4

kizil

sarik

Metil kizili

4,2-6,2

kizil

sarik

Lakmus

5,0-8,0

kizil

kuk

p-nitrofenol

5,6-7,4

rangsiz

sarik

Neytral kizili

6,8-8,0

kizil

sarik

Fenolftalein

8,2-9,8

rangsiz

malina ranggi

Timolftalein

9,3-10,5

rangsiz

kuk




Ionlarning bulish extimolligi

Ion rangi

Si2+

xavo rang

Fe3+

Sarik

Co2+

Kirmizi

Ni2+

och –yashil

Cr3+

binafsha-yashil

Laboratoriya ishi №11
ANIONLAR KLASSIFIKATSIYASI.
Anionlarni guruhlarga bo’lish reaktivlarning turli hil ta’siriga asoslangan. Reaktivlar sifatida bariy, stronsiy, magniy kalsiy, kumush qo’rg’oshin va boshqa metallarning tuzlarini eritmalari, kislotalar, oksidlovchi va qaytaruvchilar ishlatiladi. Bu reaktivlar anionlar bilan gaz moddalar, cho’kmalar va o’ziga hos rangli birikmalar hosil qiladi.

Bu uslubiy qo’llanmada biz anionlarning bariyli va kumushli tuzlarini eruvchanligiga asoslangan holda, anionlarni quyidagi uchta analitik guruhga ajratamiz.



I – guruh anionlari SO42-, SO32, S2O32-, CO32-, PO43, SiO32-. Bu guruh aniolari bariy kationi bilan neytral yoki kuchsiz ishqoriy sharoitda suvda erimaydigan, lekin suyultirilgan mineral kislotalarda eriydigan ( BaSO4 dan tashqari ) tuzlar hosil qiladi.

II – guruh anionlari Cl-, Br-, J-, S2-. Bu guruh aniolari kumush nitrat eritmasi bilan nitrat kislota ishtirokida suvda va suyultirilgan nitrat kislotada erimaydigan tuzlar hosil qiladi.

III- guruh anionlari NO3-, CH3COO-, NO2-. Bariyli va kumushli tuzlari suvda eriydi.
Anionlarning analitik guruhlarga bo’linishi

Jadval №


Guruh

Anionlar


Guruh reagenti

Guruh xarakteristikasi

I

SO42-, SO32, S2O32-, CO32-, PO43, SiO32-

BaCl2 neytral yoki kuchsiz ishqoriy muhitda

Bariyli tuzlari suvda erimaydi

II

Cl-, Br-, J-, S2-

AgNO3 2 n nitrat kislota eritmasi ishtirokida

Kumushli tuzlari suvda va suyultirilgan nitrat kislotada erimaydi

III

NO3-, CH3COO-, NO2-

Umumiy reagent yo’q

Bariyli va kumushli tuzlari suvda eriydi


I – ANALITIK GURUH ANIONLARI

SO42-, SO32, S2O32-, CO32-, PO43, SiO32-

I – guruh anionlarining umumiy xarakteristikasi

I guruh anionlarining umumiy guruh reagenti — bariy xlorid BaC12 I guruh anionlarini faqat neytral yoki kuchsiz ishqoriy muhitda cho’ktiradi. Ba2+ kationi bilan birinchi guruh anionlari suvda kam eriydigan, lekin suyultirilgan mineral kiclotalarda oson eriydigan (ba­riy sulfat BaSO4 dan tashqari) tuzlar hosil qiladi.

I guruh anionlarini ochish muhim amaliy ahamiyatga ega, ularning birikmalari qishloq xo`jaligida keng miqyosda qo`llaniladi. K2SO4 (NH4)2SO4 mineral o`g`itlar tarkibiga kiradi, mis kuporosi CuSO4.5H2O va temir kuporosi FeSO4.7H2O qishloq xo`jaligida o`simliklar za-rarkunandalariga qarshi kurashda ishlatiladi.

Tuproqda CaCO3, MgCO3 lar boshqa karbonatlarga nisbatan ko`proq bo`ladi, ishqoriy metallarning karbonatlari juda oz miqdorda bo`ladi. Kalsiy karbonat, dolomit (CaCO3.MgCO3) kislotali tuproqlarni neytrallash uchun ishlataladi.

Tuproqda shuningdek, fosfatlar bo`lib, bir qismi o`simliklar o`zlashtira oladigan holatda bo`ladi. Fosfor o`simliklar oziqlanishi uchun zarur elementlardan hisoblangani uchun, uning tuproqdagi etishmasligi fosforli o`g`itlarni tuproqqa solish bilan to`ldiriladi. Bu o`g`itlarning ko`pchiligi fosfat kiclotaning tuzlari hisoblanadi. Chunonchi, fosforit va apatit tarkibiga kaltsiy fosfat Ca3(PO4)2 kiradi, mineral o`g`itlardan pretsipitat — CaHPO4 dan, superfosfat - Ca(H2PO4)2 dan iborat. Hayvonlarda fosfatlarning ko`proq miqdori suyaklar tarkibida bo`ladi. Kremniy birikmalari ba`zi bir o`simliklarda, masalan, donli o`simliklar tanasida to`planadi. Tuproqtsa silikatlarning etishmasligidan makkajo`xori, arpa, lavlagi, kabi o`simliklarni o`sishi sekinlashadi.

Sulfat anioni SO42- ning xususiy reaksiyalari

Tajribalarni bajarishda sulfat kiclotaning suvda yaxshi eriydigan tuzlarini rangsiz eritmalaridan foydalanish mumkin.



  1. Bariy xlorid BaC12 SO42- anionlari bilan ta`sirlashib, BaSO4 ning oq kristallik cho`kmasini hosil qiladi

Na2SO4+BaCl2 = BaSO4↓+2NaCl

SO42-+Ba2+ = BaSO4

Probirkaga natriy sulfat eritmasidan 4-5 tomchi solib, ustiga HCl ning 6N eritmasidan 2-3 tomchi va BaC12 eritmasidan 1-2 tomchi qo`shiladi. Bir daqiqada BaSO4 ning oq kristallik cho`kmasi hosil bo`ladi, bu cho`kma xlorid kiclotada erimaydi.

Reaksiyani o`tkazish sharoiti:



  • eritmaning pH qiymati 7 dan kichik bo`lishi erak;

  • kislotali muhitda kuchli oksidlovchilar ta`sirida SO42- gacha oksidlanuvchi S2-ionlarini bo`lishi reaksiyaga xalaqit beradi;

  • neytral muhitda bariy kationlari bilan cho`kma hosil bo`lishida anionlar amalda SO42- anionini ochishga xalaqit bermaydi.

2. Qo`rg`oshin atsetat Pb(CH3COO)2 va boshqa Pb2+ tuzlari SO42- anionlari bilan PbSO4 ning oq kristallik cho`kmasini hosil qiladi:

Na2SO4 + Pb(CH3COO)2 = PbSO4 ↓+ 2CH3COONa

SO42- + Pb2+ = PbSO4

Probirkadagi natriy sulfatning 4-5 tomchi eritmasiga, 1-2 tomchi HCl eritmasidan qo`shiladi. So`ng 3-4 tomchi qo`rg`oshin (II)-atsetat eritmasidan qo`shilsa, suyultirilgan kislotalarda erimaydigan, lekin o`yuvchi ishqorlarda eruvchi oq kristallik cho`kma hosil bo`ladi.



3. Kumush nitrat AgNO3 konsentrlangan eritmadagi SO42-anionlari bilan Ag2SO4 ning oq cho`kmasini hosil qiladi:

Na2SO4 + 2AgNO3 = Ag2SO4↓+ 2NaNO3

SO42- + 2Ag2+ = Ag2SO4

Hosil bo`lgan cho`kma nitrat kislotada eriydi.

Probirkaga natriy sulfatning eritmasidan 3-4 tomchi solinadi, ustiga 3-4 tomchi kumush nitrat eritmasidan qo`shiladi. Oq cho`kma hosil bo`lishi kuzatiladi.

Reaksiyaning borish sharoiti:



  • tajribani neytral muhitda bajarish kerak;

  • Ag2SO4 cho`kmasi faqat konsentrlangan eritmalardan hosil bo`ladi (Ag2SO4 ning eruvchanligi 2,6 • 10 -2 mol/l).



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish