L. X. Alimova yosh fiziologiyasi va gigiyena buxoro ‒ 2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Oliy nerv faoliyatining xususiy tiplari



Download 5,47 Mb.
bet58/149
Sana02.07.2022
Hajmi5,47 Mb.
#731115
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   149
Bog'liq
1. darslik yigilgani luiza

Oliy nerv faoliyatining xususiy tiplari
Odamlarda oliy nerv faoliyatining tipi ikkinchi signal tizimi tufayli o`ziga xos bo`ladi. Shuning uchun ham I.P.Pavlov odamlarda oliy nerv faoliyatining qo`shimcha uchta maxsus (badiiy, fikrlovchi va o`rtacha) tiplarini ajratdi.
Badiiy tip. Bu tipdagi bolalarda birinchi signal tizimi ikkinchi signal tizimidan ustundir. Bu tipga kiruvchi odamlar atrof — muhitni, tashqi dunyoni siymoli qabul qilish, hissiyotlar orqali tafakkur qilishi xosdir.
Fikrlovchi tip. Bu tip vakillarida ikkinchi signal tizimi birinchi signal tizimiga nisbatan ustundir va ular uchun abstrakt tafakkur xos. Tafakkurlash davomida bu tipdagi odamlar abstrakt ramzlar va g’oyalar orqali atrof dunyoni nozik analiz va sintez qila olish qobiliyatiga ega.
O’rtacha tip. Urtacha tpidagi odamlarda ikkala signal tizimining muvozanati bilan tasniflanadi. Bu tip ko`pchilikda uchraydi.
Hozirgi vaqtda to’rtinchi — ikkala signal tizimi o`ta rivojlangan tipni ham ajratishadi. Bu tip kamdan kam uchraydi va u faqat genial odamlar uchun xosdir.
Yuqorida aytib o`tilgan tiplardan tashqari, ko`pchilik bilan muloqotlar asosida odamda ekstrovert, introvert, sensor, sensitiv, intuitiv, mantiziy va emotsional tiplarni ham ajratish mumkin.
Ekstrovert tipdagi odamlar uchun his—hayajonga tamomila berilganlik, ba’zan muomala va faoliyatning zarurligi, maqsadga intilish, ko`p gapirish, qiziqishlarning doimiy emasligi, ba’zan maqtanchoqlik xos. Ular ob’ektiv dalillarga suyanib ish tutadigan ochiq ko`ngilli odamlar. Bu odamlarning ruhiyati tashqi dunyoga qaratilgan bo`ladi.
Introvert tipidagi odamlarning butun fikri o`zini o`rab turgan dunyoga qaratilgan bo`ladi. Ular ishlarni rejalashtirib, puxta amalga oshiradi. Bu tipdagilar fanda katta yutuqlarga erishishi mumkin.
Sensor tipdagi vakillar dunyoni to`laqonli anglashga harakat qiladi. Ranglardan, hiddan, ta’mdan, ko`rinishdan estetik zavq va yaxshi kayfiyat oladi. Kelajakni qiyinchilik bilan tasavvur etadi.
Sensitiv tipdagi odamlar uchun ko`r—ko`rona odamgarchilik, tortinchoqlik xosdir. Sensitiv o`smirlar katta va yangi ulfatlarga qo`shilishdan qochishadi, tengqurlarining sho’xliklarida va qaltis ishlarida qatnashmaydilar, yosh bolalar bilan o`ynashni afzal ko`radilar. Ayrim vaqtlarda hatto sinfdoshlarining kulgusiga sabab bo`lish yoki haddan ziyod yaxshi javob bilan havasini keltirishdan xavfsirab, sinf oldida javob berishdan tortinishadi.
Intuitiv tipga kiruvchilar o`zining bahosini yaxshi bilmay, bo`layotgan hodisalarni to`la anglab olmasdan, kelajakni sezadi va ko`ra oladi. Ular kechirimli, tartibsizlikka e’tibor bermaydilar. Ko`proq «ha» yoki «yo`q» orasida ikkilanib yuradi. Lekin bu tipdagi odamlarda yangi—yangi g`oyalar paydo bo`ladi.
Mantitsiy tipdagi odamlar tashqi dunyoni sezgi va mulohazalar orqali idrok etadi. Ular har tomonlama fikrlaydi va narsa va voqealarning asosiy negizini ajrata oladi va tushunadi. Ularda yaxshi va yomon degan aniq tushunchalar rivojlangan. Mantiqiy tipidagi odamlar sezgi —hissiyotlariga ahamiyat bermaydi.
Ratsional tipdagi odamlar doimo aniq bir maqsad bilan va bir tekis faoliyat yuritadi. Harakatlari mukammal. Ular odamga aniq fikr bilan keladi. Ular kimni qanday savol berishiga qarab javob beradilar. Lekin ular faqat kerakli odamlar bilan gaplashadi.
Shuning uchun o`zini aqlidagi, fikridagi zaruriy narsani amalga oshirishga intilishadi.
Irratsional tipidagi kishilarda yengil va erkin harakatlar, vaziyatlar holatlariga ijobiy yondashish, hissiyotlarga qarab harakat qilish, odamlar bilan tez til topish xos. Ular o`ziga nisbatan doimiy e’tibor, tahsinlar va hamdardlik bildirishni istaydi. Yolgonchilik, quruq savlat va o`z—uzini ko`z—ko`z qilishga, fe’l—atvorni namoyish qilishga ishtiyoq ularda uchrab turadi. Irratsional tipiga kiruvchi bolalar tengdoshlari orasida ajralib turishga intiladi.
Yuqoridagi tiplar ko`pincha sof holda uchramaydi .

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish