Case-study
mavzusi
|
Yangi davrda jismoniy tarbiya va sport
|
Case maqsadi
|
Yangi davrda jismoniy tarbiya va sport rivojlanishining asosiy xususiyatlarini o'rganish.
|
Case
muammosining
ifodalanishi
|
XIX asrda jismoniy tarbiyaning ikkita yo‘nalishi - gimnastika va sport o‘yinlari tizimlari paydo boMgan. Bu tizimlarning asosiy maqsadi yoshlami harbiy-jismoniy tayyorgarligini oshirishdan iborat bo'lgan. Ko‘p davlatlarning harbiy salohiyati yuqori darajada rivojlana boshlagan.
Biroq gimnastika tizimi asosan Yevropa (Germaniya, Shvetsiya. Fransiya) davlat- larida rivojlangan. sport o'yinlari tizimi esa Angliya va AQSHda keng tarqalgan.
|
Case muammosi
|
1 .Gimnastika tizimining Yevropada, sport o'yinlari tizimining Angliya va AQSHda rivojlanishi sabablarini aniqlang.
2. Jismoniy tarbiya tizimlarining davlatlar harbiy salohiyatini oshirish ishlaridagi ahamiyatini belgilang.
|
Case
niuammosining
vechimi
|
XIX asrda Yevropa davlatlarida ommaviy piyoda harbiy armiya shakllantirilgan. Ommaviy armiya piyoda askarlarining har- biy-jismoniy tayyorgarligi uchun gimnas- tika mashqlari qulay vosita bo'Iib xizmat qilgan.
Angliya va AQSHda harbiv-dengiz tloti rivojlangan edi va dengizchi askarlaming harbiy-jismoniy tayyorgarligini oshirishda sport o'yinlari (gandbol. tennis, futbol, regbi, voleybol, basketbol va h.k.) juda qulay vosita hisoblangan.
|
54
Nazorat savollari:
Yangi davrdagi jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi qanday xususiyatlardan iborat boMgan? .
Yangi davrdagi pedagogik na/ariyalarda jismoniy tarbiya masalalari qanday ifodalanadi?
Yangi davrda vujudga kelgan milliy gimnastika tizimlarining asosiy maqsadi nimadan iborat boMgan?
Nima sababdan Germaniya, Fransiya, Shvetsiya va boshqa bir qa- tor Yevropa mamlakatlarida gimnaitika vositasidan keng fo>dalanilgan?
Nima sababdan Angliya vaf Amerika mamlakatlarida jismoniy tarbiya vazifalari sport va sport o'yinlari vositalari yordamida hal etilgan?
Yevropada skautlar harakatining maqsadi nimadan iborat boMgan?
Yangi davrda havaskorlik sporti va professional sportning farqi nimadan iborat?
Birinchi jahon urushi yillarida jismoniy tarbiya va sportni milliylashtirishning sabablari nimada?
P.F.Lesgaftning ilmiy, nazariy va ajnaliy qarashlarining xususiyati nimalardan iborat?
Yangi davr jismoniy tarbiyaning ahamiyati nimada?
§. Eng yangi davrda chet el mandakatlarida jismoniy tarbiva va
olimpiya faarakafi (XX asr boshlari - hozirgi davrgacha)
Eng yangi davrda chet el mamlakatlarida jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi ik vi bosqichga ajratiladi:
1920-1950-\ illaida jismoniy tarbiya, sport va olimpiya harakatining rivojlanish xususiyatlari.
1950 - hozirgi davrgacha chet el mamlakatlarida jismoniy tarbiya va olimpiya harakatining rivojlanish xususiyatlari.
Eng yangi davrda Jahon urushlari bo‘lib o'tgan va ular jismoniy tarbiya va sportning harbiylashtirilishiga olib kelgan. Biroq bu davrlarda sportning taraqqiy etishi, xalqaro sport tashkilotlari, xalqaro sport federatsiyalarining tuzilishi, Jahon, Yevropa va Osiyo chempionatiarining oMka/ilishi. sportning professional va zamonaviy yo*nalishlarining rivojlanish jarayonlarini Xalqaro sport va olimpiya
55
harakati yanada kengayishining asosiy omillari sifatida koTsatish mumkin.
asr boshlarida Ishchilar gimnastika tashkiloti uyushmalari Vengriya, Belgiya, Chexiya. Bolgariya va boshqa mamlakatlarda ta'sis etilgan edi. Tadbirkorlik sport klublari ham muhim ahamiyat kasb etgan. Ular zavod, fabrika, turli korxona va muassasalaming rahbarlari tomonidan tashkil etilib, ishchi va xizmatchilarga qaratilgan edi.
Tadbirkorlik sport va gimnastika tashkilotiari Germaniya. AQSH, Angliya, Fransiya va boshqa mamlakatlarda ham vujudga kelgan. 1913-yil Gente shahrida (Belgiya) Gcrmaniya. Fransiya, Belgiya, Avstriya mamlakatlarining ishchilar sport tashkilotlari vakillari «Xalqaro ishchilar madaniyat va sport uyushmasi» Markaziy kengashini tuzgan. 1914-yiIdan boshlab Bryusselda o‘z faoliyatini boshlagan. Birinchi jahon urushi villarida ham bu tashkilot o‘z faoliyatini davom ettirgan edi.
Jismoniy madaniyatda rekreatsion harakatlar rivojlana boshla- gan. Rekreatsiya - qayta tiklash, sog'lomlashtirish, hordiq chiqarish ma'nolarini bildiradi. Jismoniy madaniyatning taraqqiyotida rekreatsion harakat muhim o‘rin tutadi.
Rekreatsion jismoniy madaniyat harakatining rivojlanishiga obyektiv sabablar ko‘p. Shaharlaming kengayishi. ekologiyaning buzilishi, ishchi va mehnatkashlar ish vaqtining ko'payishi, dam olish hamda hordiq chiqarishga imkoniyatlarning kamayishidir. Yoshlar o‘rtasida ichish. chekish, bezorilik va tartibsizlikning o‘sishi ham ularga qarshi tadbirlar olib borishni taqozo etdi.
Fan-texnika taraqqiyoti va ba'zi kishilaming turmush sharoiti faol harakat qilishdan orqada qolib ketdi. Natijada. gipodinamiya hollari rivojlana boshladi. Bulaming barchasi salomatlikning pasayishi va kasalliklarning ko'payishiga olib kelgan. Ana shu illatlardan saqlanish yo‘Iida jismoniy tarbiyadan foydalanish ishlari shakllandi. XX asming 1980-1990-yillarida aholi uchun istirohat bog'lari AQSH, Germaniya, Polsha, Kanada, Fransiya, Avstraliya va boshqa mamla- katlarda bunyod etilgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |