Kurs ishining metodlari.
- Anketa metodi - ota-onalarning farzandlariga munosabatlari tadqiq etiladi;
-Kuzatish metodi - farzandlarda biror-bir salbiy holat bor-yo’qligi kuzatiladi;
- Suhbat metodi - ota-onalar bilan farzandlari o’rtasidagi vaziyatli holatlar bo’yicha suhbat o’tkaziladi va farzandlardan ota-onalari haqidagi fikrlari so’raladi.
- Olingan natijalar matematik-statistik taxlil qilinadi.
Kurs ishiningning nazariy ahamiyati.
- Muammoga oid to`plangan ma`lumotlar oila psixologiyasi fanini boyitishda manba bo`lib xizmat qiladi.
- Oilada farzand xulq-atvorini shakllantirishda ota-onaning rolini o`rganish bo`yicha mutafakkir olimlarning qarashlari o`rganilganligi muhim sanaladi.
- Olingan natijalar ota-onalarga bola xulq-atvorini tarbiyalashda psixologik usullarni o`rgatadi.
I-Bob. Muammoni nazariy jihatdan o‘rganish
1.1. SHarq mutaffakirlarining farzand tarbiyasi haqidagi qarashlari
O’zbek oilasida farzandlarning tug’ilishi oila a’zolari, ota-ona, qavm-qarindosh, oshna-og’aynilar, quda - andalar uchun juda katta quvochli voqea, tantana xisoblanadi. O’rta Osiyo jumladan, O’zbekiston jumhuriyatida tarbiya borasida to’plangan va izohlangan tarbiya uslubi kamol topayotgan yosh avlod ta’limi va tarbiyasida ma’rifiy ahamiyatga ega ekanligi qayd etildi.
Mustaqillik munosabati bilan ko’zi berkitilgan buloqlarga qayta hayot bahsh etilgandek o’tmishda yashab ijod etgan olimu fuzalo, muallimu muallimalar, qisqasi, xalq mutafakkirlarimiz ijodigaqiziqish kuchaydi. Yosh avlod hayotining ko’p qismi oilada o’tadi.
Qimmatli asarlar yaratgan Abu Ali Ibn Sino, Beruniy, Farobiy,Alisher Navoiylardan tortib XIX asrning oxiri, XX asrningma’rifatparvarlari Ahmad Donish, Furqat, Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy va boshqalar xalqimiz uchun tarbiya borasida ulkan va o’lmas asarlar yaratdilar. Shu sababli dono xalqimiz farzand xoh o’g’il va xoh qiz bola bo’lsin baribir hayotimizning guli, umrning quvonchi, belning quvvati, kelajak umidimiz deb yangi mexmonni e’zozlaydilar. Bola tarbiyasi yomon niyat va qo’ppolik bilan emas, balki sabr-qanoat, mehribonlik, shavqatu sezgirlik bilan bo’lishi kerak. Bundan esa, bolani tizgiksiz hayvon kabi o’z yo’liga qo’yish lozim degan gap chiqmaydi. Zarar bilan foydani ayira olmagan yosh go’dakni nazoratsiz tutish ulug’ xatolikdir. Balki uni qattiqlik bilan yumshoqlik o’rtasida, adolat bilan tarbiya qilmoq kerakdir. Ota ona oilada bola tarbiyasiga qanchalik og’ir va mashaqqatli bo’lmasin mana shu og’ir masalani yoritib bergan olimlar o’z asarlarida bayon etganlar.
O’z zakovati , bilimi, buyuk ilmiy asarlari bilan jahondagi barcha xalqlarning hurmatiga musharraf bo’lgan Abu Ali ibn Sino buyuk muallim ham edi. Uning “Donishnoma” asari necha yuz yillar davomida ilg’or tarbiyachilar uchun qo’llanma bo’lib keldi. “Donishnoma”da ta’lim tarbiya, ilm-ma’rifat, insonning ruhiyati, ahloq va odob kabi masalalar to’g’risida ta’lim-tarbiyaga oid chuqur fikrlar ifodalangan. Ta’lim-tarbiya, o’zgalarning ma’naviy ta’siri ostida o’zida ijodiy ahloqiy fazilatlarni shakllantiradi. Abu Ali ibn Sinoning ta’kidlashicha oilada, otaning yumshoq ko’ngil bo’lishi oilada bola tarbiyasiga salbiy, ta’sir ko’rsatadi. Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari” kitobida esa bola tarbiyasida onaning vazifalariga alohida e’tibor berdi. Bola ahloqining shakllanishida, deydi ibn Sino, ota-onaning bir-biriga bo’lgan munosabati, bir-birini hurmat qilishlari ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Xalqimizda shunday bir hikmat bor. Bir bolani tarbiyalash bir davlatni boshqarishdan ham mushkuldir. Shunday ekan farzand tug’ilishi bilan unga berilgan birichi vazifa unga qo’yilgan ismdir.
Yoshlarni ota bilan birga onani juda hurmat qilishga, undagan buyuk shaxslardan biri Alisher Navoiydir. U o’z asarlarida “bolani yoshlardan kamol toptirishda ota-onaning roliga alohida e’tibor bergan. Farzandni to’g’ri tarbiyalash voyaga etkazish, yomonlik va yolg’ondan asrash, bolani xulq-atvorini nazorat qilish bu ota-onaning oliy vazifasidir” deb ta’kidlagan.
“Insoniyat tojining ziynati bu tarbiyadir” deb ko’p bora takrorlangan mutaffakir Abu Rayxon Beruniydir. Beruniy yaxshi odob ham, yomon hulq-atvor ham ko’proq oila tarbiyasiga bog’liq ekanligiga ko’ra olgan olim. Agar oilada tarbiyaning yaxshi usullaridan to’g’ri foydalanilsa oila baxtli bo’ladi, bunda tarbiyada bir hil talab bir hil maqsad qo’yilmog’i albatta zarur, deydi olim. Beruniyning oilada odob-ahloq tarbiyasini amalga oshirish va uning metodlarini takomillashtirish sohasidagi fikrlari ham diqqatga sazavordir. Bu fikrlar yosh avlodni o’z ota-oansiga mehr-muxabbatli bo’lishiga boshqacha aytganda, o’z yaratuvchilari oldida bir umr qarzdor bo’lib yashashga da’vat e’tadi, bolalarda katta yoshdagi kishilarga hurmat e’zozlash munosabatida bo’lishga intilishini tarbiyalashdan ta’lim bergan.
“Oilada farzandga eng yaqin do’st bu unga tarbiyaga bergan ota-onasidir” deb bayon etgan XIX asrning oxiri, XX asrning boshlarida yashab ijod etgan mutaffakir Ahmad Donish bolalarni katta masulyat bilan va puxta o’ylab, tarbiya qilish ota-onaning burchi deb hisoblaydi. Ahmad Donishning ta’lim tarbiya borasidagi tavsiyalari hozir ham o’z kuchini yo’qotgan emas. Yusuf xos Hojibning oilaviy odob va tarbiyaga oid qarashlari negizida muayyan millatning turshmush tarzi e’tqodlarini yotganligining guvoxi bo’lamiz. Shuning uchun ham oila va uning ko’p asrlik an’analari muhim qadriyatlar sifatida e’zozlanadi.
Sharoitda oilada yashovchi kishilarning bir-biri oldidagi, xususan, er-xotinning bir-biri oldidagi, ota-onaing bolalari oldidagi, bolalarning ota-onalari oldidagi burchlari aniq belgilangan.
Ota-onalar o’z bolalariga tarbiyaning umumiy va xususiy axloqning muayyan vaziyatlarning maqsadlari asosida talablar qo’yishlari mumkin va lozim. Lekin kattalarning eng muxim darajadagi talabchanligi ularning bolalariga ana shunday darajadagi talabchanligi, ishonchi va xurmati bilan uyg’un bo’lishi kerak. Aks holda talabchanlik tazyiqqa va majbur etishga aylanib qoladi. Yuqori talabchanlik ishnoch va xurmat oila tarbiyasining eng yaxshi omilidir. Oilada farzandni tarbiyalashning o’ziga xosligi shundaki, u bolalarga ota-onalarning ota-onalik, qon-qarindoshlik xislatlarini uzatib, shaxsning umumiy va xissiy rivojlanishiga ta’minlab qolmay, balki shaxsning mavjud imkoniyatlarini va axloqiy kamolotini xam o’stiradi. Shu sabab shaxsning shakllanishida oilaning o’rni kattadir.
Ona bo’lishlik, buyuk bir nematu nazirsiz bir sharafdir. Faqat bunday sharofatga munosib bo`luvchilar onalik vazifalarini va xotinlik xizmatlarini o`rniga qo`ysalargina sazovor bo`ladilar.
Bola tarbiyasi hifzi sihatu ilmi ahloq, ilmi ruhu shariat qoidalaridan ko`p narsalar bilishiga va ko`p tajribalar hosil qilishga zarurat bo`lganidan qisqacha bo`lsa ham, bu narsalar haqida bir qadar ma`lumot berish va shu ma`lumotni kundan-kunga ortirib borishga tirishqoqlik onalar zimmasidagi vazifalardir. Bolani vaqtli uxlatish, zaruratga qarab yuvintirish, kiyimlari va tanasini pok tutish, go`zal xulqlarga odatlantirish, atak-gechak deganidan boshlab, to tili chiqqunga qadar, alohida e`tabor berish lozim.
Bola tarbiyasi yomon niyat va qo`pollik bilan emas, balki sabr-toqat, mehribonlik, shavqatu sezgirlik bilan bo`lishi kerak. Bundan esa, bolani tizgingiz hayvon kabi o`z holiga qo`yish lozim degan gap chiqmaydi. Zarar bilan foydani ayira olmagan yoki go`dakni nazoratsiz tutish ulug` xatolikdir. Balki uni qattiqlik bilan yumshoqlik o`rtasida, adolat bilan tarbiya qilmoq kerakdir.
Onasining buyruqlariga jazo yoki tanbehdan qo`rqib emas, balki bu xurmatli homiysiga ishonmog`iga komil sevgani sababidan shtat etgan bola adolat bilan tarbiyalangan bo`ladi.
Adolat o`lchovi ushbudir: ota-onaga itoatki, dinga hurmatni, tug`ishgan qarindosh urug`lar, yaqin yiroq hamda elu yurt, xalqini sevishni har bir kattayu kichik bilan yaxshi muomilali bo`lishini bolalarning qonlariga sut bilan singdirmoq lozim. Bu kabi ishlar ota hamda yaqin qarindoshlar zimmasida bo`lsada, ammo ulug` mas`uliyat onalar zimmasiga tushadi deb (Rizouddin ibn Faxruddin “Oila” Toshkent “Mehnat”-1991) ta`kidlaydi.
Yana u bolaga yalqovlikning yomon illat ekanini tushuntirmoq, intilish va g`ayratning kamolot ekanini bildirmoq, o`zidan ulug` bo`lganlarni hurmat yetmoqni va kichiklarga marhamatli bo`lmoqni o`rgatmoq, ko`ngildan hasadu-dushmanlik, takkaburlik, g`iybat yoki yolg`on so`ylamoq kabi buzuqlik ziranganlarini chiqarib, ular o`rniga Alloh muhabbatiyu sabot, iqtisodu adolat urug`larini sochmoq bolaning go`zal xulq-atvorli bo`lmog`iga sababdir.
Onalar vazifalari bu ravishda ma`lum narsalar bo`lgani, qo`llarida bolalarning xush-xulq va tarbiyali bo`lishlarini orzu etganlari holda, tarbiya usulidan xabarsiz bo`lganlaridan nuridiydalari bo`lgan bolalariga yomon ta`lim berdilar. Chunki, ta`lim bolalarga “unday bo`ling, bunday bo`ling!” deb buyurish va yomonlikdan tiyishi bilan chagaralab qo`yishgina emas, balki ulug`larning barcha harakatlari orqali yoshlarga dars berishdan iboratdir. Fe`l-atvor bilan ta`sir ko`rsatish til bilan bo`lajak darslarga nisbatan ta`sirliroq bo`ladi.
Garchi bir ona bolasiga tili bilan go`zal narsalar o`rgatsada, fe`li yomon bo`lsa, u yomon xulq o`rgatuvchi sanalur. Xero, yosh bolalar ota-onalaridan ko`rgan narsalarga taqlid etadilar. Ota-onaning xulqlari bolalar uchun misoli tabiat xukmidir. Bolalar ko`z o`ngida buzuq va nojul ishlarni qilishga o`rgatmoqning o`zidir. Mastlik aravasiga chiqib olib bolasiga ot jilovini tutqazib, bozordan qaytib keluvchi ota qanchalik jonsiz yog`och kabi harakatsiz qaytar bo`lsada bolasiga: “Ey bolam! Men kabi, ichimlik ichmakni odat qil! Bu dunyoga kelib yor-birodarlarim orasida sharafli bir kasbga ega bo`la olmaganim kabi, sen ham badbaxt o`laroq umr kechir!”, deya axloqsizlikni o`rgatadi. Bunday ikki oyoqli hayvonning bolasi ulg`ayganda to`rt oyoqli hayvon bo`lishi tabiiydir.
Bola tarbiya etuvchilar eng yosh chog`idan boshlab bolaga yaxshiyu yomon narsalarni bildirganlar.Xususan, tozaligu poklikka odat etadilar, harishu odatlarini qoidaga qo`ydirarlar. Aqllari yetuk bo`lganida tabiiy narsalarga ham zehnlarini sarf qiladilar. Masalan, imoratu yurtlar, tog`I toshlar, chashmayu jilg`alar, yeru ko`k, oyu quyosh, yomg`iru qor, bo`ronu shamol kabi narsalar haqida qisqa-qisqa bo`lsada ma`lumot bayon etarlar. Bundan so`ngra Qur`oni sharifu hadisi jalildan yengil va qisqa bo`lganlarining ma`nolarini anglatib, buyuk olimlaru mashhur faylasuflarning maqolalarini so`zlarlar hamda islom tarixining eng muhim moddalaridan xabardor qilarlar. Ibratni o`z ichiga oluvchi mhikoyatlaru misollar so`zlab, birgalikda muhokama etarlar.Lozim e`tiqodlarni salaf e`tiqodiga muvofiq ravishda ochiq anglatarlar, farz, harom, vojib kabi islom hukmlarini bildirarlar. (“Oila” Toshkent-“Mehnat” - 1991)
Taraqqiyotning har bir bosqichida tarbiya masalasi, ziyoli, ma`rifatparvar, ilg`or fikrli kishilar va jamoatchilikning diqqat markazida muntazam muhokamasida bo`lgan. Chunki, har qanday rivojlanish muayyan ijtimoiy evrelimlar, yangicha iqtisodiy munosabatlar, madaniyatlararo ta`sirlarning maxsuli bo`lib, mazkur jarayon insonning nafaqat kundalik faoliyatiga, balki uning fe`liga, tafakkuriga, ma`naviy qiyofasiga va hatto ahloqiga ham to`g`ridan-to`g`ri ta`sir etadi.
Tarbiya masalasining taqdiri esa, jamiyat a`zolari tomonidan ana shu ta`sirning salbiy yoki ijobiy jihatlari naqadar anglab yetilganiga va ularga nisbatan ijtimoiy immunitetning nechog`lik shakllanganiga bog`liq.
Qadimdan ota-bobolarimiz tarbiya ishini so`z va amal birligi bilan amalgam oshirib yuksak natijalarga erishib kelgan. Ular yoshlarga pandu nasixatlar qilishgan.
O’rta Osiyo, jumladan, O’zbekiston jamiyatida tarbnya borasida to’plangan va izohlangan tarbiya usulubi kamol topayotgan yosh avlod ta’limi va tarbiyasida ma’rifiy ahamiyatga ega ekanligi qayd etildi. Mustaqillik munosabati bilan ko’zi berkitilgan bo’yoqlarga qayta hayot baxsh etilganidek, o’tmishda yashab ijod etgan olimu fuzalo, muallimu muallimalar, qisqasi, xalq mutafakkirlarimnz ijodiga qiziqish kuchaydi. Qimmatli asarlar yaratgan Abu Ali ibn Sino, Beruniy, Farobiy, Alisher Navoiylardan tortib XIX asrning oxiri, XX asrning ma’rifatparvarlari Ahmad Donish (1827—1897), shoir Zokirjon Xolmuhammad o’g’li Furqat (1858—1909), satirik shoir Muhammad Aminxo’ja Muqimiy (1851—1905), Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889—1929) va boshqalar xalqimiz uchun tarbiya borasida ulkan va o’lmas asarlar yaratdilarkim, ularning mazmuni bilan to’la tanishish vaqti etib keldi. Chunki nomlari zikr etilgan mo’tafakkirlarimiz va ularning asarla-rn xalqimizning moddiy va ma’naviy boyliklari hisablanad». Bizning bu boyliklar bilan g’ururlanishga qonuniy haqqimiz bor. Ular xalqimiz tomonidan ming yillar davomida to’plangan, tajribadan o’tkazilgan tarbiya uslublarini barkamol inson kamoloti uchun, inson va uning tarbiyasi, inssniyllk g’oyalari uchuy bo’lgan intilishlarini to’pladilar, targ’ib etdilar. Biz ularnnng asarlari va faoliyatlariga oilaviy tarbiya muammolari nuqtai vazaridan to’xtalib o’tmoqchimiz.
Agar qadimgi yunon faylasuflari Platon va Arastular bola tarbiyasini davlat ixtiyoriga qo’yib, tarbiya jarayonidagi barcha zarur ishlarni davlat majburiyatiga ag’darib, bola tarbiyasi bilan shug’ullanish jamiyat va davlat manfaati uchun zarur va foydaliroq deb ta’kidlab, bu tarzdagi qarashlari bilan tarbiyani ota-ona gardanidan soqit qilgan bo’lsalar, ibn Sino buning aksini, ya’ni bola tarbiyasi bilan avvalo oila, ota-ona shug’ullanmog’ya lozim, deydi.
Abu Adi ibn Sinoning tarbiyaga oid qarashlari deyarli barcha asarlarida o’z ifodasnni topgan. «Tadbir al-manozil» kitobida tarbiyaning asosiy uslublarini sanab ko’rsatib, agar oila bu tarbiya uslubini to’g’ri tatbiq eta olsa, qo’llay olsa oiladagi bolalar hayotlarida o’z baxtlariga tez erishadilar, degan g’oyani ifodalaydi. Ibn Snnoning ta’kidlashicha, oiladagi otaning tabiatan yumshoqko’ngil bo’lishi, shirin so’zli bo’lishi bola tabiatini buzadi. Oilada bosh tarbiyachi otadir deb hisoblaydi. Uning fikricha, ota bolalar tarbiyasida qattiqqo’llik va hatto lozim bo’lsa, jazo berishga qadar ta’sir ko’rsatuvchidir.
«Otaning bola tarbiyasi bilan" shug’ullanishi, albatta, lozimdir. Bolaga odob o’rgatish, ilm o’qitish dastlab ularga aytish va ko’rsatish bilan bo’ladi. Bolalar bunga quloq solmasalar, urish, so’kishlar ham ishlatiladi. Shuning uchun avval sizlarga eng zarur.
Ey o’g’illarim, bilinglarki, kelajakda oldingizda turli-tuman ishlar kelib chiqadi, boshlaringizga har xil savdolar tushib, fe’l-atvorlaringiz o’zgarib boradi»,— deb yozgan edi Donish o’z o’g’illariga.
O’z o’g’illariga shaxsiy manfaatlar bilan ijtimoiy manfaatlarni birga qo’shish zarurligi haqida «jamiyat va oila manfaatlarini himoya eting» deb yozadi.
Biz Hamzaning tarbiyaga oid merosini ko’zdan kechirar ekanmiz, unda har tomonlama rivojlangan insonning kamol topishida oilaviy tarbiyaiing roliga katta ahamiyt berilganini, bola tarbiyasida ota-ona, o’qituvchi hamda jamoatning samarali ta’siriga e’tibor berilganini ko’ramiz.
Xalq bola boshidan deb bejiz aytmagan. Axloqiy tarbiyaga oilada asos solinadi. Bu o’rinda ota-ona bosh namuna hisoblanadi. Ayniqsa, uiing shaxsiy ibrati beqiyosdir. Oilada bola to’g’ri "tarbiyalansa, jamiyatning haqiqiy fuqarosi etishadi. Ota-onalar o’z farzaidlarini aqlli, bilimli, sog’lom, odobli qilib o’stirishlari lozim. Chunki ular birinchi tarbiyachilardir.
Bolalarda ota-onalarga hurmat, ular uchun sarflangan moddiy va ma’naviy mehnatning qadriga etish, oilaviy munosabatlarga ongli qarash tuyg’ularini o’stirish muhim tarbiyaviy omillardan biridir.
Oilaviy tarbiyada ota-onaning shaxsi ham muhimdir. Ular ma’naviy jihatdan yuksak, axloqiy pok, odobli va madaniyatli bo’lmoqlari kerak. Agar ular o’zlarining shaxslari bilan bolalarga namuna bo’lmasalar, u oiladan tarbiyalangan farzand kutib bo’lmaydi.Xalq «Qush uyasida ko’rganini qiladi», deb bekorga aytmagan.
Ota-onalar bolalarni to’g’ri tarbiyalashlari uchun avvalo o’zlari tarbiyalangan bo’lishlari shart. Bolalarni moddiy jihatdan etarli darajada ta’minlashlari kerak. Aks holda, fojiaviy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bola bola emas, balo bo’lib etishadi.
Savodxon oilada tarbiya topgan Abdulla Avloniy avval eski maktabda, so’ngra madrasada o’qidi va o’z davrining o’qimishli ziyolisi sifatida voyaga etdi.
Oktyabr to’ntarishiga qadar «Turkiy guliston yoxud axloq», «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim», «Gulistoni maktab» singari tarbiyaga oid asarlar yaratdy, yangi usulda o’qitiladigan maktablar ochdi. «Adabyayot yoxud she’rlar» deb nomlangaya 6-jildli she’rky to’plamlarini ham yangi tipdagi maktablarda o’qitishni mo’ljallab tuzgan edi. Biz bu asarlarnnng ayrim-larini oilaviy tarbiya ruknida nazardan o’tkazamiz.
Abdulla Avloniy tomonidan 1912 yilda nashr qilingan va 1915—1917 yillarda qayta nashr qilingan «Ikknnchi muallim» kitobi «Birinchi muallim»ning bevosita davomi bo’lib; axloqiy hikoyalar uslubida bayon etilgan. Hikoyalarnnng aksari nasriy bo’lib, ularning barchasi bolalarning yoshiga, aqliga mos holda xalq og’zaki ijodi durdonalaridan foydalanish asosida yozilgandir. Bu hikoyalarda ota-onani hurmatlash, qadriga etish, halol mehnat qilish, ilmli bo’lish kabi axloqqa oid maslahatlarni o’rgatamiz. Kitobdagi dastlabki ikki hikoya «saxiylik» va «baxillik» deb nomlaigan. Birinchi hikoyada tasvirlanishicha, Said ismli bolaning otasi har kuii o’g’liga maktabga ketishi oldidan unga 10 tiyin ovqat puli berardi. Bir kuni Said maktab yo’lida faqir kishiniuchratib qolibdi.— «O’g’lim, ikki kundan beri ochman, taom ey desam ustimdagi yirtiq chopondai boshqa hech narsam yo’q»,— debdi. Said qo’lidagi o’n tiyinlikii beradi va o’sha kunni ovqatlanmasdan o’tkazadi. Otasi o’g’lining olijanobligidan mamnun bo’ladi, «saxiy Saidim», deb olqishlaydi. Ertasiga 20 tiyin beradi. Mazkur hikoyada saxiylik, rahm-shafqat fazilat sifatida talqin qilinsa, «Baxillik»da xasislik, tor ko’ngillik qoralanadi. U bola tarbiyasida bola yashab turgan sharoit muhim, kishilarning roli katta ekanligini ko’rsatadi va bu sohada oila, maktab sharoitini nazar-e’tibordan chetda qoldirmaydi. Tarbiya bolaning axloqiga, xulq-atvoriga kuchli ta’sir etishini e’tirof qiladi va ota-onalarni o’z bolalarini tarbiya qilishga cha-qiradi.
Abdulla Avloniy sog’lom fikr, yaxshi axloq, ilm-ma’rifatga ega bo’lish uchun badanni tarbiya qilish zarurligini aytib, bolani sog’lom qilib tarbiyalashda dastlab oilaga, ota-onalarga murojaat qiladi va sog’lom badanga zarar keltiradigan narsalardan saqlanishni tavsiya etadi.
Abdulla Avloniy o’zining butun kuch-quvvati, ijodi, umrini o’z xalqining baxt-saodati yo’liga sarf etdi. Ota-onalarning bevosita raxbarligida Turkiston uchun muqobil farzandlar yetishtirishga bel bog’ladi va umrining oxirigacha bu yo’ldan chekinmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |