3. Temir (II) sulfat nitrat anion NO3- bilan konsentrlangan sulfat kislota ishtirokida qo`ng`ir rangli kompleks tuz [Fe(NO)]SO4 ni hosil qiladi:
2NaNO3+6FeSO4+4H2SO4 =2NO↑+3Fe2(SO4)3+Na2SO4+4H2O
2NO+FeSO4 = 2[Fe(NO)]SO4
Probirkaga 2 tomchi natriy nitrat eritmasidan solib, ustiga FeSO4 ning kristalini tushiriladi. So`ngra ohistalik bilan probirka devori bo`ylab 1 tomchi kontsentrlangan H2SO4 quyiladi. Kristall atrofida kompleks birikma hosil bo`lish hisobiga qo`ng`ir halqa hosil bo`ladi.
Reaksiyani o`tkazish sharoiti:
reaksiyani kuchli kislotali muhitda FeSO4 kristallaridan yoki uning kontsentrlangan eritmasidan foydalanib o`tkaziladi;
FeSO4 bilan nitritlar ham ta`sirlashadi. Shu sababli nitritlar dastavval parchalab yuborilishi kerak;
- hosil bo`ladigan kompleks birikma beqaror va isitilganda parchalanib ketadi. Shuning uchun reaksiya sovuqda o`tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |