2. Kumush xloridni eritish va CI anionini topish. Olingan cho`kma (I) tarkibida AgCl, AgBr, AgJ va Ag2S bo`ladi. Bu cho`kmani 1-2 ml 12% li (NH4)2CO3 eritmasi yoki shuncha
hajmdagi Faurgolt reaktivi eritmasi ta`sir ettirilib ishlov beriladi. Bunda cho`kmadagi AgCl eritmaga kompleks tuz-diaminoargentat xlorid [Ag(NH3)2]Cl holida o`tadi.
Sentrifugat (II) ni cho`kma (II) dan ajratiladi. Sentrifugat (II) ni ikki qismga bo`lib, birinchi probirkadagi qismiga bir necha tomchi nitrat kislota, ikkinchi probirkadagisiga kaliy yodid eritmasi qo`shiladi. Birinchi eritmaning loyqalanishi va ikkinchi eritmadan jadal cho`kma tushishi xlorid-ionlari borligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |