Sangvinik. Optimal qo`zg`aluvchan, muvozanatlashgan, harakatchan tip. rangvinik bolalarda shartli reflekslar oson va tez hosil bo`lib, ular ancha barqaror bo`ladi. Javob reaksiyalari qo`zg`atuvchilar kuchiga mos keladi. Tug`ri tashkil qilingan o`quv ishlari va kun tartibi miya po`stlog`ining yuqori ish qobiliyatini, optimal qo`zg`aluvchanlik holatini saqlaydi. Bolalarda nutq yaxshi rivojlangan bo`lib, so`z boyligi keng bo`ladi. Odatda bunday tipdagi bolalar jamoada gapga chechan, tashabbuskor, intizomli bo`lib, fikrni aniq va kerakli joyida ifodalashishi bilan ajraladi, Ularni o`qitish va tarbiyalash oson, sangvinik bolalar atrofdagilar bilan oson muloqotda bo`ladi. Ularning nutqi yaxshi rivojlangan. Sangviniklarda mustahkam shartli reflekslar tez hosil bo`ladi.
Flegmatik. Optimal qo`zg`aluvchan, bosiq, sekin tip. Bu tipdagi bolalarda shartli reflekslar sekinlik bilan hosil bo`ladi. Bunday bolalar bosiq xulq —atvori bilan ajralib turadi. Hosil bo`lgan shartli reflekslar mustahkam bo`ladi. Bolalar og’ir — vazmin, ko`pincha, yaxshi o`qiydi. Qiyinchiliklarni yengishda yetarlicha tirishqoq bo`lishadi. Berilgan topshiriqni puxtalik bilan bajarishga harakat qilishadi. Murakkab topshiriqlarni bajarishga loyiq. Flegmatiklar ravon, lekin sekin nutqga ega, ularda yetarlicha so`z boyligi mavjud, ko`proq eshitadi, kam gapirsa ham, o`rinli so`zlashadi. Ularni shoshiltirib bo`lmaydi, chunki, shoshiltirganda ular butunlay ishini tashlab ketishlari mumkin. Bu tipdagi bolalarda shartli reflekslar sekin paydo bo`ladi, lekin shartli reflekslarning o`chishi ham sekin bo`ladi.
Xolerik. Kuchli, qo`zg`aluvchan, o`zini tuta olmaydigan tip. Bunday bolalarda miya po`stloq osti faoliyatining yuqori qo`zg`aluvchanligi va miya po`stlog`ining yetarlicha boshqaruvi bo`lmaganligi kuzatiladi, shartli reflekslar tez hosil bo`ladi, qo’zg’alish jarayonlari tormozlanishdan ustun bo`ladi. Bunday bolalarni o`qitish va tarbiyalashda bardosh, e’tibor, tirishqoqlik talab etiladi. Bolalarda nutq tez bo`linib ketuvchan va emotsional bo`ladi. Bu tipga kiruvchi bolalarda qiziqish, o`qishish va boshqa kutilmagan qiliqlar ko`proq uchraydi. Ularning nutqini tushunib bo`lmaydi, chunki so’zlar va gaplar bir — biri bilan bog’lanmagan bo`ladi. Xoleriklar fikrni qiyin ifodalaydi. Bu tipga kiruvchi bolalarni tarbiyalash qiyin. Ulardagi shartli reflekslar barqaror emas.
Melanxolik - sust qo`zg`aluvchan, kuchsiz tip. Melanxoliklarda shartli reflekslarning sekin hosil bo`lishi, katta yarim sharlar po`stlog`i va po`stloq osti markazlarining sust qo`zg`aluvchanligi tufayli ro`y beradi. Kuchli va uzoq ta’sirlar nerv tizimining tez charchashiga sabab bo`ladi. Bunday bolalar tez —tez asabiylashadilar. Melanxolik tipdagi bolalar ko`pincha o’zi bilan o’zi bo`lib, sal narsaga suyunib, sal narsaga xafa bo`lishi mumkin. Xafachilik va xursandchilik ularda uzoq davom etadi. Ular ko`pchilik bilan muloqotda bo`lishni yoztirmaydilar. Bolalar nutqi yaxshi rivojlanmagan, fikrni ifodalash ham ular uchun qiyin. Melanxoliklar soglomlashtirish muolajalariga muxtojdirlar. Ko`pchilikning o`rtasida ularni tarbiyalash qiyin. Ichki tormozlanish jarayonlari kuchsiz, tashqi tormozlanish jarayonlari esa, aksincha, kuchli. Bu tipga kiruvchi bolalar tez charchaydi. Shularni e’tiborga olib, maktab shifokori va o’qituvchilar tarbiyaviy o`qitish jarayonlarini olib borishlari zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |