L. S. Karieva makroiqtisodiyot



Download 2,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/207
Sana17.07.2022
Hajmi2,99 Mb.
#816825
TuriУчебник
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   207
Bog'liq
макроиктисодиёт лотин

Litsenziyalash
– bu, tashqi iqtisodiy operatsiyalarni amalga oshirishga davlat 
tashkilotlaridan ruxsat olishning ma’lum tartibidir. Tashqi iqtisodiy operatsiyalarga 
mahsulotlar, ishchi va xizmatchilar eksporti hamda moliya operatsiyalarini 
o‛tkazish, xorijga ishchi kuchini ishga joylashtirish va boshqalar kiradi. 
O‛zbekistonda litsenziyalar faqat davlat ro‛yxatida qayd etilgan tashqi iqtisodiy 
faoliyat qatnashchilariga beriladi. Ularni boshqa yuridik shaxslarga berish 
taqiqlangan.
Mahsulotlar eksporti va importini litsenziyalash davlatga ular oqimini qattiq 
tartibga solish, ba’zi hollarda ularni vaqtincha chegaralash va shu asosda tashqi 


240 
iqtisodiy taqchillik o‛sishining to‛xtash hamda savdo balansining tenglashtirish 
imkonini beradi.
Umuman, import mahsulotlarga beriladigan litsenziyalar quyidagi usullar 
yordamida joylashtiriladi:
1) ochiq auktsion – davlat litsenziyalarni yuqori baholarni taklif qilgan ishlab 
chiqaruvchilarga berishi;
2) afzal ko‛rish tizimi – davlat birinchi navbatda litsenziyalarni ishlab chiqarish 
hajmi jihatdan yirik bo‛lgan firma va kompaniyalarga hech qanday shart va 
talablarsiz beradi;
3) xarajat usuli – davlat litsenziyalarni yirik ishlab chiqarish quvvatlariga va 
resurslarga ega bo‛lgan firma va kompaniyalarga beradi.
Mahsulotlar, shuningdek, ishchi va xizmatchilar eksporti va imortiga 
litsenziyalar berish huquqiga O‛zbekiston Respublikasining quyidagi boshqaruv 
tashkilotlari ega: Vazirlar Mahkamasi, Moliya, Adliya, Ichki ishlar, Sog‛liqni 
saqlash, Xalq ta’limi vazirliklari, shuningdek, Markaziy bank.
Moliya operatsiyalarini o‛tkazishga litsenziyalar asosan Respublika Moliya 
vazirligi va Markaziy bank tomonidan o‛z va xorijiy banklarga, moliya 
muassasalariga beriladi. Ular moliya-kredit muassasalariga mamlakat ichida va 
uning tashqarisida chet el valyutasi bilan opreatsiyalarni amalga oshirish, xorijiy 
moliya-kredit muassasalariga esa ichki bozorda yuridik va jismoniy shaxslarga 
xizmat ko‛rsatish huquqini beradi.
Litsenziyalash bilan bir qatorda jahon amaliyotida mahsulotlarni, shuningdek, 
ishchi kuchi eksport va importini chegaralash maqsadida kvotalash keng 
qo‛llaniladi.
Bu usulning mohiyati shundan iboratki, unda vakolatli davlat yoki xalqaro 
tashkilot alohida mahsulotlar, xizmatlar, mamlakatlar va mamlakatlar guruhi 
bo‛yicha ma’lum davrga eksport va importga miqdoriy yoki qiymat chegaralarini 
belgilaydi. Davlat tomonidan tartibga solish tadbiri sifatida kvotalash to‛lov 
balanslarini ichki bozorda talab va taklifni balanslashtirish uchun muzokaralarda 
o‛zaro kelishuvga erishish uchun qo‛llaniladi. O‛zbekistonda kvotalash xalq 


241 
iste’moli mollarini va strategik xom ashyoning muhim turlarini olib chiqishni 
chegaralash usuli sifatida qo‛llanilmoqda.
Kvotalash faqat mahsulot oqimlarinigina emas, balki ishchi kuchi oqimlarini 
tartibga solishda ham qo‛llaniladi. Ko‛pgina rivojlangan mamlakatlar ichki mehnat 
bozorini himoyalash maqsadida xorijdan ishchi kuchi importiga kvotalar o‛rnatadi.
Hozirgi vaqtda kvotalash bojlarga nisbatan ko‛proq qo‛llanilishiga ikkita sabab 
bor:
1) tarif stavkalari xalqaro savdo kelishuvlariga asosan belgilanadi. Ayrim 
hollardan tashqari vaziyatlarda, mamlakatlar tarif stavkasini oshira olmaydilar va 
shuning uchun iqtisodiyotni raqobatdan himoya qilish maqsadida kvotalarga 
e’tiborni qaratishga majbur bo‛ladi;
2) himoyaga muhtoj tarmoqlar ham importga kvotalar joriy qilishni qo‛llaydi. 
Chunki, tarifni joriy qilishga nisbatan imtiyozli litsenziyalar olish osonroqdir.
Import kvotalari erkin raqobat sharoitiga ko‛proq mos keladi. Tariflarga 
nisbatan kvotalarni joriy qilishdan ko‛riladigan farovonlikdagi yo‛qotishlar ikki 
holatda katta bo‛ladi. Birinchidan, kvotalar mahsulotlar import qilayotgan milliy 
ishlab chiqaruvchilar yoki xorijiy firmalar monopol hukumronligi darajasini 
oshirsa. Ikkinchidan, importga litsenziyalar samarasiz joylashtirilsa.

Download 2,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish