L. X. Alimova yosh fiziologiyasi va gigiyena buxoro ‒ 2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Download 5,47 Mb.
bet54/149
Sana02.07.2022
Hajmi5,47 Mb.
#731115
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   149
Bog'liq
1. darslik yigilgani luiza

Qiyosiy tormozlanish. Miya yarim sharlar po`slog`ida shartli refleks faqat shartli ta`sirga nisbatan hosil bo`lmasdan, balki shu ta`sirga yaqin ta`sirlovchilarga nisbatan ham bog`liq bo`ladi. Shartli ta`sirlovchining rangi, shakli, tovush balandligi bir oz o`zgartirilgudek bo`lsa, hosil qilingan shartli refleks tormozlanadi.
Kechikuvchi shartli refleks. Agar shartsiz ta`sirlovchi kechiktirilib ta`sir qilinsa, shartli refleks ta`sir berilishi bilanoq emas, balki bir oz kechroq hosil bo`ladi. Kechikuvchi shartli reflekslar bog`cha, maktab yoshidagi bolalarda juda qiyinlik bilan hosil bo`ladi. Bu bolalar oliy nerv faoliyatining tipiga bog`liq.
Shartsiz va shartli reflekslar orasida quyidagi farqlar tafuvut qilinadi.
Shartsiz reflekslar tug`ma bo`ladi. Shartli reflekslar esa hayot tajribasi asosida ro`y beradi.
Shartsiz reflekslar barcha uchun taxminan bir xilda kechadi. Shartli reflekslar esa har bir organizmda o`ziga xosdir.
Shartsiz reflekslar organizm umrining oxirigacha saqlanadi. Shartli reflekslar esa yashash sharoitiga qarab o`zgarib turadi.
Shartsiz reflekslar turli biologik ta’sirlar (og`iz —ovzatga bog` liq ta’sirlar, og`riqni keltiruvchi ta’sirlar va h.k.) t u f a y l i vujudga keladi. Shartli reflekslar esa ilgari farqsiz bo`lgan ta’sirlovchilarga nisbatan ham hosil bo`laveradi.
Shartsiz reflekslar avtomatik tarzda bajariladi. Shartli reflekslar esa sharoitga qarab tormozlanishi mumkin va bunday paytda ular organizmni himoya qiladi.
Shartli yoki hayot davomida orttirilgan reflekslarning markazi bosh miya yarim sharlar po`stlog`i va markaziy nerv tizimining turli bo`limlarida joylashadi. Shartsiz reflekslarning markazi orqa miya va miya sopida joylashgan
4.2 Oliy nerv faoliyati
Nerv tizimining tez—tez o`zgarib turadigan, uning tashqi sharoitga moslashishini ta’minlaydigan funksiyasi oliy nerv faoliyati deb nomlanadi. Oliy nerv faoliyati odam va hayvonlar xulq —atvorini, ulardagi ruhiy jarayonlarni va miyada, ayniqsa katta yarim sharlarda, turli ijtimoiy harakatlar va ruhiy jarayonlarning mexanizmlarini o`rganadi. Bunday jarayonlarga fe’l — atvor, instinkt, hissiyot, mayl —istak, ehtiyoj, uyqu va bedorlik, signal tizimlari, bosh miyada nerv jarayonlarining faolligi kabi murakkab ruhiy fiziologik hodisalar kiradi.
Oliy va quyi nerv faoliyatlarini qat’iy ajratish qiyin, chunki ularning faolligi bir-biriga bog`liq. Quyi nerv faoliyatining fiziologik asosi—shartsiz reflyekslardir. Oliy nerv faoliyatining fiziologik asosi shartli va shartsiz reflekslarning yig`indisidir. Oliy nerv faoliyati, I.P. Pavlov ta’rifi bo`yicha, odamning fe’l — atvoridir. Fe’l —atvor esa tug`ma va hayot davomida orttirilgan harakatlar—instinkt va reflekslardan iborat bo`ladi. Odamning xulqi, idroqi, fikrlashi, ongi va barcha ruxiy xususiyatlari oliy nerv faoliyati bo`lib, u bosh miya yarim sharlari va ular po`slog`ida joylashgan nerv markazlarining normal funktsiyasiga bog`lik. Odamning oliy nerv faoliyati murakkab reflekslar orqali namoyon bo`ladi. Bu reflekslar odamning tashqi muhit bilan bog`lanishini, uning har xil sharoitga moslashuvini ta`minlaydi. Odamning barcha ixtiyoriy harakatlari, fikrlashi va ruhiy holatlari reflekslar orqali sodir bo`lishini mashhur rus fiziologi I.M.Sechenov 1863 yilda yozgan “Bosh miya reflekslari” deb nomlangan kitobida birinchi bo`lib ko`rsatdi . Uning reflekslar haqidagi fikrini taniqli olim I.P.Pavlov yanada rivojlantirib, shartli reflekslar haqidagi taminotni yaratdi . U odamning oliy nerv faoliyati shartli reflekslar orqali namayon bo`lishini isbotlab berdi.

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish