Konsultativ psixologiya va psixokorreksiya


Ikkinchi bob yuzasidan xulosa



Download 0,53 Mb.
bet8/9
Sana13.06.2022
Hajmi0,53 Mb.
#663586
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Далиева

Ikkinchi bob yuzasidan xulosa
Ota-onalarning farzandlariga bo’lgan munosabatlarini o’rganish va ushbu munosabatlarni farzandlar xulq-atvoriga, ularning ruhiy holatiga ta’sirini emperik jihatdan o’rganish quyidagi xulosani kelib chiqishiga sabab bo’ldi.
Kurs ishining jarayonidagi kuzatishlar, suhbatlar va o’tkazilgan metodikalar natijalariga ko’ra xulosa qilish mumkinki, ko’plab sinaluvchi ota-onalar farzandlariga nisbatan e’tiborli, ular farzandlarining taqdiriga befarq emaslar. Ular o’z imkoniyatlari darajasida farzandlarining bilim olishlari va o’zlari xohlagan mashg’ulotlar bilan shug’ullanishlari uchun imkoniyat yaratib bera olganlar. Farzandlari bilan bo’lgan suhbatdan aniqlandiki, ko’p farzandlarda o’ziga ishonch, aniq maqsad va ota-onalaridan minnatdorlik tuyg’ulari mavjud. “Farzandingizni yaxshi bilasizmi” metodikasi natijalari ham bolalarning yaxshi tarbiyalanayotganini ko’rsatib bera oldi. Faqat 20 % farzandlarning tarbiyasi bilan bog’liq kamchiliklar mavjudligi aniqlandi va ushbu kamchilik sabablari o’rganilganda, ularning ota-onalari farzandlaridan uzoqda chet elda bo’lganligi va bola nazoratsiz qoldirilganligi, er-xotin o’rtasida tinimsiz janjallarning sodir bo’lishi, oilaning to’liq emasligi va boshqa sabablar aniqlandi ota-onalarga farzand tarbiyasiga oid tavsiyalar berildi.
Xulosa o’rnida shuni ham aytish kerakki,Farzandlarda salbiy holatni yuzaga kelishida er-xotin munosabatlari ham alohida ahamiyatga ega ekan. Sababi bolaga ota-onaning munosabati qanchalik muhim bo’lsa, ularning er-xotin sifatidagi rollarini bajarishdagi muvofiqligi bola shaxsining shakllanishiga o’z ta’sirini ko’rsatishi ishimiz mobaynidaamaliy ifodasini topdi;
Tavsiyalar

  1. Agar bola muntazam ravishda tanqid qilinsa, shikoyatchi va boshqalarni ayblovchi inson bo’ladi.

  2. Agar bola gina va dushmanlik muhitida ulg’aygan bo’lsa, janjalkash inson bo’ladi.

  3. Agar bola qo’rqib yashasa, doimiy tashvish va vasvasa uni tark etmaydi.

  4. Agar bola doim pastga urilib, kamsitilsa, tortinchoq va odamovi bo’lib qoladi.

  5. Agar bola uyat tuyg’usi bilan tarbiyalangan bo’lsa, o’zini ayblaydigan inson bo’ladi.

  6. Agar bola oilada qo’llab-quvvatlansa, undagi ishtiyoq oshirilsa, sabrli bo’lishni o’rganadi.

  7. Agar bolaga jasorat berilsa, taqdirlashni, qo’llab-quvvatlashni o’rganadi.

  8. Agar bola bag’rikenglik bilan ulg’aytirilsa, o’zini yaxshi ko’rishni o’rganadi.

  9. Agar bola hurmat bilan o’stirilsa, unda ishonch tuyg’usi shakllanadi.

  10. Agar bola oilada baham ko’rishni o’rgansa, saxiy inson bo’ladi.

  11. Agar bola to’griso’z oila muhitida ulg’aysa, to’griso’zlik va adolat nima ekanini o’rganadi.

  12. Agar bolaning fikr va harakatlari oilada ma’qul ko’rilsa va qo’llab-quvvatlansa, o’zini yaxshi ko’rishni o’rganadi.

  13. Agar bola oilada do’stlik muhitida ulg’aysa, bu dunyoda baxtli bo’lishni o’rganadi.

  14. Xullas, bolalar nimani ko’rishsa, o’shanga o’rganadilar

  15. Agar doim bola tanqid qilinsa u hayotdan nafratlanib yashaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.Karimov.I.A Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T.: ”Ma’naviyat”, 2008,-172b.
2.Karimov.I.A. Barkamol avlod orzusi.-T. “Sharq”.1999.-182b.
3.Karimov.I.A .Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T.:O’zbekiston, 1998.-64b.
4.Karimov.I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. -T.:O’zbekiston, 1995. 202-278b.
5.Karimov.I.A. Sog’lom avlod tarbiyasi-barchamizning muqaddas insoniy burchimiz. Tafakkur jurnali.-2-son 2000y.
6. .Karimov.I.A. O’zbekistoning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari.-T.:1995.20b.
7.Karimov.I.A. Milliy mafkura haqida. -T.:O’zbekiston. 2000.-96b.
8.KarimovI.A. “Donishmand xalqimizning irodasiga ishonaman” “Fidokor” gazetasi 2000 y. 8 iyun.
9.Abdulla Avloniy. Turkiy Guliston yoxud ahloq.T.: O’qituvchi,1992.-160b.
10.Ahloq-odobga oid hadis namunalari. T.: Fan,1990.-172b.
11.Baratov.Sh.R. Mehnat tarbiyasi va uning psixologik asoslari.-Buxoro. 1991.-40b.
12.Safo Sayguli, Ali Chankirili“Onamga boraman” .Nasaf nashriyoti.2010-y.
13.RasulovA. “Maktab oiladan boshlanadi” -T.:Yangiasravlodi. 2013.
14.Abu Rayhon Beruniy. “Hikmatlar”. T.: 1973.
15.Aliqulov X. Sharq mutafakkirlari ahloqi haqida. T.: 1979.
16.A.Navoiy. “Mahbub-ul Qulub”. T.: 1983.
17.Asqarova O’.M, M.Hayitboyev, M.S Nishonov “Pedagogika” Toshkent “Talqin” 2008
18. Asqarov I.Sh, Mamatqulova R, H.D. Norqulov “Shaxs va oila tar biyasining pedagogikasi” Toshkent 2009
19.Beknazarova L, Jabborov A. “O’qituvchi va o’quvchi hamkorligining psixologik xususiyatlari” Toshkent O’zbekiston Respublikasi Fanlari akademiyasi “Fan ” Nashriyoti 2008.

I.Ilova
Ota-onalarning farzandlariga munosabatlarini o’rganuvchi anketa so’rovnomasi


Kimki bolalarining buguni, tarbiyasi, aql-zakovati va zehni haqida qayg’ursa, keksaligi farog’atda o’tadi, degan dono naql bor. Har birimiz farzandimiz uchun mas’ul va javobgarmiz, uning o’y fikrlar, intilishlari, mayllari haqida g’amxo’rlik qilishimiz, uning moyilliklarini shakllantirish haqida qayg’urishimiz, uning ertasi uchun mas’uliyatni his qilishimiz shart, chunki farzandlarimizga g’amxo’rligimiz aslida o’zimizning ertangi kunimiz uchun qayg’urishimizdir. Ushbu anketa shunchaki savollarga javob berish uchun emas, har bir savol ustida fikr yuritishingiz, agar shu muammolar ustida hali o’ylamagan bo’lsangiz, hali ham kech emas, zudlik bilan ishga kirishishingiz zarurligini anglatish uchun tuzilgan.
1. Bolalar siz bilan “ qalb”dan gaplashadimi, “ shaxsiy ishlari” bo’yicha maslahatlashadimi?
A) ha
B) yo’q
2. Ular sizning ishingiz bilan qiziqishadimi?
A) ha
B) yo’q
3. Farzandlaringizning o’rtoqlari siznikida bo’lib turishadimi?
A) ha
B) yo’q
4. Sizning farzandlaringiz bilan birgalikda band bo’ladigan umumiy mashg’ulotingiz bormi?
A) ha
B) yo’q
5. Bolalar siz bilan bayramlarga tayyorgarlikda birgalikda ishtirok qiladilarmi?
A) ha
B) yo’q
6. Bolalar o’zlarining bayramlarida ular siz bilan birgalikda bo’lishni xohlaydilarmi yoki aksincha, kattalarning ishtirokisiz bo’lishini istaydilarmi?
A) ha, xohlashadi
B) yo’q, xohlashmaydi
7. Siz bolalar bilan o’qilgan kitobni muhokama qilasizmi?
A) ha
B) yo’q
8. Televizordagi filmlarni-chi?
A) ha
B) yo’q
9. Siz ular bilan teatrlarda, muzeylarda, kontsertlarda bo’lasizmi?
A) ha
B) yo’q
10. Bolalar bilan birga sayllarda bo’lasizmi?
A) ha
B) yo’q
11. O’g’lingiz yoki qizingiz maktabdan yaxshi baho olib kelsa uni maqtaysizmi?
A) ha
B) yo’q
12. Farzandingizdan o’z xonasida o’zi tartib o’rnatishini talab qilasizmi?
A) ha
B) yo’q
13. O’g’lingiz yoki qizingizning shaxsiy sirlari yashiringan kundaliklari va xatlarini hurmat qilasizmi?
A) ha
B) yo’q
14. Quvonch va tashvishlaringizga farzandlaringizni sherik qilasizmi?
A) ha
B) yo’q
15. Jazo tariqasida farzandingizni televizor ko’rishdan mahrum qilasizmi?
A) ha
B) yo’q
16. Bolangizdan bo’sh vaqtini qanday o’tkazayotganligini so’rab turasizmi?
A) ha
B) yo’q
17. Begonalar yoki mehmonlar oldida bolangizni urishib yoki jazolab turasizmi?
A) ha
B) yo’q
18. Farzandlaringizning orzu niyatlari haqida qiziqasizmi?
A) ha
B) yo’q
19. Farzandlaringizning do’stlari haqida, ularning birgalikda nimalar bilan shug’ullanishlari haqida bilasizmi? ____________________________________________________________________________________________________________________________________
20. Farzandlaringizga qachon, qanday badiiy kitob sovg’a qilganligingizni eslaysizmi?_____________________________________
21. Maktabda farzandlaringiz qaysi fanga qiziqishi, qaysi fan to’garagiga qatnashishi, qaysi ustozini nima uchun xurmat qilishini bilasizmi?____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
22. Oilada farzandingizning eng yaqin odami kim?
A) otasi
B) onasi
V) opasi
G) akasi
D) ukasi
J) buvisi
K) opoqisi
23. Farzandingizning bo’sh vaqtida shug’ullanadigan sevimli mashg’uloti (xobbisi) bormi, bo’lsa nima? ________________________________________
__________________________________________________________________
24.Farzandingiz biron-bir sport turi bilan shug’ullanadimi? ______________________________________________________________________________________________________________________
25. Uy-xo’jalik yumushlarini bajarishda farzandingiz birga ishtirok etadimi?____________________________________________________________________________________________________________________________
26. Maktabdagi ota-onalar yig’ilishiga oxirgi marta qachon qatnashgansiz? ________________________________________________________________________________________________________________________
27. Farzandingiz o’qiyotgan sinfda qachon va qaysi dars mashg’ulotlarini kuzatgansiz?_________________________________________________________________________________________________________________________
28. Farzandingiz kim bilan birga dars tayyorlaydi?
A) otasi bilan
B) onasi bilan
V) akasi bilan
G) opasi bilan
D) qo’shni o’rtog’I bilan
J) yolg’iz o’zi
29. Farzandingizni yutuqlari uchun qanday rag’batlantirasiz?
A) pul bilan
B) maqtash bilan
V) rahmat aytaman
G) rag’batlantirish shart emas
D) esimda yo’q
30. Farzandingizning o’qishi uchun uyda qanday sharoit yaratib bergansiz?
A) alohida yotoqxonasi bor
B) alohida darsxonasi bor
V) alohida televizori bor
G) shaxsiy kompyuteri bor
D) internet tarmog’idan foydalanadi
J) yana________________________________________________________
31. Farzandingizning qo’l telefoni bormi?
A) ha
B) yo’q
V) bilmayman
32. Agar qo’l telefoni bo’lsa, ko’proq kimlar bilan muloqot qilishidan xabardormisiz?
A) o’rtoqlari bilan
B) qizlar (o’g’ilbolalar) bilan
V) qarindosh-urug’lar bilan

II. Ilova


Farzandingizni bilasizmi?
Har bir savolga “Ha” yoki “Yo’q” deb javob bering.

  1. Bolangizni o’rtoqlari orasida yaqin do’sti bormi?

  2. Hamma yangi narsalar uni maftun qiladimi?

  3. Eski kiyimlaridan ko’ra yangilarini afzal ko’radimi?

  4. O’zini hamma narsa unga yoqayotgandek qilib ko’rsatadimi?

  5. Bo’lajak kasbi haqida gapirganda, uni 3 martadan ko’p o’zgartirganmi?

  6. Murakkab topshiriqlar berilganda o’ziga ishonmaydimi?

  7. Nimalarnidir yig’ishga, to’plashga qiziqadimi?

  8. Oxirgi daqiqalarda farzandigiz o’z rejalarini o’zgartirishi mumkinmi?

1, 3 va 7 savollariga “xa” javobi uchun va 2, 4, 5, 6 va 8 savollariga “yo’q” javobi uchun o’zingizga 1 balldan yozib qo’ying. Endi raqamlarni qo’shib chiqing va javoblarni o’qing.



Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish