L. S. Karieva makroiqtisodiyot


Eksport subsidiyalari. Eksport bojlari va eksportni ixtiyoriy cheklash



Download 2,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/207
Sana17.07.2022
Hajmi2,99 Mb.
#816825
TuriУчебник
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   207
Bog'liq
макроиктисодиёт лотин

Eksport subsidiyalari. Eksport bojlari va eksportni ixtiyoriy cheklash

Ko‛pchilik hollarda eksportni davlat tomonidan rag‛batlantirish tadbiri sifatida 
ko‛pgina mamlakatlarda eksport subsidiyalari qo‛llaniladi. Bunda tajriba - 
konstruktorlik ishlari va eksportga mo‛ljallangan ishlab chiqarishni bevosita 
moliyalashtirish yoki bu maqsadlarga davlat byudjetidan imtiyozli kreditlar berish 
ko‛zda tutiladi.
Eksport subsidiyalari turli shakllarda qo‛llaniladi. Bularga:
- eksportyor firmalarga yoki xorijiy sheriklarga past foizli kreditlar berish;
- reklama xarajatlarini davlat hisobidan qoplash, bozor konyukturasi haqida 
tekin axborot yetkazib berish;
- firmalarga ishlab chiqarish hajmidagi eksport ulushiga muvofiq soliq 
imtiyozlarini berish;


242 
- bevosita subsidiyalash kiradi.
Eksport subsidiyalarining berilishi milliy ishlab chiqaruvchilarining tashqi 
bozorda raqobatbardoshligini oshiradi. Ammo importyor davlatlar tomonidan 
kiritiladigan kompensatsion import bojlari bu yutuqni yo‛qqa chiqarishi mumkin. 
Oqibatda eksportyor davlat byudjeti yo‛qotishga uchraydi, importyor davlat 
byudjeti esa qo‛shimcha daromad ko‛radi. Bu tadbir dempingga qarshi kurash 
ko‛rinishlaridan biridir.
Dempinga qarshi qaratilgan bojlar 
jahon amaliyotida keng qo‛llanilib, o‛zida 
qo‛shimcha import bojlarini aks ettiradi. Ular odatda, jahon narxlaridan yoki 
import qilayotgan mamlakat ichki narxlaridan past narxlar bo‛yicha, eksport 
qilinayotgan mahsulotlarga o‛rnatiladi. Bu bojlarni belgilash haqidagi qarorni 
xalqaro sud mahalliy ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar murojaatidan so‛ng 
chiqaradi hamda uning miqdorini va to‛lash tartibini belgilaydi. Masalan, 
dempingga qarshi bojlar o‛z valyuta resurslarini to‛ldirish maqsadida jahon 
bozoriga xom ashyo resurslarini eksport qilishni ko‛paytirgan sobiq ittifoqdosh 
respublikalarga nisbatan faol qo‛llanilmoqda.
Eksportga tariflar yoki eksport bojlari kiritilishining oqibati import bojlari 
kiritilishi oqibatining aynan aksidir. Eksport bojlari kiritishishi sharoitida 
mahsulotlar ichki bahosi ularning tashqi bahosidan pasayadi. Bunday vaziyatlarda 
ichki iste’mol o‛sadi, ishlab chiqarish va eksport kamayadi. Eksportga bojlarni 
joriy qilish natijasida milliy ishlab chiqaruvchilarda yo‛qotishga duch bo‛ladilar. 
Tanqi bozordagi baholarga nisbatan ichki bahoning kamayishidan iste’molchilar 
yutuqqa erishsa, davlat esa daromadga ega bo‛ladi.
Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash eksport kvotalarining bir turi bo‛lib, xorij 
mamlakatlarining 
ayrim 
mamlakatlarga 
“ixtiyoriy” eksport miqdorlarini 
cheklashdan iborat.
Bu yerda “ixtiyoriy so‛zi” shartli xarakterga ega. Chunki, eksport qilayotgan 
mamlakat savdo siyosatida o‛z hamkorlari tomonidan birorta noxushlikka duch 
kelmasligi uchun eksport miqdorini cheklaydi. Ixtiyoriy ravishda eksportni 
cheklash ikki xil xususiyatga ega:


243 
1) ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash milliy iste’molchilar uchun tarif va 
kvotalarni belgilashga nisbatan ancha sezilarsiz. Shuning uchun iste’molchilar 
ularni e’tiborsiz qabul qiladilar va hukumatga norozilik bildirmaydilar;
2) ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash sharoitida xorij iste’molchilari ular 
sotib olayotgan eksport mahsulotiga yuqoriroq narx belgilashlari mumkin.
Shunday qilib, xorijliklar ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash sharoitida 
eksportyor ko‛rgan yo‛qotishlarni narxlarni oshirish hisobiga qoplashadi.
Savdo siyosatini amalga oshirishning ko‛rib o‛tilgan usullarining har biri ijobiy 
jihatlari bilan birga salbiy oqibatlarga ham ega. Mamlakat iqtisodiyotining 
raqobatbardoshligi darajasi kuchayib borgani sari tashqi savdo liberallashtirib 
boriladi. Mamlakatning xalqaro savdo tashkilotlariga a’zo bo‛lishi bu jarayonining 
qonuniy natijalaridan biridir. Tashqi savdoni erkinlashtirilishi iqtisodiyotda bozor 
munosabatlarini yanada rivojlantirishga olib keladi.

Download 2,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish