L ya. Olimov psixologiya tarixi


I-BOB. PSIXOLOGIYA TARIXI FANIGA KIRISH



Download 6,23 Mb.
bet2/71
Sana02.03.2022
Hajmi6,23 Mb.
#479374
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Bog'liq
ПСИХОЛОГИЯ ТАРИХИ тайёр doc3doc — копия

I-BOB. PSIXOLOGIYA TARIXI FANIGA KIRISH
Tayanch tushunchalar: materializm, antikvarizm, prezentizm, determinizm, idealizm, tendensiya, bixeviorizm, internalistik, eksternalistik ijtimoiy faktor, kategorial yondashish.


1.1. Psixologik ta’limotlar tarixi fanining predmeti va metodlari
Psixologiya tarixi fani boshqa psixologiya sohalari singari qiziqarli va mazmundor bilimlardan iborat. Psixologiya tarixi insoniyat tomonidan hayvonot dunyosiga va insonlarga xos bo‘lgan psixik hayot hodisalari to‘g‘risidagi bilimlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi tarixidir.
Psixologiya tarixi tadrijiy hayotning turli bosqichlarida, ilm-fan va madaniyatning umumiy taraqqiyoti munosabati bilan psixologik bilimlar sohasi qanday kengayib borganligi hamda dastlabki psixologik bilimlar qay tarzda taraqqiy etib, butun bir psixologiya fanlar tizimi darajasiga ko‘tarilganligi haqida ham ma’lumot beriladi. Psixologiya tarixi psixikaning yanada chuqur va aniq bilish imkoniyatini beradi. Psixologiya fani taraqqiyotga ko‘maklashadigan foydali ilmiy tekshirish metodlarini izlanish va yaratishda katta ahamiyatga ega.
Boshqa fanlarda ham bo‘lganidek, psixologiya tarixi fanlari ham shartli bo‘lib, u ba’zan o‘rganilayotgan muammoga, tadqiqotchining shaxsiy yondashishiga va boshqa sabablarga bog‘liq bo‘lgan.
Ilmiy psixologik bilimlar tarqqiyotining umumiy va asosiy qonuniyati − bu g‘oyalar kurashidir. Bu kurash uzoq vaqt materializm va idealizm o‘rtasidagi kurash ko‘rinishida talqin qilinib kelindi.
Psixologiyaning butun tarixi davomida idealizm va materializm o‘rtasida kurash kechgan. Bu kurash psixologiya mohiyatini turlicha tushunadi, insondagi psixik va fiziologik hodisalarni o‘zaro munosabatlarini tushunishda hamda psixologiya predmetini tushunishda ifodalangan. Albatta psixologiya tarixida turlicha qarashlar va yo‘nalishlar bo‘lishiga qaramasdan bu fanning predmeti, ya’ni inson va hayvonga xos bo‘lgan psixika, psixik hayot bir xilligicha qolaveradi.
Psixologik bilimlar taraqqiyotining butun tarixida psixologiya predmetining uchta ta’rifi mavjud; ruh (jon) haqidagi fan, ong haqidagi fan va xulq haqidagi fan. Psixologiyani ruh haqidagi fan sifatida talqin qilish, ruhni izohiy tamoyil deb uning faoliyat doirasini nihoyatda cheklab qo‘ygan. Ongni psixologiyaning predmeti sifatida talqin qilish va psixikaning ongli qismini tadqiqot ob’ektiga aylantirib, bir vaqtning o‘zida ong, ong ham predmet, ham izohiy tamoyil bo‘lib xizmat qilgan. Psixologiya predmeti sifatida xulqning tanlanishi ong psixologiyasi sub’ekt tizimini engib, psixologiyani ob’ektiv tadqiqot yo‘liga olib chiqdi. Lekin ayni paytda psixologiya psixika va ongni o‘z tadqiqot predmeti sifatida yo‘qotdi. Keyingi taraqqiyot ong va xulq (faoliyat) birligi tamoyili asosida ong va faoliyatning tarixiy buzilgan aloqasi tiklanmoqda. Har qanday boshqa fanda bo‘lganidek, psixologiya ham murakkab, qarama-qarshiliklarga to‘la, ba’zan turg‘unlik, ba’zan voz kechilgan fikrlarga qaytish kabi bosqichlarni bosib o‘tgan.
Psixologiya fani taraqqiyotning muhim qonuniyati uning yagona nazariyani ishlab chiqishiga yo‘nalganligidir. Bu tendensiya psixologiyadagi ochiq krizis davrida yanada yaqqol ko‘zga tashlandi. Chunki bu davrda psixologiya uchun yagona izohiy tamoyilning topilishi uning fan sifatida saqlanib qolishini ta’minlar edi. Shu davrda paydo bo‘lgan barcha maktablar: psixoanaliz, geshtaltpsixologiya, bixeviorizm va boshqalar hammasi ana shu yagona nazariya o‘rniga da’vogarlik qildilar. L.S.Vigotskiy bu holatni shunday ta’riflaydi: «Aniq sohalardagi xususiy kashfiyotlardan umumiy tamoyillarning paydo bo‘lishiga va ularning butun psixologiyaga yoyilishiga va nihoyat falsafiy tizimga, hatto dunyoqarashga aylanishiga da’vo qilingan bu g‘oyalar psixologiyada yagona nazariya maqomiga uncha mos kelmaydi. Psixologik g‘oyalar tarixiy taraqqiyotni harakatga keltiruvchi kuchlari va sabablari hozirgi paytda ilmiy g‘oyalar u yoki bu fan taraqqiyotini belgilovchi omillar, ilmiy bilimlar determinatsiyasi haqida juda ko‘p munozaralar mavjud.
I.Lakotos fanning «ichki» va «tashqi» tarixi atamasini qo‘llashni taklif qilgan. Bunga ko‘ra fan faqat o‘zining ichki standartlari, ilmiylik mezonlari asosida rivojlanib boradi. Boshqacha aytganda, fanning rivojlanishiga faqat kognitiv faktorlargina ta’sir ko‘rsata oladi. Bunday internalistik yondashishga eksternalistik yondashish qarama-qarshi qo‘yilib, unga ko‘ra fan tarixini ijtimoiy faktorlarsiz o‘rganib bo‘lmaydi, ijtimoiy faktorlardan fan tarixini nazariy qayta tiklashda foydalanilishi lozim. Bunga ko‘ra psixologik bilimlar taraqqiyoti tarixini tahlil qilish birinchidan, tarixiy fan holatni yaxshi bilishni, ikkinchidan o‘rganilayotgan davrda fandagi alohida holatni hisobga olishni talab qiladi. Boshqa fanlar: matematika, fizika, astranomiya, tilshunoslik, fiziologiya, biologiya, etnografiya, mantiqning psixologiya fani taraqqiyotiga ta’siri turlicha.


Download 6,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish