4.3 Miyaning integrativ faoliyati va xulq atvor
Dinamik steriotip
Dinamik stereotip hayotimiz davomida ko`pdan ko`p ta’sirlarga javoban shartli reflekslar hosil bo`ladi. Bular bir necha marta qaytarilib avtomatik ravishda bajarilishi mumkin. Bir necha shartli refleksning ketma—ket avtomatik ravishda sodir bo`lishiga dinamik stereotip deyiladi.
Dinamik stereotipning hosil bo`lishida bosh miyada turli omillarga javob reaksiyalari dastlab generalizatsiya tarzida namoyon bo`ladi. Keyinchalik esa ichki tormozlanishning rivojlanish bosqichiga o`tib ta’sirotlarni ajratish qobiliyati kuchayadi va nihoyat, oxirgi harakatlarning shakllanishi avtomatlashish bosqichi bilan tugaydi. Qushlarning uy qurishi, hayvonlarning ov qilishi, mexnatga ko`nikma, ish rejimlari asosida ham dinamik stereotip yotadi. Ma’lum bir individga xos fye’l —atvor hosil qilishda dinamik stereotip ishtirok etadi. Barcha shaxsga xos bo`lgan hatti—harakatlarning yig`indisi—dinamik stereotipli harakatlardir. Bolalarda imkoniyati boricha ijobiy, ularning rivojlanishiga yordam beradigan dinamik stereotipli harakatlarni shakllantirish zarur. Oddiy misol: maktabdan kelib sumkasini irg`itib, poyafzalini yechmasdan uyga kirib, kiyimini almashtirmasdan ko`chaga chiqib ketgan o`quvchi, bu harakatlarni o`ylamay bajaradi. Bunday harakatlar ko`p takrorlanganligi tufayli ularning avtomatizmi va ketma—ketligi bosh miyada o`zining funksional izini qoldirgan. O`quvchi maktabdan kelib, poyafzalini yechib, uni artib joyiga qo`yib, qo`lini yuvib, sumkasini har doim qo`yiladigan joyiga qo`yib va ochib keraksiz o`quv qo`llanmalarni olib, kerakli o`quv qo`llanmalarni o`quv stoliga qo`yib, yechinib, keyin ovqatlanib, dam olib, uydagilarga yordam berishi mumkin. Bunda ham harakatlar avtomatik ravishda bajariladi. Albatta, ikkinchi holda bola juda ko`p vaqtni tejagan bo`ladi va kun davomida uzi va atrofdagilar uchun foydali bo`lgan ishlarni ko`proq bajara oladi.
Stereotipli ishlab chiqarish qiyin, ammo uni shakllantirgandan keyin saqlash juda ham oson, chunki po`stloqda fuksional kuchlanishlar bo`lmaydi. Dinamik stereotip odatlar va malakalar har bir odamning kun rejimi asosida yotadi. Bolalikda ishlab chiqarilgan stereotiplarni o`zgartirish qiyin. Shuning uchun hamma narsalarni bolaga qaratish kerak. Bolaning o`sishi, rivojlanishi, turmush sharoitlarining o`zgarishi bilan bosh miyada ma’lum muddatli yangi aloqalar paydo bo`lib, eskilari yo`qolib, yangi dinamik stereotip hosil bo`ladi. Tug`ri tashkil etilgan kun tartibi bolada tetik va yaxshi kayfiyat, o`qish va ijodga, turli o`yinlar va mashg`ulotlarga qiziqish uyg`otadi, uning rivojlanishiga yaxshi ta’sir ko`rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |