Birinchi bob yuzasidan xulosa Ma’lumki, har qanday davlat, har qanday jamiyat ham o’z boyliklari bilan qudratli hisoblanadi. Har bir xalq mamlakatning tabiiy zamini, yer osti va yer usti zaxiralari, shaharlari, go’zal inshoatlari bilan o’z kuch –qudratini namoyon etishga harakat qiladi.
Lekin ko’p arslik tarixiy tajriba shundan dalolat beradiki, jamiyatning haqiqiy boyligi bu-inson, inson avlodidir. Kishilik jamiyati el-yurtiga, vataniga sadoqatli, iymon e’tiqodi butun, mard va jasur, malakasi yetuk, ma’naviyati yuksak insonlar bilan haqli ravishda faxrlanadi. Bu ulug’vor, betimsol boylik har qaysi davlatning qudratli salohiyat manbaidir.
Ana shunday noyob fazilatlarga ega avlodni tarbiyalab voyaga yetkazayotgan xalq kelajakka ochiq ko’z, katta ishonch bilan qarashi mumkin. Zero sog’lom avlodni tarbiyalash-buyuk davlat poydevorini, farovon hayot asosini qurish demakdir.
Shu jihatdan olib qaraganda, bugungi kunda farzand tarbiyalash mamlakatimizning davlat siyosati darajasiga ko’tarilmoqda desak, haqiqatdan holi emas.Keyingi yillarda mamlakatimizda qabul qilingan bir qator qaror va yo’l-yo’riqlarda xalqimizning ijtimoiy-madaniy yuksalishini ta’minlovchi fikrlar, tavsiyalar berildiki, ular jamiyatning asosi o’zbek oilalarining ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy kamolotida muhim rol o’ynamoqda. Chunki, onalarimiz har tomonlama yuksalish demakdir. Xuddi shu ma’noda kelajagimiz bo’lmish yosh avlod tarbiyali va uning taraqqiyoti davlat ahamiyatiga molik masala hamdir. Ikkinchi tomondan, jamiyatning oila va oilaviy tarbiyasiga bo’lgan talab ham kun sayin ortib bormoqda. Ota-onalarning bolalar tarbiyasi yuzasidan ma’suliyatni kuchaytirishni ta’minlash hozirgi kunning dolzarb masalasidir.Farzandlarning barkamol shaxs bo’lib voyaga yetishida nafaqat ota-ona, balki mahalla-maktab-oila hamkorligining yo’lga qo’yilganligi fikrimizning dalili bo’la oladi.
II- Bob. “Farzandda salbiy holatlarni engib o‘tishda ota-onalar bilan olib boriladigan psixologik konsultatsiya” mavzusining emperik jihatdan o’rganilishi
2.1.“Ota-onalarning farzanlariga munosabatlarini o'rganuvchi” anketa so'rovnomasi tahlili
Farg’ona viloyati Toshloq tumani Qumariq q.f.y. da istiqomat qiluvchi 30 nafar oiladagi ota-onalardan farzandlariga bo’lgan munosabatlarini aniqlovchi so’rovnoma o’tkazilganda quyidagi natijalarga erishildi.
1-jadval