IV, V va VI guruh katoinlarining ayrimlarini dastlabki aniqlash. Ikkinchi va uchinchi analitik guruh kationlari ajratilgan eritmadan qolgan qismida birinchi, to’rtinchi, beshinchi va oltinchi guruh kationlari bo’lishi mumkin.
Analizni sistematik ravishda davom qildirishdan oldin ayrim kationlarni alohida ochish mumkin. Bular Fe2+, Fe3+, Cr3+, Cu2+, As5+, Sb3+, Mn2+, Co2+, Ni2+, Hg2+, Bi3+ va birinchi guruh kationlari.
Temir kationlarini ochish: Fe2+ ioni K3[Fe(CN)6] bilan kislotali muhitda (pH=2-3) ochiladi. Agar eritma Fe2+ bo’lsa, to’q ko’k rangli turnbul ko’ki hosil bo’ladi.
Fe3+ ioni K4[Fe(CN)6] bilan kislotali muhitda (pH=3) muhitda ochiladi. Bunda berlin lazuriga hos to’q ko’k cho’kma hosil bo’lsa Fe3+ ioni bor, aks holda yo’q degan hulosaga kelinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |