BESHINCHI ANALITIK GURUH KATIONLARINING UMUMIY XARAKTERISTIKASI
Bechinchi analitik guruhi kationlariga Pb2+, [Hg2]2+, Ag+ kiradi. Bu guruh kationlarining guruh reagenti 6 n HCl bo’lib, ular qiyin eruvchan xloridlarni hosil qiladi. Beshinchi guruh kationlari D.I.Mendeleyevning elemenlar davriy sistemasida to’rtinchi guruh kationlari joylashgan davr va guruhlarda joylashgan.
Bu kationlarning gidroksidlari qiyin eruvchan va kuchsiz elektrolitlardir. Qo’rg’oshin gidroksid amfoterlik xossalariga ega, kumush va simob (I) gidroksidlar nihoyatda beqaror bo’lgan birikmalar bo’lib, hosil bo’lishi vaqtida tegishli oksid va suvga parchalanadi. Qo’rg’oshin va simobning barcha eruvchan birikmalari zaharlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |