L. X. Alimova yosh fiziologiyasi va gigiyena buxoro ‒ 2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Download 5,47 Mb.
bet53/149
Sana02.07.2022
Hajmi5,47 Mb.
#731115
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   149
Bog'liq
1. darslik yigilgani luiza

Shartli reflekslarning tasnifi.
Ta’sir etuvchi signalning tabiatiga qarab tabiiy va sun’iy shartli reflekslarni ajratish mumkin. Tabiiy reflekslarda signal sifatida shartsiz tabiiy signallar— ovqatning hidi, ko`rinishi ishtirok etsa, sun’iy reflekslarda signal xoxlagan indifferent (befarq) ta’sirlagich, masalan, idishning ko`rinishi, elektr chirog`ining yorug`ligi va qo`ng`iroq ovozi bo`lishi mumkin. Tabiiy shartli reflekslar tez va oson hosil bo`ladi. Sun’iy shartli refleksli hosil qilish uchun ma’lum bir vaqt zarur.
Shartli reflekslar somatik va vegetativ reflekslarga ham bo`linadi. Somatik reflekslarda skelet muskullari va paylari ijrochi a’zolar bo`lib, ular tananing fazodagi harakatini ta’minlaydi. Vegetativ reflekslarda ijrochi a’zolar sifatida turli ichki a’zolar ishtirok etadi.
Shartli reflekslar biologik ahamiyatiga qarab ovqatlanish, himoya va jinsiy shartli reflekslarga bo`linadi.
Shartli reflekslar uning faoliyat natijasiga ko`ra, musbat va manfiy (tormozlovchi) shartli reflekslarga ham ajratiladi. Agar shartli refleksning ko`rinishi harakat yoki sekretor aktlari bilan bog`liq bo`lgan bo`lsa, bunday shartli reflekslar musbat deb nomlanadi. Agar refleksda hech qanday harakat aktlari kuzatilmasa, bunday reflekslar manfiy yoki tormozlovchi reflekslar deb nomlanadi. Musbat va manfiy reflekslarning o`zaro ta’siri bolaning tashqi muhit bilan munosabatlarini o`rnatish uchun muhimdir. Masalan, intizom bilan bog`liq bo`lgan harakatlar ayni shu xildagi reflekslar shakllanishi bilan bog`liq. Jismoniy tarbiya darslarida turli gimnastik mashqlar bajarilganda bolalarda himoya manfiy reflekslar tormozlanib, musbat harakat reflekslari faollashadi.
Shartli reflekslar ishlab chiqarilganda mustahkamlovchi omil sifatida oldin ishlab chiqilgan reflekslar ham xizmat qilishi mumkin. Masalan, idishlarni ko`rgandan keyin so`lak ajralish refleksi (birinchi tartibli refleks) bor bolaga qo`shimcha shartli ta’sirlovchi (stolga idishlarni quyishdan oldin fartukni bog`lash) qo`llanilsa, bolada so`lakning ajralishi fartukni bog’lash bilan boshlanishi mumkin. Bunday reflekslar ikkinchi tartibli reflekslar deb nomlanadi. Uchinchi, to`rtinchi va oliy tartibli reflekslar ham ma’lum. It va maymunlarda to`rtinchi tartibli reflekslarni ishlab chiqarish mumkin. Odamda esa yigirmanchi tartibli reflekslarni ham ishlab chiqarish mumkin. Maktab yoshidagi bolalarda, odatda, oltinchi, yettinchi tartibdagi reflekslar kuzatiladi. Bolalarning so`zlashuvida va tushunchalarni hosil qilishida yuqori tartibdagi reflekslar yotadi.
Vaqt reflekslari ham muhim ahamiyatga ega. Bo`lar doimo bir xil paytda bo`ladigan ta’sirlovchilarga nisbatan kuzatiladi. Masalan, doimo bir vaqtda ovqatlanish, uyquga ketish, uyg`onish va boshqa sodda reflekslarning kompleks va zanjirsimon tarzda kechishi vaqtga qarab ro`y berishi mumkin.
Tarbiyaviy ishlarida taqlid qilish reflekslari ham muhim ahamiyatga ega. Buni ishlab chiqarish uchun ma’lum bir harakatni kuzatish kifoyadir. Masalan, hayvonda bir refleks ikkinchi hayvonning ko`zi oldida ishlab chiqarilsa, ikkinchi hayvonda ham xuddi o`sha reflektor harakatlar paydo bo`ladi. Bolalarda tahlid qilish reflekslari xulq—atvor, nutq va ijtimoiy harakatlarni shakllantirishda muhim rol o`ynaydi.
Ekstrapolyatsion reflekslar—turli hayotiy voqealarni oldindan bilish va sezish bilan bog`liq, muhim ahamiyatga ega bo`lgan reflekslardir. Ular tajribali pedagog va tarbiyachilarning amaliyotida keng qo`llaniladi.
Shartli reflekslarning tormozlanishi.
Tormozlanish ikki xil: tashqi, ya`ni shartsiz tormozlanish va ichki, ya`ni shartli tormozlanish bo`ladi.
Tashqi tormozlanish. Shartli refleks hosil bo`layotgan davrda tashqi muhit sharoitining birdan o`zgarishi miya po`slog`ida yangi qo`zg`alish uchog`ini hosil qiladi va shartli refleks markazini tormozlaydi. Bunday tashqi ta`sirlovchilarga turli tovushlar, xonadagi yorug`lik, shamol va boshqalar kiradi. Tashqi tormozlanishni hosil qiladigan ta`sirlovchilar shartsiz ta`sirlovchi deb nomlanadi. Masalan dars vaqtida ko`chadan avtomobil ovozi eshitilganda o`quvchilarning diqqati chalg`idi. Miya po`slog`ida ikkilamchi qo`zg`alish markazi vujudga kelmasa ham tormozlanish paydo bo`lishi mumkin.
Shartli tormozlanish. Shartli ya`ni ichki tormozlanish markaziy nerv sistemasining yuqori bo`limlariga xos bo`lib, shartli ta`sirlovchi shartsiz ta`sirlovchi bilan mustahkamlanmaganda, ikkita qo`zg`alish o’chog’i vaqtining bir-biriga zid kelishi natijasida hosil bo`ladi. Shartli tormozlanish hayot davomida asta-sekin paydo bo`ladi. Shartli tormozlanish so`nuvchi, qiyosiy va kechikuvchi turlarga bo`linadi.
So`nuvchi tormozlanish. Agar odam egallagan bilim, xunar, kasbini uzoq, vaqt davomida takrorlab turmasa, uning esidan chiqadi, hosil bo`lgan shartli refleks so`nadi, ya`ni bu refleksning miyadagi markazida ichki so`nuvchi tormozlanish holati yuzaga keladi. Natijada odamning o`rgangan bilimi, xunari esidan chiqadi. Ammo bu bog`lanish yo`qolsa ham ma`lum vaqtgacha uning izi qoladi. Shuning uchun odam unutgan narsalarini takrorlasa u tez esiga keladi. Odamning— kundalik hayotida so`nuvchi tormozlanish muhim ahamiyatga ega. So`nuvchi shartli refleks qaytadan tiklanishi mumkin, bu nerv sistemasining tipiga, so`nish darajasiga, bolaning yoshiga boqliq bo`ladi.

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish