VI-BOB. XX ASRDA PSIXOLOGIYANING RIVOJLANISHI
Tayanch tushunchalar: ong, Spinoza psixologiyasi, Dekart ta’limoti, bixeviorizm, neobixeviorizm, freydizm, neofreydizm, shaxs tiplari, operant, xulq-atvor.
6.1. Psixologiyada metodologik inqiroz. Bixeviorizmga umumiy tavsifnoma. Neobixeviorizmni yuzaga kelish va rivojlanishi
Psixologiya tarixida vujudga kelgan bixeviorizm maktabi shaxsni o‘rganishda ham o‘z o‘rniga ega. Ushbu maktab vakillarinig g‘oyasi xulq-atvorni o‘rganish asosiy masala sifatida o‘rin olgan bo‘lsada, uning ayrim vakillari muammoni tahlil etishda o‘zlarining pozitsiyalariga egadirlar.
20-asrda amerikalik psixologiya maktabining haqiqiy qiyofasi sifatida maydonga chiqdi. Uning asoschisi Djon Uotson (1878-1958) bu yo‘nalishning haqiqiy yo‘lboshchisi sifatida shakllanishiga sabab bo‘ldi. Bixevio tushunchasi (behavior) inglizchadan tarjima qilganda “xulq-atvor” − degan ma’noni anglatadi. Bixeviorizm tushunchasi tarjima qilganda – xulq-atvor psixologiyasi ma’nosini anglatadi.
Xulq-atvorni tahlil qilish to‘liq ob’ektiv xarakterga ega bo‘lib, tashqi kuzatiladigan reaksiyalar bilan cheklanadi. Insonning fikri, ongini ko‘rib bo‘lmaydi, ularni o‘lchash mumkin emas, bundan ko‘rinadiki barchasini ob’ektiv qayd etish imkoniyatini bo‘lmaydi. Insonning ichki olamida kechayotganlarni o‘rganish mikoni yo‘q. Demak, shaxs “qora quti” sifatida ishtirok etadi. Inson harakatining tashqi ifodalanishining ob’ektivligini stimullar va vaziyatlar shartlaydi. Shunday ekan psixologiyaning vazifasi stimullar bo‘yicha namoyon bo‘ladigan ma’lum reaksiyalar belgilaydi.
Bixevioristlar nuqtai nazaricha shaxs mazkur insonga xos xulqiy reaksiyalarning majmuidan iborat. Stimul-reaksiya (SR) formulasi bixeviorizmda etakchi hisoblanadi. Torndayk effekti qonuni S va R o‘rtasidagi aloqalarni aniqlashtiradi, agar mustahkamlanish bo‘lganda. U ijobiy bo‘ladi, qachonki rag‘batlantirish, kutilgan natija olinganda, moddiy rag‘batlantirish yoki salbiy bo‘ladi, qachonki, og‘riq, jazolash, omadsizlik, tanqidiy ogohlantirish yuz berganda. Insoning xulq-atvori ko‘pincha ijobiy qo‘llab-quvvatlashni kutgandan, ba’zan salbiy kuchlar qochishga sabab bo‘ladi.
Shunday qidib, bixeviorizm yo‘nalishiga ko‘ra shaxs individga nisbatan ongli tartibga solingan instiktlar, sotsiallashgan emotsiyalar, yangi ko‘nikmalarni shakllanishiga ko‘maklashuvchi plastiklik, muhitga molashuviga ko‘maklashuvchi va ularning saqlashga xizmat qiluvchi qobiliyatlarni o‘zlashtirishida namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |