L. S. Karieva makroiqtisodiyot


 Tashqi savdo dinamikasi, tovarlarga ko‛ra tarkibi va



Download 2,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/207
Sana17.07.2022
Hajmi2,99 Mb.
#816825
TuriУчебник
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   207
Bog'liq
макроиктисодиёт лотин

 
11.6 Tashqi savdo dinamikasi, tovarlarga ko‛ra tarkibi va 
diversifikatsiyalash 
Bojxona tariflarini kirtishni yoqlovchi mutaxassislar fikriga ko‛ra import 
tariflari:
- mamlakat mudofaa sanoatini himoya qilish imkonini beradi;
- mamlakatda bandlilik darajasi o‛sishini ta’minlaydi va yalpi talabni 
rag‛batlantiradi, importning nisbatan cheklanishi natijasida sof eksport o‛sadi va 
joriy operatsiyalar bo‛yicha to‛lov balansi xolati yaxshilanadi;
- milliy iqtisodiyotdagi yangi tarmoqlarni himoya qilish uchun zarur;
- davlat byudjeti daromadlarini to‛ldirish manbai bo‛lib xizmat qiladi;
- milliy ishlab chiqaruvchilarni demping ko‛rinishidagi chet el raqobatidan 
himoya qiladi;
- iqtisodiyot tuzilishini qayta qurishni boshqarish vositasi hisoblanadi va ular 
yordamida mamlakat iqtisodiyotidagi ilg‛or siljishlar rag‛batlantiriladi va h.k.
Milliy iqtisodiyotning tiklanishi sharoitida ko‛pgina davlatlar o‛z ishlab 
chiqaruvchilarini chet el raqobatidan himoya qilish maqsadida protektsionizm 
siyosatini qo‛llaydilar. Aks holda, mahalliy korxonalar “sinishi” jamiyatda 
ishsizlik xavfini tug‛diradi.
Mamlakatlarda ta’rif mexanizmi orqali tashqi savdo siyosatini yuritish, birinchi 
navbatda ushbu mamlakatning asosiy tarmoqlari va yangi ishlab chiqarish 
sohalarining himoyalanganligiga ta’sir qiladi. O‛zbekistonda avtomobilsozlik 
yangi va istiqbolli soha (tarmoq) hisoblanadi va tabiiyki, tarifli himoyaga muhtoj. 
Tarmoqni tarifli himoyalanishining haqiqiy darajasini quyidagi misolda ko‛rib 
chiqamiz. Masalan, O‛zbekistonda yangi mashinalar uchun import boji 40 foizni 
tashkil qilsin. Ushbu mashinani ishlab chiqarish uchun zarur bo‛ladigan ehtiyot 
qismlar asosan chetdan keltirilsin va unga import boji 25 foiz miqdorida 


237 
o‛rnatilsin. Bir dona mashinaning narxi 10000 AQSH dollariga teng bo‛lsa, ya’ni 
bitta avtomobil uchun zarur bo‛lgan ehtiyot qismlarining narxi 7000 dollar, 
qo‛shilgan qiymat esa 3000 dollarni tashkil etsin.
Avtomobil importiga 40 foiz tarif belgilanganligi uchun har bir avtomobil narxi 
4000 dollarga o‛sib, tarif bilan birga 14000 dollarni tashkil etadi. Ehtiyot qismlar 
importiga 25 foizli tarif kiritilishi ularga qilinadigan xarajatlarni 1750 dollarga 
oshirib 8750 dollarga yetkazadi. Oqibatda mahsulot birligiga ehtiyot qismlar 
xarajati 1750 dollarga oshdi. Qo‛shilgan qiymat esa 2250 dollarga (4000 - 1750 q 
2250) o‛sdi. Shunday qilib, tarif kiritilgandan so‛ng mahsulot birligiga to‛g‛ri 
keladigan qo‛shilgan qiymat 5250 dollarni (3000 Q 2250 q 5250) tashkil etdi.
Endi esa soha (tarmoq)ning samarali himoyasi formulasidan foydalanamiz.

Download 2,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish