BESHINCHI ANALITIK GURUH KATIONLARI UCHUN XOS BO’LGAN XUSUSIY REAKSIYALAR
5-jadval
№
|
Ion
|
Reagent
|
Reaksiyaning molekulyar va ioniy tenglamasi
|
Ilova
|
5.1
|
Ag+
|
HCl
|
Ag+- ionlarining analitik reaksiyalari
AgNO3+HCl=↓AgCl+HNO3
Ag++ NO3-+H++Cl-=↓AgCl+H++ NO3-
Ag++Cl-=↓AgCl
Oq cho’kma ortiqcha ammiakda eriydi
|
Oq cho’kma ortiqcha ammiakda eriydi
|
5.2
|
Ag+
|
KJ
|
AgNO3+KJ=↓AgJ+KNO3
Ag+ +NO3+K++J-=↓AgJ+K++NO3-
Ag+ +J-=↓AgJ
AgJ+Na2S2O3=Na[AgS2O3]+NaJ
Ag J+2Na++S2O32-=Na+ +[AgS2O3]-+Na+ +J−
Sariq cho’kma Na2S2O3 da eriydi
|
Sariq cho’kma Na2S2O3 da eriydi
|
5.3
|
Ag+
|
K2CrO4
|
2AgNO3+ K2CrO4=↓AgCrO4+2K++NO3-
2Ag +NO3-+2K+CrO42-=↓AgCrO4+2K++NO3-
2Ag +CrO42-=↓AgCrO4
pH=7 g’isht, rangli cho’kma ammiakda va
nitrat kislotada eriydi
|
pH =7 g’isht, rangli cho’kma ammiakda va nitrat kislotada eriydi
|
5.4
|
Ag+
|
Na2HPO4
|
3AgNO3+Na2HPO4=↓Ag3PO4+2NaNO3+HNO3
3Ag++HPO42-=↓Ag3PO4+H+
Sariq cho’kma, ammiakda va nitrat kislotada eriydi
|
Sariq cho’kma, ammiakda va nitrat kislotada eriydi
|
5.5
|
Pb2+
|
HCl
|
Pb2+-ionlarining analitik reaksiyalari
Pb(NO3)+2HCl=↓PbCl2+2HNO3
Pb2++2NO3-+2H++2Cl-=↓PbCl2+2H++2NO3-
Pb2++2Cl-=↓PbCl2
Oq cho’kma, issiq suvda eriydi
|
Oq cho’kma, issiq suvda eriydi
|
5.6
|
Pb2+
|
H2SO4
|
Pb(NO3)2+H2SO4=↓PbSO4+2HNO4
Pb2++2NO3-+2H++SO4-=↓PbSO4+2H++2NO3-
Pb2++SO42--=↓PbSO4
Oq cho’kma
|
Oq cho’kma
|
5.7
|
Pb2+
|
K2Cr2O7
|
2Pb(NO3)2+K2Cr2O7+H2O=↓2PbCrO4+2KNO3+2HNO3
2Pb2++ Cr2O7+H2O=↓PbCrO4+2H+
Sariq cho’kma, ishqorlarda eriydi
|
Sariq cho’kma, ishqorlarda eriydi
|
5.8
|
[Hg2]2+
|
HCl
|
[Hg2]2+- ionlarining analitik reaksiyalari
Hg2(NO3)2+2HCl=↓Hg2Cl2+2HNO
[Hg2]2++2NO3-+2H++Cl-=↓Hg2Cl2+2H++2NO-3
Oq cho’kma
|
Oq cho’kma
|
5.9
|
[Hg2]2+
|
K2CrO4
|
Hg2(NO3)2+ K2CrO4=↓Hg2CrO4+2KNO3
[Hg2]2++2NO3-+ 2K++CrO42-=↓Hg2CrO4+2K++2NO3-
[Hg2]2+ +CrO42-=↓Hg2CrO4
Qizil cho’kma
|
Qizil cho’kma
|
5.10
|
[Hg2]2+
|
Kj
|
Hg2(NO3)2+ KJ=↓Hg2J2+2HNO3
[Hg2]2++2NO3-+2K++2J-=↓Hg2J2+2H++2NO3-
[Hg2]2++2J-=↓Hg2J2
Yashil cho’kma
|
Yashil cho’kma
|
5.11
|
[Hg2]2+
|
NaOH
KOH
|
Hg2(NO3)2+ NaOH=↓Hg2O2+2NaNO3+H2O
[Hg2]2++2OH-=↓Hg2O+H2O
Hg2(NO3)2+Cu=↓2Hg+Cu(NO3)2
|
Qo ra cho’kma
|
5.12
|
[Hg2]2+
|
Cu
|
[Hg2]2++2NO3-+Cu= ↓2Hg+Cu2++2NO-3
[Hg2]2++Cu= ↓2Hg+Cu2+
Kulrang dog’
|
Kulrang dog’
|
Polimerlar (yun. polymeres — koʻp qismlardan tashkil topgan) — molekulalari (makromolekulalar) bir yoki bir necha turli koʻp sonli takrorlanuvchi guruxlar (monomer zvenolari)dan tashkil topgan yuqori molekulyar massali (bir necha mingdan bir necha milliongacha) kimyoviy birikmalar. Makromolekula tarkibidagi atomlar bir-biri bilan asosiy yoki koordinatsion valentlik kuchi vositasida bogʻlangan.
P.tabiiy — biopolimerlar (rksillar, nuklein kislotalar, tabiiy smoladar) va sintetik (polietilen, polipropilen, fenolformaldegid smolalar) P.ga bulinadi. P. bir xil struktu-rali zvenolar (mas, polivinilxlorid — CH2CHCl—) yoki oʻzaro navbatlashuvchi turli xossaga ega zvenolar (sopolimer)dan tashkil topgan boʻladi; vi-nilxlorid va vinilatsetat sopolimeri bunga misol boʻla oladi. Bir nechta kichik oddiy molekulalarning birikishidan hosil boʻlgan P. oligomerlar deb ataladi. Monomerning 2 mo-lekulasi qoʻshilishidan hosil boʻlgan molekula d i m ye r deyiladi. Bunday birikmalar oʻzining xossasiga koʻra, quyi va yuqori molekulali birikmalar oraligʻidagi oʻrinda turadi.
P. molekulalari polimerlanish va polikondensatlanish usullari bilan hosil qilinadi. 20-asrning 2yarmidan boshlab P. sintezining yangi usullarini ishlab chiqildi, chunonchi: a) tayyor P.ga biror yangi, qoʻshimcha monomerni kimyoviy "payvandlash". Bu tayyor P. molekulasining faollashishiga va erkin radikallar hosil boʻlishiga yordam beradi. Bunda P.ning chiziqsimon molekulasiga polimerlanuvchi qoʻshimcha monomer yon tarmoqchasi "payvandlanadi"; b) ikki tayyor P. zanjirini kuchli mexanik taʼsir ostida uzib, makromolekula boʻlaklarini biriktirib, yangi makromolekulalar, yaʼni "blok polimerlar" xreil qilishi. Bu usullar polimer mahsulotlarining xossalarini (puxtaligi, kimyoviy bardoshliligi, elektr oʻtkazmaslik va h.k.) oʻzgartirishga imkon beradi.
P.ning tarkibi va sintez usullariga koʻra, ulardan qattiq va elastik, puxta va moʻrt, issiq va sovuqqa chi-damli, kimyoviy taʼsirlarga bardoshli va h.k. xossaga ega boʻlgan mahsulotlar olish mumkin. Mahsulot hosil qilish uchun P.ga toʻldirgichlar va boshqa moddalar qoʻshiladi. P.ning muhim xu-susiyati shuki, ulardan shtampovkalash, presslash kabi oddiy usullarda buyumlar tayyorlash mumkin.
Polimerlarch. dastlab murakkab boʻlmagan moddalar, kumir va yogʻochni qayta ishlash mahsulotlari (mas, fenol, formalin va boshqalar)ga asoslangan edi. Keyinchalik P. olish uchun neftni kayta ishlash mahsulotlari, tabiiy gaz, qattiq yoqilgʻilarni qayta ishlash mahsulotlari, yogoch va turli oʻsimlik xom ashyolari chiqindilari ishlatiladigan boʻldi. Xossasining yaxshiligi va xalq xoʻjaligiga keltiradigan foydasining kattaligi hamda xom ashyo zaxiralarining koʻpligi P.ni keng koʻlamda ishlab chiqarishga imkon berdi.
P. xossasiga koʻra, quyidagilarga boʻlinadi: kauchuklar — keng temperatura oraligʻida qayishqoklik xossasini yoʻqotmaydigan P.; plastmassalar — yuqori temperaturada yumshaydigan va keng temperatura oraligʻida juda puxta, qattiq, nisbatan qayishqoq P.; sintetik tolalar — yuqori temperaturada (180—200°) yumshaydigan va shu temperaturada puxta ip boʻlib choʻziladigan P.; lok va boʻyoqlar — yeyilishga chidamli, metall, yogʻoch va shishaga yopishadigan, atmosfera va mexanik taʼsirlarga chidamli P. Polimerlarning xossasi turlicha bulganligidan ular kora va rangli metallar, yogʻoch, tosh, suyak, shisha va boshqa urnida ishlatiladi. Baʼzi bir sintetik P. ion alma-shuvchi smolalar, qon plazmasi oʻrin-bosari sifatida, tuproqni strukturalashda va boshqalarda qoʻllanadi.
O’z R FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti (O’zR FA PKFI) 1981-yilning 7-iyulida tashkil etilgan.
PKFI ning asoschisi va direktori O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan fan arbobi, akademik Rashidova Sayyora Sharafovna bo’lib, uning tomonidan tabiiy va sintetik polimerlar sohasida keng tanilgan ilmiy maktab yaratilgan.
1979-yilda ilmiy-tadqiqot instituti vakolatiga ega bo’lgan O’zSSR FA Polimerlar kimyosi bo’lomi (O’zSSR FA 1979 y., 23-vevraldagi № 27-sonli va O’zSSR Vazirlar Kengashining 1979 y. 11-iyuldagi № 479-sonli Qarorlariga asosan) tashkil etilgan bo’ib, O’zR VK 1981 y., 07- iyuldagi № 543-sonli Qarori bilan O’zR FA Polimerlar kimyosi va fizikasi institutiga o’zgartirilgan holda tashkil etildi. Tashkilotning asosiy ilmiy yo’nalishlari polimerlar kimyoviy modifikatsiyasi kinetikasi va mexanizmini o’rganish, polimermetallokompleks birikmalarni, tibbiyot, veterinariya hamda qishloq xo’jaligi uchun fiziologik faol polimerlarni sintez qilish, O’zbekiston xalq xo’jaligining turli tarmoqlari ehtiyojlarini qondirish maqsadida sintetik polimerlar kimyosi, fizikasi va texnologiyasi bo’yicha fundamental tadqiqotlarni rivojlantirish va koordinatsiyalash, Polimerlar haqidagi fanning dolzarb muammolarini hal etish borasidagi tadqiqotlardan iborat edi. Polimerlar strukturasi – xossalari o’rtasidagi bo’g’liqlikni (korrelyatsiya) belgilash bo’yicha olib boriladigan tadqiqotlar institutning muhim ilmiy yo’nalishhlaridan hisoblanadi.
Fizik-kimyoviy xossalarning (kimyoviy tabiat, molekulyar massa va molekulyar massaviy taqsimlanish) molekulyar strukturaga bog’liqligini tadqiq etish biologik faol polimerlar xossalarini boshqarish, polimerning nadmolekulyar, fizik strukturasini, fizik-kimyoviy xossalarini o’rganish esa talab etilgan xossalarga ega bo’lgan biologik faol polimerlar, kompozitsion polimer materiallarni tuzish (konstruirlash), yaratish uchun imkon beradi.
Mazkur sohada O’zbekiston Respublikasida birinchilardan bo’lib akademik Rashidova S.Sh. rahbarligi ostida O’zR FA PKFI olimlari ish boshladilar. Polimer tizimlarda nanostrukturalarning shakllanishi mexanizmlarini tadqiq etish orqali nanopolimer materiallarning yangi avlodini yaratish, ularni barqarorlashtirish, sintez, struktura va xossalar orasidagi o’zaro bog’liqlikni belgilashga qaratilgan tadqiqotlar yo’lga qo’yildi. O’zMU va TTESI OTM larida kafedralar tashkil etildi.
Natijada tabiiy va sintetik polimerlar (xitinlar, pektinlar, selluloza va ularning hosilalari, polivinilkaprolaktam va poliolefinlar, shu jumladan polietilen) asosidagi nanostrukturali polimer aralashmalar shakllanishining ilmiy asoslari ishlab chiqildi. Polimer tizimlar nanostrukturaviy morfologiyasi rivojlanishi asosida yotuvchi belgilovchi omillar (polimer tabiati, fazaviy holat, fazalararo hodisalar, morfologiya) aniqlandi. Fizik-kimyoviy, mexanik va maxsus xossalarni maqsadli boshqarish yo’llari belgilandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |