Mishyakni aniqlash: As5+ ioni HNO3 ishtirokida ammoniy molibdat bilan ochiladi. Bunda sariq kristall (NH4)3[AsO4(MoO3)12] mishyak molibdenli geteropolikislotani ammoniyli tuzi hosil bo’ladi.
Surmani ochish: Dastlabki eritma cho’kmasiz hamda pH ≤1 bo’lsa, shu eritmadan bir necha tomchi olib uning ustiga 2M HNO3 2-3 tomchi va shuncha 3% H2O2 qo’shiladi. Aralashma suv hammomida qizdiriladi. Bunda Sb5+ holatida oq cho’kma H3SbO4 hosil bo’ladi aralashma sovutiladi va sentrifugalanadi. Cho’kma eritmadan ajratilib HCl kislotasida eritiladi. Surma holatida eritmaga o’tadi. Eritma taxminan 2 marta suyultiriladi va surmaning mavjudligi H2S yoki (NH4)2S ta’sir qildirilganda Sb2S5 cho’kmasi hosil bo’lishi bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |