Ikkinchi va uchinchi guruh anionlari aralashmasini analiz qilish tartibi
1. Ikkinchi guruh anionlari borligini topish. Dastlab ikkinchi guruh anoinlarining borligi aniqlanadi. Bu maqsadda tekshirilayotgan eritmani 2-3 tomchisiga HNO3 ning
2N eritmasidan 3-4 tomchi va guruh reagenti AgNO3 eritmasidan 2-3 tomchi qo`shiladi. Cho`kma hosil bo`lishi ikkinchi guruh anionlari borligini ko`rsatadi. Agar cho`kma qora rangda bo`lsa, unda sulfid S2- anioni borligini biddiradi.
Shundan so`ng, tekshirilayotgan eritmadan 25-30 tomchi olib to`liq cho`ktirishga erishilgach, cho`kma (I) sentrifugalanib, sentrifugat (I) dan ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |