O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTAMAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA- PSIXOLOGIYA FAKULTETI
PSIXOLOGIYA YO‘NALISHI
15.12 -guruh talabasi Dalieva Muqaddamxon Suyarjon qizining
KONSULTATIV PSIXOLOGIYA VA PSIXOKORREKSIYA
fanidan
“Farzandda salbiy holatlarni engib o‘tishda ota-onalar bilan olib boriladigan psixologik konsultatsiya”
mavzusidagi
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: Prof.B.Umarov
Farg‘ona- 2019
MUNDARIJA
Kirish ………………………………………………………………...…………………
I-Bob.“ Farzandda salbiy holatlarni engib o‘tishda ota-onalar bilan olib boriladigan psixologik konsultatsiya” mavzusining nazariy-psixologik tahlili.
1.1. Sharq mutafakkirlarining farzand tarbiyasi borasidagi qarashlari…………………
1.2. Ota-ona ma’naviyati bola tarbiyasining omili sifatida……………………...…….
Birinchi bob yuzasidan xulosa…………………………………………………………
II-Bob.“ Farzandda salbiy holatlarni engib o‘tishda ota-onalar bilan olib boriladigan psixologik konsultatsiya” mavzusining emperik jihatdan o’rganilishi.
2.1. Ota-onalarning farzandlariga munosabatini aniqlovchi anketa so’rovnomasi…...
2.2. “Farzandingizni yaxshi bilasizmi?” metodikasi tahlili…........................................
Ikkinchi bob yuzasidan xulosa…….……………………………………………..……
Xulosa…………………………………………………………..……………….…….
Tavsiyalar……………………………………………………………………….……..
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………………....………
Ilovalar……………………………………………………………………….………..
Kirish
Mavzuning dolzarbligi:
Har qaysi millatning o’ziga xos ma’naviyatini shakllantirishda, yuksaltirishda hech shubhasiz, oilaning o’rni va ta’siri beqiyosdir. Chunki insonning eng sof va pokiza tuyg’ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlar birinchi galda oila bag’rida shakllanadi. Bolaning xarakterini, xulq-atvorini, tabiati va dunyoqarashinibelgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar, yaxshilik va ezgulik, olijanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir.
Oila va oilaviy munosabatlar hamma vaqt ham gumanitar fanlarni qiziqtirib kelgan soha. Respublikamizda oila va nikoh, oilaviy munosabatlar masalalariga e’tiborining kattaligini hisobga olib, ko’pchilik kurs ishiningchilar o’z ilmiy izlanishlarini ana shu muammolarga bag’ishlaganlar: M.Mirxosilov, G.B.Shoumarov, M.Rasulova, S.Sog’inov, Mahkamov, V.Karimova va boshqalar.
Oila qurishda turmush, bolalar tarbiyasi, ularni ijtimoiy foydali faoliyatga tayyorlash kabi maqsadlar ko’zlanadi. Oilani bunday ijtimoiy vazifasi jamiyat uchun ham, er – xotin uchun ham juda muhimdir. “Insonni o’rganib baxtli qilib bo’lmaydi, ammo uni shunday tarbiyalash kerakki, u baxtli bo’lsin” degan edi. A.S. Makarenko.
Oila muammolari orasida o’zaro munosabat va yosh avlodni mustaqil hayotga tayyorlash, to’g’rirog’i bo’lajak oila boshqaruvchisi sifatida tarbiyalashhozirgi kunning dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Jamiyat mazmunan o’zgarishi, yangicha shakl kasb etishi mumkin. Lekin har qanday sharoitda ham o’z xayotiyligini saqlab qolgan oila mavjud bo’ladi. Buning boisi shundaki, birinchidan, oila yangi avlodlarni yetishtirish va tarbiyalash manbaidir. Ikkinchidan, oilada inson shaxs sifatida o’zligini yarata olgan. Shuning uchun oilaga sostial institut deb qaralsa, uning a’zolari sostial gruppa bo’lib kelgan. Qarzdorlik burchini chuqur anglash har qaysi insonga xos bo’lgan odamiylik fazilatlari va oilaviy munosabatlarning negizini, oilaning ma’naviy olamini tashkil etadi1.
Ona va bolaning hayoti bir-biriga uzviy bog’liqligini, ona va oilaning bolaga ta’siri, uning aynan shu muhitda ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan oziq olishini ham unutmaslik kerak. Chunki bola deganda, biz uning balog’at yoshiga bo’lgan, ya’ni ota-onasi panohida yashaydigan davrini tushinamiz2.
Oila va oilaviy munosabatlar masalasi ham davrning muammosi bo’lib kelgan. Har bir inson umrining ko’p vaqti oilada o’tadi. Uning insoniylik fazilatlari oilada shakllanadi, qolaversa oiladagi nozik hissiy psixologik holatlar bolalar ichki dunyosi va ruhiyatiga katta ta’sir o’tkazadi. Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, bola tarbiyasida engavvalo ota-onaning shaxsi, xayotiy faoliyatlari, turmush tarzi bilan birgalikda oiladagi psixologik muhitning ta’siri katta bo’ladi. Oilaviy muhit qanday bo’lsa bola ham ana shunday tarbiya ko’radi. Farzandni tarbiyalashdan oldin ota-onaning o’zi tarbiya topmog’i lozim. Agar ota-ona o’zi tarbiya topmagan bo’lsa farzandiga tarbiya berishning hojati yo’q. Dono xalqimizda shunday naql bor “Qush uyasida ko’rganini qiladi” albatta bu bejiz emas, chunki ota-ona qanday bo’lsa farzand ham xuddi shu muxitda tarbiya topadi. Shunday ekan farzand tarbiyasi bamisoli billur idish. Agar u singan taqdirda kelajak avlodning tarbiyasi buziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |