4. Difenilamin (C6H5)2NH nitrat ion NO3- ni bilan to`q ko`k rangli mahsulot hosil qiladi. Toza va quruq soat oynasiga difenilaminning kontsentralangan sulfat kislotasidagi eritmasidan 3-4 tomchi tomiziladi. Unga shisha tayoqcha bilan nitrat eritmasidan 1 tomchi qo`shib, aralashtiriladi. NO3- anioni ishtirokida difenilaminning oksidlanishi hisobiga eritma to`q ko`k rangga kiradi. NO2- anioni ham shunday rang beradi.
Tajribani bajarish sharoiti:
- oksidlovchilar va kontsentrlangan H2SO4 ta`sirida I2 gacha oksidlanuvchi yodid ionlari reaksiya o`tkazishga xalaqit beradi;
Do'stlaringiz bilan baham: |