1. Agar avtomobil o’z harakat vaqtining 1/4 qismida 20 m/s, qolgan qismida esa 8 m/s tezlik bilan yurgan bo’lsa, uning o’rtacha tezligini (m/s) toping?
A) 11 B) 12 C) 9 D) 9,5
2. Nuqtaning to’g’ri chiziqli harakati (m) tenglama bilan tavsiflangan. Nuqtaning birinchi 1 s ichida bosib o’tgan yo’lini (m) toping?
A) 13 B) 5 C) 8 D) 6
3. Vertolyot shimol tomonga 20 m/s tezlik bilan uchdi. Agar g‘arb tomondan 10 m/s tezlik bilan shamol essa, vertolyot qanday tezlik bilan (m/s) uchadi?
A) 22,3 B) 30 C) 10 D) 15,8
4. 0,4 m/s2 tezlanish bilan harakatlanayotgan avtomobilning tezligi qancha vaqtdan keyin 12 dan 20 m/s gacha ortadi?
A) 20 B) 50 C) 40 D) 5
5. Soatning minut mili sekund milidan 3 marta uzun. Millar uchlarining chiziqli tezliklari nisbatini toping.
A) 1:20 B) 1:10 C) 1:3 D) 2:9
6. Massasi 4 kg bo’lgan jism biror kuch ta’siri ostida 2 m/s2 tezlanish oldi. Shunday kuch ta’siri ostida massasi 10 kg bo’lgan jism qanday tezlanish (m/s2) oladi?
A) 10 B) 1 C) 8 D) 0,8
7. Venera planetasining o‘rtacha zichligi 5200 kg/m3, radiusi 6100 km. Venera sirtida erkin tushish tezlanishi qanday (m/s2) bo‘lishini aniqlang.
A) 1,6 B) 4,8 C) 8,8 D) 9,8
8. Jism 80 m balandlikdan erkin tushadi. Tushishning oxirgi sekundida uning ko‘chishi (m) qanday?
A) 35 B) 40 C) 15 D) 20
9. Zambarakdan gorizontga burchak ostida uchib chiqqan snaryad 12 s uchgan. Snaryad ko’tarilgan eng yuqori balandlik qancha (m)?
A) 180 B) 360 C) 120 D) 240
10. Massasi 10 t bo’lgan trolleybus joyidan qo‘zg‘alib 50 m masofada 10 m/s tezlikka erishdi. Agar tortish kuchi 14 kN ga teng bo’lsa, qarshilik koeffitsientini toping.
A) 0,03 B) 0,04 C) 0,3 D) 0,4
11. Massasi 2 t bo’lgan avtomobil egrilik radiusi 40 m bo‘lgan qavariq ko’prikdan 36 km/soat tezlikda o‘tmoqda. Ko‘prikning o’rtasida avtomobil ko‘prikka qancha kuch bilan (kN) bosadi?
A) 11 B) 12 C) 15 D) 9,5
12. Massasi 10 kg va uzunligi 40 sm bo’lgan sterjenning uchlariga massalari 40 kg va 10 kg bo’lgan yuklar osilgan. Sterjen muvozanatda turishi uchun uning qayeridan (sm) tayanchga qo‘yish lozim?
A) 10 B) 30 C) 25 D) 15
13. Massasi 1 kg bo’lgan moddiy nuqta aylana bo’ylab 10 m/s tezlik bilan tekis harakatlanmoqda. Davrning ikkidan bir ulushida impulsning o‘zgarishini (kg∙m/s) toping.
A) 14,1 B) 10 C) 20 D) 0
14. Massasi 4 kg bolgan erkin tushayotgan jismning. tezligi ma’lum yo‘lda 2 dan 8 m/s gacha ortdi. Shu yo’lda og’irlik kuchi bajargan ishni (J) toping.
A) 140 B) 100 C) 120 D) 60
15. Dinamometrning prujinasini 0 dan 10 N gacha, 10 dan 20 N gacha, 20 dan 30 N gacha cho’zganda ishchi bajaradigan ishlar qanday munosabatda bo’ladi.
A) 1:3:5 B) 1:2:3 C) 2:3:5 D) 5:3:1
16. Massalari 1 kg va 2 kg bo’lgan noelastik sharlar bir-biriga tomon mos ravishda 1 va 2 m/s tezlik bilan harakatlanmoqda. To‘qnashgandan keyin sistema kinetik enetgiyasining o’zgarishini (J) toping.
A) 3 B) 1 C) 2 D) 0,5
17. Massasi 10 kg bo‘lgan chana balandligi 5 m bo’lgan tepalikdan tushib, gorizontal joyda to’xtadi. Bola chana sirpanib tushgan chiziq bo’yicha chanani o‘sha tepalikka olib chiqqanida qanday minimal ish (kJ) bajaradi?
A) 3 B) 1 C) 2 D) 0,5
18. Massasi 5,4 kg bo’lgan aluminiy quymada qancha miqdor (mol) modda bor? Aluminiy molyar massasi 27 g/mol ga teng.
A) 300 B) 100 C) 200 D) 50
19. Temperatura qanday bo’lganda (K) azot molekulalarining o’rtacha kvadratik tezligi 830 m/s bo’ladi?
A) 774 B) 674 C) 500 D) 200
20. Gaz 0,2 MPa bosimda va 15° C temperaturada 5 l hajmga ega. Normal sharoitda shunday massali gazning hajmi qancha (l) bo’ladi?
A) 30 B) 9,5 C) 7 D) 19
21. ν=8·1014 Gs chastotali fotonning massasi m ni aniqlang (kg) h=6,6·10-34 J·s, c=3·108 m/s
A) 5,1·10-36 B) 5,9·10-36 C) 5,5·10-36 D) 6,2·10-36
22. Idishda -15 0C haroratli m massali muz bo’lakchasi bor. Muz yarmigacha erishi uchun uning ustiga 40 0C suvdan qanday massada quyish kerak? (csuv=4200 J/(kg·K), cmuz=2100 J/(kg·K), λmuz=330 kJ/kg)
A) 2,4 m B) 2 m C) m D) 3,2 m
23. 10 va 16 nC zaryadlar bir-biridan 7 mm masofada joylashgan. Kichik zaryaddan 3 mm va katta zaryaddan 4 mm masofada bo‘lgan nuqtaga joylashtirilgan 2 nC zaryadga qancha kuch (mN) ta’sir qiladi?
A) 3,5 B) 4 C) 1 D) 2
24. Ikkita zaryad kerosinga botirilganda ular orasidagi o’zaro ta’sir kuchi zaryadlar xuddi havoda turgandagidek bo’lishi uchun ular orasidagi masofani necha marta o’zgartirish lozim. Kerosin dielektrik singdiruvchanligi 2,1.
A) 1,45 B) 4,25 C) 3 D) 2
25. Shtern tajribasida atomlarning o‘rtacha tezligi 300 m/s va asbobning aylanish chastotasi 20 ayl/s bo‘lsa, metall polosaning siljishini (mm) toping. Katta silindrning radiusi 10 sm, kichik silindrning radiusini e’tiborga olmang.
A) 1,4 B) 4,2 C) 5 D) 3
26. Diametri 18 sm bo’lgan metall sfera 300 V potensialgacha zaryadlangan. Zaryad sfera sirtida qanday zichlik bilan (nC/m2) taqsimlangan?
A) 29,5 B) 59 C) 32,5 D) 10,2
27. Qisqa tutashuv toki 22 A bo’lgan manbaga qarshiligi 5 Om bo’lgan lampochka ulanganda tok kuchi 2 A bo’ldi. Tok manbaining ichki qarshiligi nimaga (Om) teng?
A) 0,5 B) 1,5 C) 1 D) 2,5
28. Rasmda ko’rsatilgan elektr zanjiridagi tok kuchi I qanday (A) bo’lganda, qarshiligini hisobga olmasa ham bo’ladigan ampermetr 5 A ni ko’rsatadi.
A) 5 B) 4 C) 10 D) 2
29. Tebranish konturi sig‘imi 625 pF bo‘lgan kondensatordan va induktivligi 10 mH bo‘lgan g‘altakdan iborat. Agar kuchlanish amplitudasi 400 V bo’lsa, tok kuchi amplitudasini (A) toping.
A) 0,1 B) 0,5 C) 10 D) 0,2
30. Buym fokus masofasi F=-30 sm bo’lgan ikki yoqli botiq linzadan a=120 sm masofada joylashgan. Uning tasviri linzadan qanday b (sm) masofada hosil bo’ladi?
A) 24 B) 22 C) 20 D) 18
Do'stlaringiz bilan baham: |