L. S. Karieva makroiqtisodiyot


(kengaytiruvchi pul-kredit siyosati)



Download 2,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/207
Sana17.07.2022
Hajmi2,99 Mb.
#816825
TuriУчебник
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   207
Bog'liq
макроиктисодиёт лотин

(kengaytiruvchi pul-kredit siyosati)
yoki qimmat pul siyosatini 
(cheklovchi pul-kredit siyosati)
olib boradi. 
Iqtisodiyot 
ishlab 
chiqarish 
quvvatlaridan 
va 
ishsizlikdan 
to‛liq 
foydalanilmayotgan vaziyatda Markaziy bank arzon pul siyosatidan foydalanadi: 
1) ochiq bozorda banklardan va aholidan davlat qimmatli qog‛ozlarini sotib 


102 
oladi; 
2) diskont stavkasini pasaytiradi; 
3) majburiy zaxiralar koeffitsientini pasaytiradi. 
Arzon pul siyosati pul taklifining ko‛payishiga yordam beradi, bu esa arzon 
kreditni oson olish imkonini beradi. Natijada sarmoyalarning ko‛payishi va 
ishbilarmonlik faolligining oshishi kuzatiladi. 
Agar mamlakat inflyasiyani keltirib chiqaradigan ortiqcha xarajatlarga duch 
kelsa, Markaziy bank qimmat pul siyosatini olib boradi: 
1) ochiq bozorda davlat qimmatli qog‛ozlarini sotadi; 
2) zaxira stavkasini oshiradi; 
3) diskont stavkasini oshiradi. 
Qimmat pul siyosati, pul massasini kamaytiradi, kredit olish qimmat va qiyin 
bo‛ladi. Natijada sarmoyalar, umumiy xarajatlar kamayadi va inflyasiya 
cheklanadi. 
Pul-kredit siyosati
 
2 xil bo‛ladi: 
1. 
Qattiq siyosat
. Bunda pul massasi qisqartiriladi, uning emissiya (pul 
chiqarish) hisobidan o‛sishi qat’iy chegaralanadi. Natijada pul massasi qisqarib, 
tovar massasiga tenglashadi. Pulning qisqarishi talabni kamaytiradi, narxlar esa 
o‛smaydi, pul birligining xarid qurbi barqarorlashadi. Pul topishga intilish 
iqtisodiyotning jonlanishiga olib keladi. Bunday siyosat biz ilgari qo‛rganimizdek, 
odatda iqtisodiyotni tanglikdan chiqarish yoki inflyasiyani bostirish uchun 
qo‛llaniladi. 
2. 
Yumshoq siyosati
.
 
Bunda davlat pul massasining ortishiga to‛sqinlik 
qilmaydi, pul emissiyasi hadeb cheklanavermaydi, natijada pul ko‛payib, uning 
arzonlashuvi yuz beradi. Yumshoq siyosat iqtisodiyot o‛sish pallasida bo‛lganda 
ko‛proq qo‛llaniladi, chunki pul massasining o‛sishiga qarab tovarlar massasi ham 
o‛sadi. Bunda tovar-pul muvozanati pulni qiskartirish hisobidan emas, banki 
tovarlarning ko‛payishi tufayli ta’minlanib turiladi. 


103 
Pul kredit siyosatini amalga oshirishning pirovard maqsadlari iqtisodiy o‛sish, 
to‛liq bandlikni, narxlarning hamda to‛lov balansining barqarorligini ta’minlashdan 
iborat.
Pul kredit siyosati vositalari albatta alohida-alohida ishlatilishi shart emas. 
Aksincha ko‛pincha bir necha vosita birdaniga qo‛llanilishi, ya’ni kompleks 
siyosat o‛tkazish amaliyotda tez-tez uchrab turadi.
Xo‛sh, pul-kredit siyosatining oqibatlari qanday? Davlat tomonidan amalga 
oshiriladigan pul-kredit siyosati YaIM, bandlik va narxlar darajasiga bevosita ta’sir 
ko‛rsatadi. Faraz qilaylik, iqtisodiyotda ishlab chiqarish qisqarmoqda va ishsizlar 
soni ortib bormoqda. Bunday sharoitda davlat Markaziy bank orqali pul taklifini 
biz yuqorida ko‛rib chiqqan vositalar yordamida oshirishga harakat qiladi. Natijada 
pul taklifi o‛sadi, foiz stavkasi esa kamayadi. Bu esa investitsiyalarga bo‛lgan 
talabni oshiradi va o‛z navbatida, YaIM miqdorining ko‛payishiga olib keladi. Bu 
bilan davlat ma’lum davrda o‛z maqsadiga erishadi, ishlab chiqarishning orqaga 
ketishi to‛xtaydi, ishsizlar soni kamayadi, jamiyatning daromadlari esa oshadi.
Pul-kredit siyosatining oqibati to‛g‛risida gapirganda, bu siyosatning qisqa 
muddatli va uzoq muddatli oqibatlarini farqlash kerak. Agarda qisqa muddatli 
davrda davlat pul taklifini oshirilishi natijasida YaIM miqdori o‛sishini 
rag‛batlantirilgan hamda ma’lum darajada samaradorlikka erishilgan bo‛lsa, uzoq 
muddatli davrda bu choralarning samaradorligi pasayishi mumkin. 
Pul-kredit siyosati asosida iqtisodiyotga pul-kredit siyosatining ta’sir etishi 
jarayonlarini o‛rganuvchi pul nazariyasi yotadi. Iqtisodiyotda pul-kredit siyosatini 
olib borishda ikkita yondashuv mavjud: Keynsiancha va monetaristik. 
Keynschilik nuqtai nazaridan pul bozori holati foiz stavkasini belgilaydi.
Shuning uchun, unga ta’sir qilib, investitsiyalarni ko‛paytirish yoki kamaytirish va 
shunga muvofiq ishbilarmonlik faoliyatiga ta’sir o‛tkazish mumkin. 
Monetaristlar nuqtai nazaridan asosiy e’tibor zanjir darajasini belgilaydigan pul 
massasiga bevosita ta’sir ko‛rsatishga qaratilishi kerak. Monetaristlar pul-kredit 
siyosatini olib borishda uzoq muddatli istiqbollarga e’tibor berishni tavsiya 
qiladilar. Milliy daromadni taqsimlash va iste’mol qilishda davlatning ishtirokini 


104 
kamaytirish kerak, chunki defitsitni moliyalashtirish moliya tizimiga putur 
yetkazadi. Moliyaviy siyosatni amalga oshirishda pul qoidalariga rioya qilish 
kerak, unga ko‛ra pul massasining ko‛payishi muntazam ravishda, lekin 
bosqichma-bosqich va bozor konyunkturasining o‛zgarishiga bog‛liq holda amalga 
oshirilishi kerak, bunda asosiy e’tibor YaIMning yillik o‛sish sur’atlarida pul 
massasi o‛rtacha 3-5% ga o‛sishi kerak. Markaziy bank pul massasining barqaror 
o‛sishini ta’minlash to‛g‛risida g‛amxo‛rlik qilishi kerak. 
Ushbu nazariyaga ikki xil yondashuvchi iqtisodchilar o‛rtasida ko‛p yillardan 
beri tortishuvlar bo‛lib kelmoqda. Bularga neokeynschilar nazariyasi va zamonoviy 
pul miqdori nazariyasi tarafdorlarini kiritamiz. Har ikki nazariya tarafdorlari ham 
pul taklifining nominal YaIM ga ta’sirini inkor etmaydilar, ammo bu ta’sirning 
ahamiyatiga har xil narx beradilar Keynschilar fikricha, monetar siyosat yuritishda 
foiz stavkasi darajasiga asoslanishi, monetaristlar fikricha esa, pul taklifining 
darajasiga asoslanishi lozim. Keynschilar bozor iqtisodiyotini tartibga solishda 
davlat aralashuvi shart deb hisoblashadi, monetaristlar esa uni ortiqcha deb 
hisoblaydilar.
Keynschilar pul taklifining YaMIga ta’sirini quyidagi ketma-ketlikda amalga 
oshadi deb hisoblashadi:
- pul taklifining o‛zgarishi foiz stavkasining o‛zgarishiga olib keladi;
- foiz stavkasining o‛zgarishi o‛z navbatida, investitsiyalarga bo‛lgan talabning 
o‛zgartiradi;
- investitsiyalarga talab o‛zgarishi yalpi talab (yalpi xarajatlarning o‛zgarishiga 
olib keladi;
- yalpi talabning o‛zgarishi ishlab chiqarish hajmiga ( YaIMga) ta’sir etadi.
Monetaristlar esa pul miqdorining o‛zgarishi bilan YaMM o‛zgarishi o‛rtasida 
yaqinroq aloqa mavjud; ya’ni, pul miqdorining o‛zgarishi bevosita YaMM 
o‛zgarishiga olib keladi deb hisoblashadi. Buni ular pulning miqdoriy nazariyasi 
tenglamasi bilan izohlaydilar.
Ayni paytda monetaristlar pulning aylanish tezligini barqaror deb 
hisoblaydilar, keynschilar esa, aksincha, beqaror deydilar.


105 
Hozirda mavjud bo‛lgan monetaristik siyosatning modellari bu ikki 
yondashuvni sintez qilgan, ya’ni, bu yondashuvlarning ijobiy jihatlarini qo‛shib, 
o‛zida aks ettiradi. Pul kredit siyosatining uzoq muddatli maqsadlariga erishish 
uchun monetaristik yondashuv ko‛proq ishlatiladi. Shu bilan birga qisqa muddatli 
davrlarda esa davlat foiz stavkasiga ta’sir etish usulidan voz kechmaydi. .
Markaziy bank bir vaqtning o‛zida ham pul massasini, ham foiz stavkasini 
o‛zgartirmasdan ushlab turaolmaydi. Pulga talab o‛sgan holatlarda maqsad foiz 
stavkasining barqarorligini ta’minlash bo‛lsa Markaziy bank pul taklifini 
oshirishga majbur bo‛ladi. Bu tadbir yumshoq pul kredit siyosati deb yuritiladi. Pul 
massasining ko‛payib ketishiga yo‛l qo‛ymaslik uchun pul taklifini cheklash 
siyosatini qo‛llash foiz stavkasining ko‛tarilishiga olib keladi va bu siyosat qattiq 
pul kredit siyosati deb yuritiladi.
Agar pulga talab inflyatsiya tasirida ko‛paysa qattiq pul kredit siyosatini 
qo‛llash maqsadga muvofiq bo‛ladi. Maboda pulga talab ishlab chiqarish va 
daromadlarning o‛sishi oqibatida oshsa yumshoq pul kredit siyosatini qo‛llash 
o‛rinlidir. Pul kredit siyosatinig ishlab chiqarish hajmiga ta’siri birinchi paragrafda 
ta’kidlanganidek pul taklifi o‛zgarishining foiz stavkasi darajasiga, foiz stavkasi 
o‛zgarishining esa investitsiya xarajatlari hajmiga (bu bilan yalpi xarajatlar 
hajmiga ham) va yalpi xarajatlar o‛zgarishining ishlab chiqarish ya’ni yalpi taklif 
hajmiga ta’siri ko‛rinishida bosqichma - bosqich ro‛y beradi. Foiz stavkasining pul 
taklifi o‛zgarishiga tasirchanligi, yoki investitsiya xarajatlarining foiz stavkasi 
o‛zgarishiga tasirchanligi past bo‛lishi pul kredit siyosatini amalga oshirishda 
muammolarni keltirib chiqaradi. Pul-kredit siyosati fiskal va savdo siyosatlari bilan 
chambarchas bog‛liq. Agarda Markaziy bank qayd qilingan valyuta kursini saqlab 
turishni maqsad qilib qo‛ysa mustaqil (ichki) pul siyosatini olib borish mumkin 
bo‛lmay qoladi. Chunki almashinuv kursini ta’minlab turish uchun valyuta 
zaxiralarini ko‛paytirib yoki kamaytirib turish iqtisodiyotda pul hajmiga bevosita 
ta’sir ko‛rsatadi. Pul-kredit va fiskal siyosatlarni muvofiqlashtirish bilan bog‛liq 
qiyinchiliklar ham mavjud. Agarda hukumat iqtisodiyotni davlat xarajatlarini 
oshirish orqali qo‛llab-quvvatlashni amalga oshirmoqchi bo‛lsa, uning 


106 
muvaffaqiyatli amalga oshishi ko‛proq pul-kredit siyosatining xarakteriga bog‛liq. 
Chunki, bu mo‛ljallanayotgan xarajatlar qimmatli qog‛ozlar (ya’ni, 
obligatsiyalar)ni chiqarish evaziga amalga oshsa, pulga bo‛lgan talab oshadi va 
natijada esa foiz stavkalari ko‛tariladi. Bu esa investitsiya xarajatlarining 
kamayishiga olib keladi. Yoki Markaziy bank hukumatning yuqoridagi siyosatini 
qo‛llab-quvvatlash uchun pul taklifini ma’lum miqdorda ko‛paytirsa, pul 
qadrsizlanishi mumkin.
Umuman, barqaror pul-kredit siyosati hukumat tomonidan olib boriladigan 
fiskal siyosatga hamma vaqt ham mos kelavermaydi. Davlat pul-kredit siyosatining 
yo‛nalishlari, aniq maqsadlari va vositalari milliy iqtisodiyot holati bilan 
belgilanadi. Shunday ekan, respublikamizning pul-kredit siyosati AQSH, Rossiya 
yoki boshqa mamlakatlarning pul-kredit siyosatini takrorlay olmaydi, lekin uni 
boshqa mamlakatlarda amalga oshirish tajribasidan foydalanishi mumkin va kerak. 
Iqtisodiyotga inflyasion bosimni kamaytirish maqsadida Markaziy bank davlat 
byudjeti kamomadini moliyalashtirish uchun kreditlar berishni to‛xtatadi. Pul 
taklifi pul siyosati vositalaridan foydalangan holda, sof ichki aktivlar va xalqaro 
zaxiralar dinamikasi hamda bank tizimining likvidligi asosida pul bazasi hajmini 
tartibga solish orqali boshqariladi. Pul muomalasi tezligining o‛sishiga tijorat 
banklarining yagona vakillik hisob varag‛iga o‛tishi va naqd pulsiz hisob-kitob 
tizimining rivojlanishi ham ijobiy ta’sir ko‛rsatdi. 

Download 2,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish